Temirbeton buyumlarni tayyorlashda qoliplar va qoliplash ishlari Reja: Yechib - qayta ishlatiladigan qoliplar Qolip ishlarini bajarish texnologiyasi Temirbeton buyumlarni tayyorlashda qoliplar va qoliplash ishlari Qolip - beton qorishmasini quyib, quyilayotgan buyum yoki konstruksiyaga malum loyihaviy o'lchash va shakl beruvchi vaqtinchalik yordamchi konstruksiya. Qolipga beton qorishmasi quyilib, u qotgunga qadar ushlab turiladi. Qolip yuk ko'taruvchi, ushlab turuvchi va shakl beruvchi elementlardan tashkil topadi. Qolip quyidagi talablarga javob berishi zarur: etarli darajada mustakam; ishchi holatda o'z shaklini o'zgartirmaslik; texnologik yuk va beton qorishmasi bosimidan geometrik o'lchashni o'zgartirmaslik; quyilgan konstruksiyalar yuzalari sifatini ta'minlash; yig'ish va echib olish qulay bo'lishi; bir necha marotaba qo'shimcha ta'mirlashsiz ishlatish. Konstruktiv jiatdan qoliplar quyidagi turlarga bo'linadi: echib qayta o'rnatiladigan mayda donali; yig'ib - qayta o'rnatiladigan yirik shitli; ko'tarib, qayta o'rnatiladigan; bloksimon; xajmiy-fazoviy; sirpanuvchi; gorizontal harakatlanuvchi; pnevmatik, echilmaydigan va isitiladigan. Buyumlarni qoliplash uchun foydalaniladigan qoliplar va stendlar buyumga bo'lgan standart va texnikaviy sharoitlar va loyiha hujjatlari talabiga javob berishdagi yo'l qo'yiladigan og'ishga ega bo'lgan o'lchamdagi buyumlarni tayyorlashga mo'ljallangan, GOST 25781-83* ga muvofiq bo'lishi lozim. Qolip tayyorlash uchun II, II va IV navli igna bargli daraxt taxtalari, suvga chidamli fanera, varaqsimon, profilli po'latlar, stekloplastik buyumlar, plastmassalar, armotsement, asbest - tsement list va quvurlar, ishirish imkonli balonlar hamda beton va temirbeton plita qoplamalar ishlatiladi. Qolip ishlari bir yoki bir necha materialdan tayyorlangan: yog'och, metall, temirbeton, yog'och-metall, metall-karkasli, stekloplastik bo'lishi mumkin. Qolip tuzilmalari, uni ushlab turuvchi tag tuzilma, ustunlar, qotirgichlar va boshqa qismlari mustahkam, ustivor bo'lishi, o'rnatish va echib olishga, armaturalash va beton qurilmasini quyish uchun qulay bo'lishi zarur. Qolipni bevosita betonga tegib turadigan qismi zich, tirqishlar bo'lmasligi, yani ulardan tsement suti oqib ketish oldi olingan bo'lishi zarur. Yuqori sifatli yuza hosil qilish uchun metall qoliplar ichki yuzalariga turli surkash materiallari surkaladi. Qoliplar turlari quyidagi (rasm 6.13.)da keltirilgan: Qoliplar markazlashgan holda maxsus mutaxassislashgan zavodlarda tayrlanib, u qurilish maydoniga komplekt holda barcha zarur elementlari, shuningdek extiyot qismlari bilan olib aniq bir konstruksiya uchun ishlab chiqarilgan bo'ladi. Qolipni tashqi namlik va tsement suti ta'siriga chidamliligini oshirish, uzoq vaqt foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ular yuzalariga fenol smolasi, bakelit smolasi, spirtli lok, epoksid- fenol loki, kremniyorganik loklarni shimdirish maqsadga muvofiq. Bunday yupqa qavatlar fanera, yog'och-payraxali va yog'och tolali plitalarga ularni 130-150S haroratda 1,4-1,5 MPa bosim ostida presslash orqali hosil qilinadi. Metall qolipning tashqi yuzalari tuzilmalarini zanglashdan saqlash, ichki yuzalariga beton qorishmalar yopishib qolish oldini olish maqsadida zanglashga qarshi qoplamalar (ishdan chiqqan mashina yog'lari) surkaladi. Qolip tuzilmalari, ushlab turuvchi tuzilma, ustunlari vertikal hamda gorizontal yuklar (kuchlar) niqabul ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
334.82 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
334.82 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx