Tom ishlari Reja: O'ram ashyolaridan tom qoplamasini yopishtirish ishlari O'ram ashyoni yopishtirish ketma-ketligi Mastikali tomlar O'ram ashyosiz tomlar Tom deb - chordoqli binoning chordoq usti qismi yoki chordoqsiz bino tom yopma konstruksiyasining ustki qavatiga aytiladi. Zarur xollarda ustki qism maxsus himoya qatlam bilan qotiriladi. Tom nafaqat suvga chidamli, shuningdek o'zidan havo o'tkazmaslik, mexanik mustahkam, yorilishga, uzoqqa va issiqqa chidamli bo'lishi zarur. O'ram ashyolar bilan tom yopmasini qoplanayotganda ularning quyidagi turlari ishlatiladi: ruberoid, pergamin, tol (qoraqog'oz), izol, steklotkan (shishamato), v.x.k lar. O'ram ashyolar asosga va o'zaro yopishtirish uchun quyidagi mastika turlari ishlatiladi: bitumli (qatronli), degtali (qoramoyli), va qatron rezinali. Taxtasimon va donasimon ashyolarga esa: tom po'lati taxtasi, asbesttsement to'lqinli va tekis taxtalar, taxtacha va cherepitsalar kiradi. Keyingi paytlarda plastmassa taxtachalarni xam tajriba sifatida qo'llanilmoqda. Har qanday tom qoplamasi qalinligi xam uncha katta emas, masalan: besh qavat ruberoidning qatron bilan yopishtirilgan qalinligi 10 mm atrofida. Shuning uchun uning sifati asosan qoplama yopishayotgan asosga katta bog'liq. Asos loyihada ko'rsatilgan ashyodan bajarilgan bo'lishi, nishablik loyiha bo'yicha, mustahkamlik qattiqlik talabiga javob berishi va tarnovlar suv oqizish quvurlari o'rnagan bo'lishi zarur. O'ram ashyolardan tom qoplash ishlari ancha kam mehnat talab bo'lib, lekin ular tez (xar 3 yilda) nam o'tkazmaydigan qilib bo'yash talab qiladi. Tom yopmalarni yopish ishlari o'rtacha 12-15% mehnat sarfini va 3% gacha qurilish tannarxini tashkil etadi. Turli ashyolardan tom qoplamalarini bajarilgandagina tomning texnikaviy tasnifi quyidagi (7.1-jadvalda) keltirilgan. Tomlar texnikaviy tasnifi 7.1-jadval Izo: Agar qiyalik 3 % dan kam bo'lsa qoplama sifatida biologik turg'un material ishlatiladi. O'ram ashyolaridan tom qoplamamasini yopishtirish ishlari O'ram ashyoli tomlar - bir necha qavat (2-5) o'ram ashyolari turli xil mastikalar bilan yopishtirib hosil qilinadi. O'ram ashyoning vazifasi mastikani armaturalab uni yorilmaslikdan saqlab turishdir. O'ram qoplama ashyolar karton qog'ozi, alyuminiy folgasi, shisha mato va shisha namat asosli bo'ladi. Karton qog'oz asosli o'ram ashyolarga pergamin, ruberoid, qoraqog'oz, gidroizollar kiradi. Ularning tamg'alanishi va o'lchamlari quyidagi (7.2- jadvalda) keltirilgan O'ram ashyolari tasnifi 7.2 jadval O'ram ashyoning bir-biridan farqlanishi o'ram ustiga qog'ozdagi burchak ostida chizilgan chiziq rangiga qarab bo'ladi, yani chiziq qora bo'lsa - ruberoid (oraliq qavat uchun), qizil bo'lsa ruberoid (oxirgi qavat uchun), zangori bo'lsa - qoraqog'oz, binafsha rang bo'lsa - izol v.x.k. O'ram ashyolar tekis tomlar uchun qo'llanilib, ularning qiyalik bo'yicha yopishtiriladigan qavatlar soni quyidagicha: Qiyalik 3 % gacha bo'lsa - 5 qavat Qiyalik 3 - 7 % gacha bo'lsa - 4 qavat Qiyalik 7-15 % gacha bo'lsa - 3 qavat Qiyalik 15 % gacha bo'lsa - 2 qavat Agar tom qiyaligi 3 ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.23 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
78.23 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx