Smeta hujjatlarini tuzish tartibi Reja: Smeta hujjatlarini tuzish tartibi. Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqidagi nizom. obyektlar qurilishining boshlang'ich narxi tanlov savdolarini o'tkazishda mo'ljal hisoblanadi va pudrat shartnomasini tuzish uchun asos bo'la olmaydi. Tanlov savdolarida ishtirok etayotgan pudrat tashkilotlari (da'vogarlar) tanlov narxlarini quyidagilardan kelibchiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydilar: uskunalar soni va nomenklaturasidan; me'yoriy ish hajmidan; Qurilishning qiymati Ayni vaqtdagi narxlarda obyektlar qurilishining boshlang'ich qiymatini aniqlash tartibi mazkur ShNQning 4 bo'limida keltirilgan. Qurilish obyektining kelishuv asosidagi bahosi tanlov savdolarida belgilanadi. Smeta hujjatlari (KMK 1.03.04-97) Namunaviy loyihaviy yoki namunaviy loyihaviy yechimi tarkibida ishlanadigan smeta hujjatlari quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi: loyihalashtirilayotgan korxona, bino va inshootlarning texnik - iqtisodiy ko'rsatkichlarini aniqlash va unga baho berish; yiriklashtirilgan smeta me'yorlarini ishlash; qurilishning smeta qiymatini 1991 yil narxlari darajasida loyihani mahalliy sharoitga bog'lagan holda aniqlash; qurilish qiymatini hozirgi narxlarda aniqlash (kelishilgan narxlar). Smeta narxlari quyidagi jarayonlarda aniqlanadi: ishchi hujjat va ishchi loyihani tuzish jarayonida ish chizmalari va shunga moslashgan yiriklashtirilgan narxlar, bular bo'lmaganda uskunalar montajiga doir birlik narxlar va narx ko'rsatkichlar asosida tuzilgan smetalar bo'yicha aniqlanadi; loyihani ishlashda o'xshash obyektlarning narxlari, yiriklashtirilgan smeta me'yorlari, yiriklashtirilgan narxlar, yiriklashtirilgan qurilish qiymati ko'rsatkichlari (YKK) va o'xshash obyektlarning qiymat ko'rsatkichlari bo'yicha aniqlanadi, bunda smeta hisoblarida aniqlangan qiymatga kuzda tutilmagan ishlar uchun 5% qo'shimcha summa yoziladi. Bino va inshootlarning loyiha bosqichida tasdiqlangan smeta qiymati ishchi hujjatlarni tayyorlashda chegara hisoblanadi. Namunaviy loyihalarning smeta hujjatlari Metodicheskie rekomendatsii po opredeleniyu smetnoy stoimosti stroitelstvav respublike O'zbekiston nomli tavsiyanoma qoidalari asosida tayyorlanadi. Qurilishning biror konkret hududi uchun ishlanayotgan korxona, bino va inshootning namunaviy loyihadagi smeta qiymati, loyihalashtirishning barcha bosqichlarida mahalliy narxlarda hisoblanadi. Agar namunaviy loyiha hujjatini ishlash uchun berilgan vazifada qurilishning konkret hududi ko'rsatilmagan bo'lsa, smeta qiymati bazis narxlarda aniqlanadi. Bazis sifatida Toshkent shaxridagi narxlar qabul kilinadn. Namunaviy loyihalar uchun bazis narxlarda smeta tuzishda mahalliy materiallar uchun smeta narxlari Uzbekistan Respublikasi Davarxi- tektqurilish qo'mitasida tasdiqlagan mahalliy qurilish materiallari, beton va temir-beton buyumlarning smeta narxlari to'plami asosida qabul qilinadi. Uskunalar qiymatini aniqlashda yul va omborxona xarajatlari ham hisobga olinadi. Ustama xarajatlar foizlarda hisoblanadi: umum qurilish ishlari uchun -18,2; shu jumladan, yirik panelli va hajmiy blokli uy joylarning yer usti qismi uchun -14,6; montaj va maxsus ishlar uchun belgilangan tartibda tasdiklanadigan, yagona chegaraviy me'yorlar bo'yicha; rejaviy jamg'armalar - 18,0 (to'g'ri xarajat va ustama buromadga nisbatan). Eslatma Umum qurilish ishlariga ustama xarajatlar miqdori shartli ravishda qabul qilingan, namunaviy loyihalarni mahalliy sharoitga moslashtirganda aniqlik kiritiladi. Namunaviy loyihalarning smetalari quyidagi ish turlari va xarajatlar: umum ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.88 KB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.88 KB
Ko'rishlar soni
166 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc