Shaharsozlik faoliyati ob'yektlari va sub'yektlari

Shaharsozlik faoliyati ob'yektlari va sub'yektlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Shaharsozlik faoliyati ob'yektlari va sub'yektlari - rasmi

Material tavsifi

Shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari Reja: Shaharsozlik faoliyati obyektlari Shaharsozlik faoliyati subyektlari Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar obyektlar qurilishi bo'yicha pudratchilar Shaharsozlik faoliyati obyektlari O'zbekiston Respublikasining butun hududi va qismlari, aholi punktlarining butun hududi va qismlari, aholini joylashtirish umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmualari, rekreatsion va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari shaharsozlik faoliyatining obyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi. Shaharsozlik faoliyati subyektlari Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati subyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati subyektlari: shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish ko'rishlari mumkin. Shaharsozlik faoliyati subyektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlari, ularning tizimlari va hududlarini rejalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog'liq bo'lgan, o'zlarining shaharsozlik faoliyatiga ta'sir etadigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida axborot olish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq o'zlariga mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishlari, shuningdek madaniy meros obyektlariga, tabiiy va sun'iy landshaftlarga zarar etkazmasliklari, yashash va faoliyat ko'rsatish muhiti yomonlashuviga, shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yo'l qo'ymasliklari shart. Qarang: ShKning 26-moddasi Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar bo'lishi mumkin. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar: shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda ularni ishlab chiqishga doir shartnoma tuzish; obyektlarning qurilishi bo'yicha pudratchini tanlash va u bilan shartnoma tuzish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar: shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari; shaharsozlik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlashlari; Qarang: ShK 27-moddasining ikkinchi qismi loyihalashtirish jarayonini tekshirib borishlari va qurilish sifati ustidan texnikaviy nazorat qilishlari; shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi bo'yicha mualliflik nazorati olib borilishini ta'minlashlari; Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar Tegishli litsenziyasi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar bo'lishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi: ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish; shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi bo'yicha mualliflik nazoratini olib borish; qurilish, montaj va maxsus ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va normativ talablardan fuqarolar hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan, madaniy meros obyektlari shikastlanishi va yo'q qilinishi xavfini tug'diradigan, shuningdek jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.34 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.34 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga