silindrik obolochkalarni hisoblash va loyihalash Reja: silindrik qobiqlar to'g'risida umumiy ma'lumotlar. silindrik qobiqlar turlari. Bikr sirtli uzun silindrik qobiqlar mustahkamligini hisoblash. Fazoviy yopma konstruksiyalarni yuk ta'sirida ishlashiga qarab ikki turiga bo'linadi. Kuchlanish - deformatsiyalanish holati va yuk ko'tarish qobiliyati tarxning faqat bitta o'lchamiga bog'liq bo'lgan tom yopmalar birinchi turga kiradi (silindrik qobiqlar, prizmatik taxlamalar, qubbalar va boshqalar). Yuk ko'tarish qobiliyati va ishlash xarakteri tarxning ikkita o'lchamiga bog'lik bo'lgan yopmalar ikkinchi turga kiritiladi. Fazoviy tom yopmalarning kuchlanish-deformatsiya holati ko'p jihatdan chetki (kontur) konstruksiyalarning ishlash xarakteriga bog'lik. Devorlar, to'sinlar, fermalar, tortqili arkalar, gardish elemenlar, zich o'rnatilgan ustunlar tayanch konstruksiyalar vazifasini bajarishi mumkin. silindrik qobiqlar boshqayupqa devorli konstruksiyalardan oldin qo'llanila boshlangan, ulardan ilgari g'ishtdan ishlangan qubba va gumbazlar qo'llanib kelingan. Tarxdagi tomonlari nisbatiga qarab silindrik qobiqlar uzun va kalta xillarga bo'linadi (1- rasmlar). Yig'ma va yig'ma-yaxlit temirbeton silindrik qobiqlar qalinligi 30 dan 50 mm gacha bo'lgan plitalardan yasaladi; tekis yaxlit qobiqlarning qalinligi 50 dan 80 mm gacha olinadi. silindriq yopmali qobiqlar va chetlari qobiq tayanchi vazifasini o'tovchi gardish elementlari va difragmalardan tashkil topadi. Diafragmalar orasidagi masofa qobiq uzunligi, gardish elementlari orasidagi masofa esa to'lqin uzunligi deb ataladi. Qobiq uzunligining to'lqin uzunligiga nisbati l1l2 ga qarab (1.-rasm), uzun silindrik qobiqlar l va kalta silindrik qobiqlar l1l2 l bo'ladi. Gardish elementlarini qo'shib hisoblagandagi qobiq balandligi h harfi bilan, gardishsiz balandligi f harfi bilan belgilanadi. Ularning qiymatlari taxminan quyidagicha olinadi (element oldindan zo'riqtirilmagan bo'lsa): (l10115)l1 va f (1618)12. Gardish elementlari balandligi (120130)l1 chegarada olinadi. Amalda uzun qobiqlar o'lchamlari l1 =24; 30; 36 m va 12 =12 m, kalta qobiqlar esa l1 =12 m va 12 =24; 30 m olinadi. Qobiqning ko'ndalang kesim yuzasini shakli aylana yoyidan iborat bo'ladi. silindrik qobiqlar quyma va yig'ma bo'lishi mumkin. Yig'ma qobiqlar alohida tayyorlanadigan gardish to'sinlari va qubba hosil qiluvchi qobirg'ali plitalardan tashkil topadi (2.2.-rasm). 1.-rasm.silindrik kobiqlar; a - bir oraliqli; b - ko'p oraliqli; v -ko'p to'lqinli 2.-rasm.Yig'ma silindrik qobiqlar; a) - gardish elementlariga ega bo'lgan egri qovurg'ali panellardan tuzilgan; b) - gardish elementi bitta bo'lgan egri qovurg'ali paneldan tuzilgan; v) - yassi qovurg'ali yoki tekis plita, gardish to'sini va diafragmadan tuzilgan. Temirbeton qobiqlar yuklanishning dastlabki bosqichida elastik holatda bo'ladi, betonning cho'zilish zonasida yoriqlar paydo bo'lgach, ularda plastik deformatsiyalar rivojlana boradi va yuk yana oshirilsa, buzilish sodir bo'ladi. Shunga muvofiq qobiqlarning statik hisobi elastik bosqich bo'yicha, shuningdek chegaraviy muvozanat bosqichi (yani buzilish bosqichi) bo'yicha amalga oshiriladi. Bikr sirtli uzun silindrik qobiqlar mustahkamligini hisoblashda, ularni bo'ylama va ko'ndalang yo'nalishlarda alohida ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc