Tomoshalar ko'rsatishga mo'ljallangan binolar Reja: Kinoteatr binolari Teatr binolari Sirk binolari Klub binolari Ma'lumki, san'at va madaniyatning jamiyat hayotidagi roli beqiyos va aynan shu jihat me'moriy loyihalarni yaratishda madaniy hordiq chiqarish va ommaviy tomoshalarni namoyish etish uchun mo'ljallangan binolar, muassasalar va majmualar doimo alohida o'ringa ega bo'lganini shartlab beradi. Turli davrlarda inshootlarning turli shakllari va ko'rinishlari - qadimgi ibodatxonalar va imperatorlarning saroylari, ijodiy ustaxonalar va akademiyalar, xususiy kolleksiyalar va turfa yo'nalishli ko'rgazmalar, teatr, konsert zallari, ochiq arenalar va, nihoyat, shahar yoki qishloq muhiti va tabiiy landshaftining oddiy elementlari - san'at markazlari vazifasini bajarib kelganlar. San'atning kundalik faoliyatini ta'minlash bilan bir qatorda, san'atda yangi yo'llar, uslublar va yo'nalishlarni izlash, ularni targ'ib qilish va sintetik umumlashtirish asosida o'zaro boyitish imkoniyatlari san'at markazlari rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Bugungi kunda, ya'ni madaniy hayot serqirra va ko'p yo'nalishlarga ega bo'lgan hamda o'zining doimiy izlanishlari va nobarqarorlik holati bilan ajralib turuvchi davrda san'at markazlarining barcha turlari, shu jumladan kompleksli shakl va ko'rinishlarining mavjud bo'lishi o'ta dolzarb hisoblanadi. Ularni yaratish va kelgusida rivojlantirishga faqat o'tmish va hozirgi davr tajribasini o'rganish, anglab yetish va tizimlashtirish yo'li orqali erishish mumkin. Tomosha ko'rsatuvchi inshootlar qatoriga kinoteatrlar, konsert zallari, klublar teatrlar, sirk, muzey va ko'rgazmalar kiradi. Tomosha ko'rsatishga mo'ljallangan binolarning turli me'moriy-rejali yechimlari bo'lsada, ularni yagona kompozitsion asos - bino yadrosida bosh zalning mavjudligi - birlashtiradi. Bu turdagi binolarning ahamiyati va mavqei me'moriy obrazni nafaqat tasavvurning muayyan shakli, balki shaharsozlik masalalarini yechimini topish uchun zarur bo'lgan obyektning noyobligini belgilashdek o'ta muhim jihatga uzviy bog'liq ekanligini shartlab beradi. Tomosha ko'rsatishga mo'ljallangan binolar uchun yer uchastkasini tanlashda xonalarda zarur akustik sharoitlarni ta'minlashni murakkablashtiruvchi shovqinli va vibratsion fonlarimavjud hududlarni istisno qilish lozim. Tomosha ko'rsatishga mo'ljallangan binolar uchun yer uchastkalarining maydonlari tasdiqlangan me'yorlarga muvofiq belgilanadi: kinoteatrlar uchun - zaldagi bitta o'rin uchun 5 m2, konsert zallari va sirklar uchun - sig'imiga bog'liq holda 0,7-1,5 gektar, teatr binolari uchun - 1,2-1,7 gektar. Tomosha binosining bosh kirish eshigi oldida maydonning, shuningdek yuk tushirish maydonchalari va xo'jalik hovlisining mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o'ziga xos xususiyat hisoblanadi. Yuqorida sanab o'tilgan tomoshalar ko'rsatishga mo'ljallangan binolarning har bir turini loyihalashtirishda hajmiy-rejali, funksional yechimlarni, va shu bilan birga, badiiylikni ta'minlashga qaratilgan asosiy vazifa hisoblanuvchi tomoshabinlar kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul mujassamligining tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari uchta guruhga bo'linadi: tomoshabinlar kompleksi; - kinoapparatlar xonasi; xizmat-xo'jalik xonalari. Teatrlarning xonalari tomoshabinlar va sahna qismlaridan, sirklarniki - tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar esa - ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.59 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.59 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: doc