Ta'sir chiziqlar nazariyasi

Ta'sir chiziqlar nazariyasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Ta'sir chiziqlar nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

ta'sir chiziqlar nazariyasi Reja: 1. Harakatlanuvchi yuklar va ta'sir chiziqlari haqida tushuncha. 2. Oddiy balkalarning ta'sir chizig'ini statik usul bilan qurish. 3. Konsolli balka uchun ta'sir chizig'ini qurish. 4. ta'sir chizig'i yordamida zo'riqishlarni aniqlash. 5. Yuk tugunlar orqali uzatilganda ta'sir chiziqlarini chizish. Harakatlanuvchi yuklar va ta'sir chiziqlari haqida tushuncha Harakatlanuvchi yuklarga temir-yo'l ko'prigi bo'ylab harakatlanuvchi poezdning og'irligi, kran osti balkasi bo'ylab harakatlanuvchi kran va boshqalar misol bo'ladi. Harakatlanuvchi va bir-biri bilan bog'langan vertikal yuklar sistemasi ta'sirida inshoot (ko'priq) elementlarida hosil bo'ladigan maksimal zo'riqishlarni aniqlash uchun ta'sir chiziqlar nazariyasidan foydalaniladi. 3.1 - rasm Bu nazariyaga ko'ra, dastlab inshoot ustida harakatlanuvchi vertikal birlik kuch (R=1) ta'sirida unda hosil bo'ladigan zo'riqishlarning o'zgarish qonuni tekshiriladi (3.1 - rasm). So'ngra bu o'zgarish qonunlariga asosan va kuchlar ta'sirining mustaqilligi prinsipidan foydalanib harakatlanuvchi yuklar sistemasi ta'sirida inshoot elementlarida hosil bo'ladigan zo'riqishlar aniqlanadi. Birlik kuch inshoot bo'ylab harakat qilganida uniing elementlarida (ixtiyoriy kesimida) hosil bo'ladigan zo'riqish miqdorining o'zgarishini ifodalovchi grafik shu zo'riqishlarning ta'sir chizig'i deyiladi. ta'sir chizig'ini epyuradan farqlash zarur. Epyura o'rganilayotgan miqdorning (eguvchi momentni) balkaning kesimlari bo'ylab taqsimlanishini ko'rsatadi, ta'sir chizig'i esa shu miqdorning balka biror kesimidagi qiymatini harakatlanuvchi R=1 kuchi ta'siridan o'zgarishini ko'rsatadi. Oddiy balkalarning ta'sir chizig'ini statik usul bilan qurish. Tayanch reaksiyalarning ta'sir chizig'i. RA t.ch. kuramiz: Statikaning muvozanat tenglamasini yozamiz (3.2b - rasm). 3.2 - rasm Bundan yoki R=1 da, 0x; x=0 da RA=() da RA=1 Bu ta'sir chiziq 3.2 b-rasmda ko'rsatilgan. RV t.ch. quramiz (3.2 v-rasm): 0x; x=0 da RB=0, x= RV=1. Ko'ndalang kuchning ta'sir chizig'i. Balkaning K kesimidagi ko'ndalang kuch Qk t.ch. qurish uchun birlik kuch (R=1) ning ikki vaziyatini tekshirish kerak (3.3 a - rasm). 3.3 - rasm 1- holat: R=1 kuchi kesimdan chap tomonda harakat qiladi. 0≤x≤ak. Balka o'ng tomonining muvozanatini aniqlaymiz. Σy=0, Qk=-RB=-Xl 2 - holat: R=1 kuchi kesimdan o'ng tomonda ak≤X≤l. Balka chap qismining muvozanatini aniqlaymiz. Qkung=RA=(l-X)l. Eguvchi moment ta'sir chizig'i. Balkaning k kesimida hosil bo'ladigan eguvchi moment ta'sir chizig'ini qurish uchun ham birlik kuchning ikki holatini tekshiramiz (3.4 - rasm). 1 - holat: R=1 kuch K kesimining chap tomonida harakatlanadi (0≤x≤ak). Mk eguvchi moment tenglamasini balkaning o'ng tomoni muvozanatiga asosan yozamiz. . X=0 da, Mk=0. x=l da, Mk=l - ak. 2 - holat: R=1 kuch o'ngda, Mk= x=0 da, Mk=ak. x=l, Mk=0 (3.4 b - rasm). 3.4 - rasm Konsolli balka uchun ta'sir chizig'ini qurish. Konsoli balka uchun tayanch reaksiyalari va uning biror kesimidagi Qk, Mk ning ta'sir chiziqlarini chizishda oddiy balka uchun olingan formulalardan foydalaniladi. 3.5 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 167.42 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 167.42 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga