Siloslar va ularni hisoblash asoslari

Siloslar va ularni hisoblash asoslari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Siloslar va ularni hisoblash asoslari - rasmi

Material tavsifi

Siloslar va ularni hisoblash asoslari Reja: muhandislik inshootlari. Suv bosimi minoralari. Bunkerlar va siloslar. muhandislik inshootlari Temirbetondan tiklanadigan muhandislik inshootlari turli - tumandir. Ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, tonnellar, rezervuarlar, suv sovutgichlar, suv bosimi minoralari, tirgak devorlar, bunkerlar, siloslar, yer osti kanallari, mo'rilar, suv va kanalizatsiya tizimlari va boshqa shular jumlasidandir. Suv bosimi minoralari Suv ta'minoti tizimida kerakli bosim hosil qilish uchun bazan rezervuarlar turli minoralarga o'rnatiladi. Suv bosiimi minorasining konstruksiyasi rezervuar, tayanch va poydevordan tashkil topadi. Minoralar monolit temirbeton silindr ko'rinishida ishlanishi mumkin. Minoraning tayanchi fazoviy rama ko'rinishiga ega bo'ladi. Minora sinchining ustunlari alohida poydevorlarga yoki tasmasimon halqa poydevorlarga, bo'sh gruntlarda esa yaxlit temirbeton plitaga tayanadi. Suv bosimi minorasi rezervuarning sig'imi 15300 m3, tayanch qismining balandligi 65 m bo'lishi mumkin. Rezervuar sig'imi 50 m3 gacha bo'lsa uni po'latdan, sig'imi kattaroq bo'lsa, po'lat yoki temirbetondan ishlanadi. silindrik devor va yassi tubdan tashkil topgan temirbeton rezervuar o'zining sodda konstruksiyasi bilan ajralib turadi. Suv bosimi minorasining rezervuari, tayanchi va poydevori hisob yo'li bilanmustahkamlikka tekshiriladi. Rezervuar devorining mustahkamligi va yoriqbardoshligi undagi suyuqlikning bosimiga bog'liq. Devorning yoriqbardoshligini oshirish uchun uni oldindan zo'riqtiriladi. Agar minora temirbeton silindr ko'rinishida ishlangan bo'lsa, u o'zining xususiy og'irligi va shamol ta'siriga hisoblanadi. silindr devorining qalinligi konstruktiv nuqtai nazardan pastdan yuqorigacha o'zgarmas bo'ladi. Bo'ylama armaturaning kesim yuzasi nomarkaziy siqilish uchun berilgan formuladan aniqlanadi. Sinchli minoralarning fazoviy ramalar bazan oddiy yassi ramalarga va ustki tayanch halqasiga ajratgan holda hisoblanadi. Bunda oddiy ramalar xususiy og'irlikdan tashkil topgan vertikal yuk va gorizontal shamol kuchi ta'siriga tekshiriladi. Halqa ko'rinishidagi tayanch to'sini uzluksiz balka sifatida egilishga va burovchi momentlar ta'siriga hisoblanadi. Minoraning poydevori qabul qilingan konstruksiyasiga qarab elastik zaminda yotuvchi to'sin yoki plita sifatida hisoblanadi. Poydevorlarni hisoblashda, vertikal yuklardan tashqari, ustunlar zaminida vujudga keladigan eguvchi momentlar ta'sirini xam inobatga olish zarur. Minoralar mustahkamlikdan tashqari rezervuarning bo'sh (suyuqliksiz) holati uchun ag'darilishga qarshi ustivorlikka ham hisoblanadi. Ag'darilishga qarshi ustivorlik koeffitsiyenti kamida 1,5 olinadi. Bu yerda va . Minoralarga o'rnatiladigan katta xajmli temirbeton rezervuarning tubi sferik qubba shaklida ishlanadi. Texnik - iqtisodiy hisoblar bunday tublar boshqacha konstruksiyadagi tublarga nisbatan ancha tejamli ekanligini ko'rsatadi. Bunkerlar va siloslar Har ikkalovi ham sochiluvchi materiallarni saqlaydigan idishdir. Bular bir biridan xajmi bilan farq qiladi; silosning hajmi bunkerga nisbatan kattaroq bo'ladi. Agar bo'lsa - bunker deb, bo'lsa - silos deb ataladi. 1-rasm. Doiraviy siloslar tarµi:1 - silos ustigalereyasi;2 - silos idishlari; 3 - silos osti іavati. Bunkerlar planda ko'pincha kvadrat yoki to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'ladi. Bunkerlar bazan yonma - yon joylashtirilib, ko'p yacheykali bunkerlarni tashkil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 78.18 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 78.18 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga