Suvoq ishlari sifatini nazorat qilishdagi talablar

Suvoq ishlari sifatini nazorat qilishdagi talablar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Suvoq ishlari sifatini nazorat qilishdagi talablar - rasmi

Material tavsifi

Suvoq ishlari sifatini nazorat qilishdagi talablar Reja: Buyoqchilik ishlari. buyoqchilik ishlarini qullanilishi va turlari Yuzalarni buyashga tayyorlash Yuzalarni buyash va buyalgan yuzalar sifatini ta'minlash Suvoq ishlari sifatini nazorat qilishdagi talablar Suvoq ishi bajariladigan yuzalarga quyidagi talablar qo'yiladi: xona devorlarining tozaligi; yuzaga tortilgan to'r va qoqilgan rezgi taxtachalar sifati; beton yuzalarda o'yiqlar hosil qilinganligi; yuza namligi; yuzalar noteksiligi; Qorishma va uni yuzaga suvashga qo'yiladigan talablarga: qorishma qo'zg'aluvchanligi; qorishmani yuzaga qoplash tekisligi; suvoq (purkama, grunt va ustki) qavat qalinligi; tashqi ko'rinishi; suvoqni asosga yopishish mustahkamligi. Suvoq ishlari olib borilaetganda yuzalarda yoriq, g'adir-budur, chuqurlar, shishgan pufaklar bo'lishiga va g'isht devor suvalaetganda namligi 8% dan oltiq bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. KM va K larga asosan suvalgan yuzalarga quyidagi talablar qo'yiladi: agar suvoq sifatli bo'lsa, yuzaga 2 metrli gazcho'p qo'yib ko'rilganda gazcho'p va devor orasidagi tirqish 3 mm dan, yuqori sifatli suvoqlarda esa 1 mm dar ortib ketmasligi zarur. Suvalgan yuzani vertikaldan og'ishi sifatli suvoqlarda 1 m baladlikka 2 mm va butun balandlikka 10 mm dan,yuqori sifatli suvoqda esa 5 mm dan ortmasligi zarur. Suvoq ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi tadbirlari Ish boshlashdan oldin ish o'rnini sinchiklab o'rganib chiqish, barcha keraksiz narsalarni yo'qotish va yo'laklarni bo'shatib qo'yish lozim. Asbob, uskuna va jihozlarni ishlatishdan oldin sozligiga ishonch hosil qilish zarur. havozalarni qay ahvoldaligini tekshirish va ulardan foydalanishga ustadan ruxsat olish zarur. Suvoq ishlariga kirishishdan oldin tashqi eshik, deraza va boshqa teshiklar to'silishi zarur. Qorishmalarni tayyorlash, uzatish yuzaga sochish bilan bog'liq barcha ishlarni bajarishda ishchilar maxsus ko'zoynak, qo'lqop, respirator bilan taominlangan bo'lishlari lozim. Qorishma xaydovchi mexanizm quvurlarni ish boshlashdan oldin ularda sodir bo'ladigan bosimdan ikki barobar ortiq bosimda sinab ko'rilishi zarur. Ish tugaganda rezina quvurlarni siqilgan havo bilan tozalashda xonada begona shaxslar bo'lishi taqiqlanadi. Ishchilar baladligi 1 metrdan ortiq havoza yoki so'rilar ustida ishlayotganda havoza yoki so'rilar balandligi kamida 1 metrli to'siq bilan o'ralgan va ishchilarni chiqib-tushishi uchun tutgichli zina o'rnatilgan bo'lishi lozim. Barcha elektr bilan ishlovchi asboblar yerga ulangan bo'lishi, ular bilan ishlovchi ishchilar rezina qo'lqop va etik bilan taominlanishlari lozim. Buyoqchilik ishlari. buyoqchilik ishlarini qullanilishi va turlari Bo'yash orqali pardozlash - uch turga bo'linadi: oddiy, sifatli va yuqori sifatli. Sifatning bu turlari binoning foydalanish maqsadi va pardoziga qo'yilgan talablardan kelib chiqadi. Oddiy bo'yash - yordamchi bino inshootlar, ikkinchi darajali binolar va vaqtinchalik binolarni bo'yash uchun qo'llaniladi. Sifatli bo'yash - turar-joy, o'quv, maomuriy maishiy, sanoat va kommunal korxanalar binolarni bo'yashda qo'llaniladi. Yuqori sifatli bo'yash - tear, klub, vokzal, maomuriy va shunga o'xshash jamoat binolarni bo'yashda qo'llaniladi. Bo'yoq ishlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.06 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.06 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga