Strelali o'zi yurar montaj kranlar to'g'risida umumiy ma'lumot Reja: 1.Avtobilga o'rnatilgan kranlar 2.Pnevmog'ildirakli kranlar 3.Chorpoyali, ko'prik va kabelli kranlar Avtomobilga o'rnatilgan kranlar Strelali o'zi yurar kranlar qurilish, montaj va yuklash-tushirish ishlarida keng qo'llaniladi. Ularning asosiy afzalligi yuritmasining avtonomligi o'zini-o'zi mustaqil yurita olishi, bir obyektdan boshqasiga tez o'tishi va almashinuvchi ishchi jihozlarining ko'pligidadir. Strelali o'zi yurar kranlar yurish qismi va yuritmasi hamda strela jihozi konstruksiyasiga ko'ra tavsiflanadi. Ular yurish qismiga ko'ra avtomobilga o'rnatilgan, pnevmog'ildirakli, avtomobilp turidagi maxsus shassiga, traktor va pritsepga o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Yuritmasining turi bo'yicha strelali o'zi yurar kranlar bir yoki ko'p motorli bo'lishi mumkin. Ko'proq ko'p motorli yuritma qo'llaniladi, yani elektrik, dizelp elektrik va gidravlik yuritmalar ko'llaniladi. Strela jihozining konstruksiyasiga ko'ra doimiy uzunlikdagi va teleskopik bo'lishi mumkin. Teleskopik strelalar asosan avtomobilp va maxsus shassiga o'rnatilgan kranlarda qo'llaniladi. Strelali o'zi yurar kranlar faqatgina chiqarma tayanchlar o'rnatilgan holda ishlatilishi kerak. Avtomobilga o'rnatilgan kranlar.(Avtokranlar). Sanoatda 1; 6,3; 10; 16 va 120 tonnagacha yuk ko'taradigan avtokranlar ishlab chiqariladi. Ular ikki yoki uch o'qli yuk avtomobillari shassisiga o'rnatiladi. Avtokranlarning barcha mexanizmlari yuritmasi avtomobilp dvigateli orqali amalga oshiriladi. Yuritma turi bo'yicha avtokranlar mexanik va elektrik yuritmali avtokranlarga bo'linadi. Avtokranlar asosiy streladan tashqari, uzaytirilgan strelalar, gusakli (g'ozsimon) strela, minora-strela qurilmalari bilan jihozlanishi mumkin. Gidravlik kranlar teleskopik strela bilan jihozlangan bo'ladi. Mexanik yuritmali kranlarda harakat dvigateldan ishchi mexanizmlarga oraliq uzatmalar orqali uzatiladi. Bunda harakatlar tezligi dvigatelning aylanishlar soni va uzatmalar qutisi orqali sozlanadi. Mexanizm (mufta, tormoz) larni boshqarish uchun pnevmatik boshqarish tizimidan foydalaniladi. Avtokranlarda qo'llaniladigan gidravlik va elektrik yuritmalar ularni kinematik sxemasini ancha soddalashtiradi. 3.19-rasmda, a da gidravlik avtokranning umumiy ko'rinishi keltirilgan. Asosiy ishchi jihoz teleskopik strela bo'lib, u siljuvchi va siljimaydigan seksiyalardan iborat. Siljuvchi seksiya ikki tomonga harakatlanuvchi gidrosilindr 2 yordamida harakatlanadi. Strela ostidagi bo'shliqni ko'paytirish uchun strelaga turli uzunliklardagi g'ozsimon (gusak) mexanizmlar bo'ylama o'qqa nisbatan turli burchakda o'rnatiladi. 64-rasm. Gidravlik avtokran a - umumiy ko'rinishi va mexanizmlarining kinematik sxemasi; b - to'rtinchi o'lcham guruhidagi kranni yuk ko'tarish qobiliyati va yukni ko'tarish balandligi grafigi. 1- strela; 2,3 - gidrosilindr; 4 - reduktor; 5 - to'xtatkich; 6 - gidromotor; 7 - aylanish mexanizmi; 8 - reduktor; 9 - baraban; 10 - gidromotor; 11 - gidravlik nasos; 12 - quvvat tanlash reduktori; 13 - tezliklar qutisi; 14 - avtomobilp dvigateli. Strelaning qiyalik burchagi parallel ishlovchi ikkita gidrosilindr 3 lar yordamida o'zgartirilib, ularning shtoklari kerakli holatda gidroqulflar yordamida ushlab turiladi. Yukni ko'tarish va tushirish gidromotor 10, reduktor 8, baraban 9 va normal yopiq-to'xtatgichdan iborat bo'lgan yuk chig'iri orqali ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
486.98 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
486.98 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx