Transportlovchi mashinalar to'g'risida umumiy ma'lumot Reja: Pnevmatik transport qurilmalari; Ortish-tushirish mashinalari; Bir cho'michli yuklagichlar; Uzluksiz yuk tashish mashinalari. Pnevmatik transport qurilmalari Pnevmatik tarnsport qurilmalari tsement, qum, qirindi va mayda materiallarni siqilgan yoki siyrak bosimda gorizontal va tik yo'nalishda tashish uchun ishlatiladi. Bu qurilma yuklarni tushirish, ortish va tashish ishlarida qo'llanilganda ish unumdorligi sezilarli oshadi va materiallarni ifloslanishdan saqlaydi. Qurilma to'liq avtomatlashgan va material kam isroflangan holda quvurlar ichida harakatlanadi, shuning uchun bu qurilmalarning ish unumdorligi juda yuqori. Qurilish materiallarini tashish uchun o'rta diametrli quvurlardan foydalaniladi. Pnevmatik tashishning ikki - so'rish va purkash turi bor. Pnevmatik qurilma quyidagi kamchiliklarga ega: elektr quvvati va havoni ko'p sarflaydi, o'tkir qirrali materiallarni tashishda qurilma moslama qismlari tez emiriladi, yopishqoq va nam materiallarni tashiy olmaydi. So'rish usulida material tashish quvuriga beriladi va u vakuum nasos hosil qilgan havoning siyraqlanishi hisobiga siljiydi. 48-rasm. havo bilan transportirovka qilish qurilmasi sxemasi. a - so'ruvchi, b - purkovchi. 1 - soplo, 2, 14 - quvur o'tkazgich, 3,15 - tindirish kamerasi, 4,12,16 - zatvor, 5 - bunker, 6,18 - filptr, 7 - truba, 8 - vakuum nasos, 9 - havo qabul qiluvchi, 10 - kompressor, 11-elektrodvigatelp, 13 - yuklagich, 17 - bunker. So'ruvchi qurilmalarda (48,a,b-rasm) material vakuum-nasos 8, hosil qilgan havo bosimida soplo 1 quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3 ga tushadi. Material zatvor 4 orqali bunker 5 ga va havo esa qisman material bilan birgalikda filptr 6 ga tushadi. Filptr havoni materialdan ajratib vakuum-nasosga va undan quvur 7 orqali atmosferaga chiqarib yuboradi. Bunday qurilma materiallarni qisqa masofaga tashish uchun qo'llaniladi, bu qurilmalarda bosim 0,030,04 mPa bo'ladi. So'ruvchi qurilmaning soplo qismida havo bosimi past, vakuum-nasosda esa yuqoridir. Purkovchi qurilmalarda (48, b-rasm) tashiluvchi material yuklagich 13 dan jips zatvor 12 orqali siqilgan havo yordamida quvur 14 ga tushadi. 'avo qabul qiluvchi 9 orqali so'rilgan havo kompressor 10 orqali filptrlanib havo to'plovchi qurilma 11 ga keladi. Siqilgan havo bilan material quvurdan ajratib turuvchi kamera 15 va shlyuzli zatvor 16 orqali bunker 17 ga keladi. Ajratilgan havo tozalagich 18 da tozalanib atmosferaga chiqariladi. 'aydovchi kompressorlarda siqilgan havoni bosimi 0,8 mPa va havoning ish unumdorligi 100 m3min gacha boradi. Pnevmatik vintli nasos. Xaydovchi qurilmalarda pnevmatik nasos keng qo'llaniladi (49-rasm). Material qabul qiluvchi bunker 2 dan aylanib turuvchi shnek 3 orqali aralashtiruvchi kamera 7 ga uzatiladi. Shnek aylanma harakatni elektrodvigatelp 1 dan oladi. Shnekning oxirgi qismida siqilgan havo bilan material zichlik darajasi klapan 6 yordamida boshqariladi. Kompressor siqilgan havoni aralashtiruvchi kameraga shnek va quvur orqali ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
400.28 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
400.28 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:43 ]
Arxiv ichida: docx