Talabalar fan olimpiadalari talabalardan ishlari talabalarning ijodkorlik ishlari ilmiy yo'nalishdagi kurs ishlari (loyihalari) va bitiruv malakaviy ishlari Reja: O'quv fanlaridan talabalar olimpiadalari. Talabalarning mustaqil va Ilmiy ishlari. Ilmiy yo'nalishdagi kurs ishlari (loyihalari) va bitiruv malakaviy ishlari. Tayanch iboralar Fan, olimpiada, konkurs, ratsionalizatorlik, ijodkorlik, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, ta'lim, rag'batlantirish, bosqich, urin. 1. Oliy ta'lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasi to'g'risidagi nizom qabul qilingan. Maskur Nizom O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.5-bandi talablariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan davlat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasidan bilimning tegipshi sohalari va fanning aniq yo'nalishlari bo'yicha o'z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o'zlarining noyob iste'dodlarini ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan har yili fanlar bo'yicha o'tkaziladigan talabalar Respublika fan olimpiadasini tashkil etish va o'tkazish tartibini belgilaydi. Olimpiadani tashkil etish va o'tkazish ikki bosqichdan iborat. -I bosqich har joriy yilning mart-aprel oylarida barcha OTMlarida o'tkaziladi. -II bosqich vazirlikning buyrug'i bilan belgilangan muddatida tegishli fanlardan olimpiadani tashkil etish va o'tkazishga mas'ul etib belgilangan OTMlarida o'tkaziladi. Olimpiadani qaysi bosqichidan qat'iy nazar olimpiadaning I bosqichida birinchi o'rinni egallagan talaba II bosqichda ishtirok etish huquqiga ega. Olimpiadaning ikkinchi bosqichi o'tkaziladigan oliy ta'lim muassasani har uch yilda o'zgartirib turish tavsiya etiladi. OTM I bosqichida birinchi o'rinni egallagan talabalar haqidagi ma'lumotni II bosqich boshlanishdan kamida 10 kun oldin II bosqich olimpiadasini o'tkazadigan tegishli OTMlariga etkazadi. Olimpiadaning ikkinchi bosqichi vazirlik buyrug'ida ko'rsatilgan OTMlarda o'tkaziladi. Ularni samarali o'tkazish maqsadida mas'ul OTM rektori rahbarligida Ishchi tashkiliy qo'mita tuziladi. Vazirlik tomonidan belgilangan mas'ul vakil va olimpiada o'tkaziladigan OTMda tuzilgan Ishchi tashkiliy qo'mitaga ishtirok etuvchi OTMlari vakillari tomonidan tegishli fandan o'z variantlarini olimpiada boshlanishidan bir kun avval takdim etadi. Takdim etilgan variantlardan vazirlik tomonidan belgilangan mas'ul vakil hamda olimpiada o'tkaziladigan OTMning Ishchi tashkiliy qo'mitasi yangi uchtadan kam bo'lmagan variantlarni uch nusxada tuzadi va konvertlarga joylashtirib muxrlaydi. Qura tashlash yo'li bilan konvertlardan bittasi tanlab olinadi. Olimpiadaning II bosqichi kamida 4 ta turdan iborat bo'ladi: ijodiy ish tayyorlash; yozma ish yoki amaliy, laboratoriya topshiriqlarni bajarish (yoki matn tarjima qilish); test topshiriqlarini bajarish; og'zaki topshiriqlar bo'lib, har bir tur 100 ballik tizimda Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi Baholarning o'rtachasi hisoblanib, talabaning shu turdan olgan bali aniqlanadi. Talabaning 4ta tur bo'yicha natijasi asosida egallagan o'rni belgilanadi. Olimpiadaga umumiy rahbarlikni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri buyrug'i bilan tasdiqlangan Vazirlik tashkiliy qo'mitasi amalga oshiradi. tashkiliy qo'mitaga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining (birinchi) o'rinbosari ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.95 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.95 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc