Tosh g'isht terish ishlari

Tosh g'isht terish ishlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Tosh g'isht terish ishlari - rasmi

Material tavsifi

Tosh g'isht terish ishlari Reja: G'isht terish ishlarni vazifasi va turlari G'isht terishda qo'llaniladigan toshlar va qorishmalar Terilgan toshlar tuzilishi G'isht terish ishlarni vazifasi va turlari G'ish tosh terish deganda g'ish toshlarning oralarini qurilish qorishmalari bilan malum bir qalinlikda to'ldirib, terib chiqilishiga aytiladi va bunday konstruksiya yuqoridan va o'z massasidan tushadigan yukni qabul qilishi, binoni issiq - sovuqdan shuningdek tovushdan himoyalaydi Bino va inshootlar qurilishida terishning quyidagi turlari qo'llaniladi: oddiy g'ishdan, sun'iy beton keramik va silikat toshlardan (yoki ularni terib tayorlangan yirik bloklardan), tabiiy toshlarni yo'nib, aralab, tayyorlangan to'g'ri shaklli tabiiy toshlardan, yo'nilmagan tabiiy xarsang toshlardan, xarsang tosh terilib, ustidan yo'nilgan tabiiy toshlarni qoplab koshinlab terish, xarang tosh - beton shuningdek g'ishtni ikki chetiga terib, orasi turli yengil materiallar bilan (yengil beton, yengil to'ldiruvchi va x.k.) to'ldirilgan engillashtirilgan xillari mavjud. Yuqoridagi terish xillari barpo qilinayotgan konstruksiya vazifasi, qanday sharoitda ishlashi, binoning mustahkamligi, sinfi, qo'llaniladigan materiallarning samaraliligiga qarab qabul qilinadi. G'isht terishda qo'llaniladigan toshlar va qorishmalar Plastik zichlab tayyorlangan sopol oddiy g'isht, uning mustahkamligi, namga, sovuqqa chidamligi va o'zining uncha zich emasligi tufayli binolarning asosiy yuk ko'taruvchi qismlari (tayanch devor, ustun) tutun mo'rilari va boshqa yer osti va usti inshootlarini barpo qilishda qo'llaniladi. Silikat g'ishtlar, yarim quruq zichlangan oddiy sopol g'ishtlar va ichi bo'sht oddiy sopol g'ishtlar nam gruntli erlarda yer osti inshootlari konstruksiyalari shuningdek namlik yuqori xonalarning tashqi devorlarini barpo qilishda va tutun hamda so'rish kanallarini terishda ishlatiladi. Ichi bo'sh yoki g'ovak - ichi bo'sh sopol g'ishtdan terilgan konstruksiyaning issiqlik o'tkazuvchanlik xossasi kamligi va engilligi tufayli ularni qalinligini oddiy loy g'ishtdan terilgan devorga qaraganda 20-25% yupqalashtirish shu hisobiga konstruksiyalar massasi 20-30% kamayish imkoni tug'iladi. Beton toshlardan (og'ir betondan tayyorlangan toshdan) teriladigan konstruksiyalar o'zining mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi bilan ajralib, ular bino va inshootning yer osti va usti qismlarini tiklashda keng qo'llaniladi. Ichi bo'sh va yengil beton toshlar binoning tashqi, ichki devorlari va pardevorlarini barpo qilishda keng qo'llaniladi. Ular o'zining sovuqqa chidamliligi, ashyo tejamliligi bilan ajrab turadi. Lekin shlak beton toshlarning esa o'ziga xos kamchiligi bor, yani ular namni ko'p shimiydi shuning evaziga sovuqqa chidamliligi kamayadi. Silikat toshlardan terish qachonki yuk katta bo'lsa, lekin issiqlik o'tkazuvchanlik yuqori bo'lsa xam bo'laverdigan konstruksiyalarda ishlatiladi, chunki ular zich bo'lgani tufayli issiqlik o'tkazishi yuqori. To'g'ri shaklli tabiiy tosh va blok ashyolar o'zining mustahkamligi yuqori, sovuqqa va nurashga chidamliligi, yani uvalinmasligi bilan tashqi ko'rinishi ko'rkamligi bilan ajralib turadi. Ular bino poypesh qismi, devor qismi shuningdek yer osti poydevor qismlariga ishlatilishi mumkin. Lekin yengil g'ovakli (chig'anoq, g'ovak tuf ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 288.38 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 288.38 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga