Tabiiy tosh materiallar

Tabiiy tosh materiallar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Tabiiy tosh materiallar - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy tosh materiallar Reja: 1.Tog' jinslari haqida qisqacha ma'lumot. 2. Tog' jinslarining turlari. 3.Tabiiy tosh materiallarining xossalari va turlari: Tog jinslari haqida ma'lumot Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh materiallari tog' jinslaridan olinadi. Tog' jinslaridan faqat mexanik ishlov berish yo'li bilan maydalash, aralash, jilolash va boshqa yo'llar bilan) olinadigan qurilish materiallari tabiiy tosh materiallar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog' jinsining fizikaviy-mexanik xossalarini qariyb tula saqlab qoladi. Geologik protsesslar hosil bo'lgan, malum tarkib va tuzilishga ega bo'lgan minerallarning tabiiy birikmasi tog' jinsi deb ataladi. Agar tog' jinsi bir xil minerallardan tashkil topgan bo'lsa, monomineral jins deb ataladi (masalan, kvartsit, marmar). Tabiatda bunday jinslar kam uchraydi. Tog' jinslari bir necha minerallardan iborat bulsa, polimineral jinslar, deyiladi (kvarts, dala shpati, barit). Mineral (lotin tilida minera - ruda) - ximiyaviy tarkibi va fizik xossalari bo'yicha texminan bir jinsli tabiiy jism bo'lib, fizikaviy-ximiyaviy jarayonlar natijasida hlsil bo'ladi. Tog' jinslarining turlari Tog' jinslari hosil bo'lish sharoiti, sababi va tarkibiga qarab, quyidagi guruhlarga bo'linadi: - magmatik tog' jinslari (birlamchi); - chukindi tog' jinslari (ikkilamchi); - metamorfik tog' jinslari (uzgargan). Magmatik tog' jinslari magmaning (grekcha madta - kuyuk maz) yer yuzasiga otilib chiqishi yoki uning yer ichqarisida kristallanishidan hosil bo'ladi. Cho'kindi tog' jinslari magmatik tog' jinslarining nurashidan hamda organizm qoldiqlarining tuplanishidan hosil bo'ladi. Nuragan jinslarni atmosfera yog'inlari, oqar suvlar o'zi bilan birga oqiziyu okean va dengiz tubiga yig'adi. Metamor fik (o'zgargan) tog' jinslar magmatik va chukindi jinslarga yuqori temperatura va kuchli bosim tahsir qilishi natijasida hosil bo'ladi. Magmatik ton jinslari Magmatik tog' jinslari hosil bo'lish sharoitiga qarab effuziv va intruziv tog' jinslariga bo'linadi. Effuziv jinslar magmaning yer yuziga oqib chiqib qotishidan, intruziv jinslar esa magmaning yer pustlog'ida kristallanishidan hosil bo'ladi. Bular bir-biridan strukturalarining har xilligi bilan farq qiladi. Intruziv jinslar tula kristallangan bo'ladi. Ularni tashkil etuvchi minerallarning kristallari bir-biridan yaqqol ajralib, ko'zga tashlanib turadi. Kristall donachalarining kattaligi bir xil bo'ladi. Bir xil kattalikdagi minerallar donalaridan iborat struktura granitli struktura deb ataladi. Bunga granit tog' jinsi strukturasi misol bo'la oladi. Agar bir xil kattalikdagi donalaridan iborat massa ichida ayrim-ayrim katta kristal donalari uchrasa, bunday struktura granit-porfirli struktura deb ataladi. Masalan, granit-porfir, kvartsli porfir, sienit-porfir ana shunday strukturaga misol bo'la oladi. Effuziv jinslarning strukturasi xilma-xildir. Kristall donalari ko'rinmasa, oynaviy struktura deb ataladi. Agar mayda kristall donalari bo'lsa, porfir strukturali deyiladi. Effuziv jinslarning bunday strukturali bo'lishiga sabab shuki, yer ustiga otilib chiqqan magma tez sovib, tezroq qotadi va undagi ximiyaviy elementlar kristallanib ulgura olmaydi. Intruziv tog' jinslariga granit, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.15 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.15 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga