Temir - beton konstruksiyasi elementlarining dinamik yuklar ta'siriga hisoblash

Temir - beton konstruksiyasi elementlarining dinamik yuklar ta'siriga hisoblash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Temir - beton konstruksiyasi elementlarining dinamik yuklar ta'siriga hisoblash - rasmi

Material tavsifi

Temirbeton konstruksiyasi elementlarining dinamik yuklar ta'siriga hisoblash Reja: Konstruksiya elementlarini dinamik yuklar ta'siriga hisoblash. Chegaraviy holatlar birinchi guruhi. Chegaraviy holatlar ikkinchi guruhi. Tarixiy obidalar va ularga ta'sir qiladigan kuchlarni aniqlash hisoblash usullari. Konstruksiya elementlarida tebranish uy qotadigan har qanday kuch dinamik kuch (yuk) deb ataladi. Dinamik kuchlarning turi juda xilma-xil. Aylanma, ilgarilama qaytma harakat qiladigan qismlardan tashkil topgan mashinalar (elektromotorlar, ventilyatorlar, to'quv dastgohlari), zarb yoki turtki beradigan mashinalar, portlash, kuchli shamol va zilzila kuchlari inshootda tebranish uyQotadi. Dinamik ta'sirlarning xavfli tomoni shundan iboratki, xususiy va majburiy tebranishlar takrorligi o'zaro mos tushganda (tenglashganda) konstruksiyada rezonans vujudga keladi, yani tebranish amplitudalari keskin kattalashib ketadi. Natijada konstruksiyada buzilish xavfi paydo bo'ladi, agar tezda uning oldi olinmasa, konstruksiya ishdan chiqadi. Konstruksiyalarni dinamik kuchlar ta'siriga hisoblash usullari statik usullarga o'xshab ketadi. Farqi shundaki, dinamik hisoblarda onstruksiyaga ta'sir etadigan inertsiya kuchlari hamda konstruksiyaning dinamik tavsiflari inobatga olinadi. Dinamik hisob jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi: dinamik yuklar ta'siriga inshoot yoki uning alohida elementlarining mustahkamligi va toliqish bo'yicha chidamliligi tekshiriladi; majburiy tebranishlarning odamlarga, ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga, shuningdek konstruksiyaning normal ishlashiga ta'siri tekshiriladi. Konstruksiya elementlarini dinamik yuklar ta'siriga hisoblaganda, eng avval, dinamik zo'riqishlar miqdori aniqlanadi hamda statik kuchlarni ham hisobga olgan holda, elementning mustahkamligi tekshiriladi. So'ngra majburiy tebranishlar amplitudasi aniqlanib, temirbeton elementlarning yaroqlilik darajasi belgilanadi. Statik va dinamik kuchlar ta'sirida bo'lgan elementlarning yuk ko'tarish qobiliyati chegaraviy holatlarning birinchi guruhi, normal ekspluatatsiyaga yaroqliligi esa chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi bo'yicha hisoblanadi. Chegaraviy holatlar birinchi guruhi. Statik va dinamik yuk ta'sirida bo'lgan inshoot uchun quyidagi shart qanoatlantirilsa, egiluvchi elementlarning mustahkamligi ta'minlangan bo'ladi: bu yerda Mst - hisobiy statik yukdan hosil bo'lgan eguvchi moment; Md - dinamik yukdan hosil bo'lgan eguvchi moment; Mper - ish sharoiti koeffitsiyentlari hisobga olinganda kesim qabul qila oladigan eguvchi moment. Elementning toliqishga ko'ra chidamliligi ta'minlanishi uchun quyidagi shart bajarilishi zarur. Bu yerda σb1max - hisobiy statik yukdan hosil bo'lgan kuchlanish; σs1max - ko'pkarra takrorlanuvchi dinamik Ryukdan cho'ziluvchi armaturada hosil bo'lgan kuchlanish; Rγb1;s - beton va armaturaning hisobiy qarshiliklari; b1 γs 1- beton va armaturaning ish sharoiti koeffitsiyentlari. Siqiluvchi armatura chidamlilikka hisoblanmaydi. Dinamika masalalarida ish sharoiti koeffitsiyentlarining qiymati 0,4,1 orasidagi sonlardan iborat bo'lib, ular yuklar ko'p karrali ta'sir etganda, material mustahkamligining kamayishini hisobga oladi. Chegaraviy holatlar ikkinchi guruhi. Ko'pkarrali takroriy yuklar ta'sirida elementni yorilishga hisoblash chidamlilikka hisoblash singari amalga oshiriladi, yani bu yerda Rbt,ser - chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi bo'yicha betonning cho'zilishdagi hisobiy qarshiligi; sbt- betondagi cho'zilish kuchlanishi. Tebranish amplitudalarining kattaligi quyidagi shartni qanoatlantirishi lozim: bu yerda u ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.55 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.55 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga