Sanoat korxonalari yordamchi bino va xonalari

Sanoat korxonalari yordamchi bino va xonalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Sanoat korxonalari yordamchi bino va xonalari - rasmi

Material tavsifi

Sanoat korxonalari yordamchi bino va xonalari Reja: Garderoblar. Dushxonalar. Umumiy ovqatlanish xonalari. Sanoat korxonalari yordamchi bino va xonalari Sanoat korxonalarini loyihalashda o'sha hududda ishchilar uchun tibbiyot, sotsial - madaniy, o'z-o'ziga xizmat qilish va boshqaruv (administrativnoy) xonalari bo'lishi kerak. Buning uchun yordamchi binolar xizmat qiladi va ularda umumiy ovqatlanish, madaniy dam olish, tibbiy yordam, konstruktorlik byurosi, o'quv va boshqaruv tashkilot xonalari joylashadi. Yordamchi bino va xonalar qurilishni industrializatsiyalash chidamlilik va iqtisodiy talablarga javob berishi kerak. Yordamchi bino va xonalarni sanitar - texnik jihozlarini maydoni va sonini ishlayotgan ishchilarni soniga qarab topiladi. Ularda xizmat qilish xonalarini joylashtirish umumiy va alohida bo'lishi mumkin. Umumiylariga garderoblar, yuz-qo'l yuvgichlar, hojatxonalar, ish vaqtida dam olish xonalari, bolalar xonasi, chekish va suv ichish joylari kiradi. Alohidasiga, dushlar, yuvish, quritish, changdan tozalash xonalari, yarim dushlar, isitish xonalari, manikyur xonalari va h.k. kiradi. o'z-o'ziga xizmat qilish xonalari va jihozlarini turini aniqlash ishlab chiqarish jarayoni guruhlariga bog'liq. Hamma ishlab-chiqarish jarayoni sanitar xarakteristikasiga qarab 4-ga bo'linadi. (jadval 1) Ishchilarni ishlab chiqarish jarayoni bo'yicha guruhlariga bo'lib bo'lgandan keyin, o'z-o'ziga xizmat qilish xonalarini, yahni meoyor bo'yicha sanitariya jihozlarini (jilvarak dush setkasi, yuvinish xonalari, hojatxonalar, garderob shkaflarining soni va ularning joylashtirish) mahmuriy xonalar ro'yxati va ularning o'lchamlari hisoblanadi. Garderoblar. Garderoblardan ko'cha, uy va ish kiyim - kechaklarini saqlash maqsadida foydalaniladi. Kiyim - kechaklarni ochiq holda ilgaklarda, ochiq shkaflarda, yopiq holda ( bir xil ko'rinishdagi kiyimlar ochiq, ayrimlari esa yopiq) saqlanishi mumkin. Kiyim - kechaklarni saqlash usuli texnologik jarayonning sanitariya xarakteristikasiga bog'liqdir. Garderoblar maydoni kiyim - kechaklarni saqlash usuliga, jihozlarni ko'rinishga, ishchilar soniga va tarkibiga (ayol yoki erkak) qarab aniqladi. Garderobxonadagi o'rinlar soni quyidagicha olinadi: Kiyim - kechaklarni ilgaklarda saqlash - 2 ta smenada, eng ko'p ishlaydigan ishchilar soniga bog'liq. Kiyim - kechaklarni shkaflarda saqlash barcha smenada ishlaydigan ishchilar soniga (har ishchining o'z shkafi bo'lishi)bog'liq. Ochiq va yopiq shkaflarning rejadagi o'lchamlari: Bir bo'limli shkafda uy va ish kiyimlarini saqlash 30x33 sm bir bo'limli shkafda yengil ish kiyimlarini saqlash - 25x20 sm ikki bo'limli shkafda 2 xil turli kiyimlarni saqlash - 50x40 sm. 2-jadval Har bir qatordagi shkaflarga, ularning uzunligi bo'yicha, eni 30 sm li o'rindiqlar o'rnatiladi. Urindiqli shkaflar oralig'i - 2 m; Shkaflar bilan devor oralig'i - 1,5 m; Urindiqsiz shkaflar oralig'i - 1,3 m; Urindiqsiz shkaflar bilan devor oralig'i - 1,0 m olinadi. Shkaflarni joylashtirishda yuqoridagi oraliq masofalarga amal qilmoq darkor. Garderoblarning jihozlash tartibi 2- jadvalda ko'rsatilgan Dushxonalar. Dushxonalar garderob xonalari bilan yonma - yon joylashadi.Ko'pincha dushxonalar markaziy - bo'ylama va markaziy-ko'ndalang reja sxemada ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.31 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.31 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga