Turar joy binolari - rasmi

Material tavsifi

Turar joy binolari Reja: Umumiy talablar Turar joy binolarida sanitariya-gigiyena talablari, yoritilganlik, insolyatsiya va shamollatish. Turar joy uylari va ularning tarkibiy qismlari. Yong'in xavfsizligi, evakuatsiya yo'llari 28m dan baland binolarga qo'shimcha talablar Umumiy talablar Ushbu me'yorlar O'zbekiston Respublikasi huddudidagi shaharlar va aholi yashaydigan qishloq joylarda davlat va xususiy qurilish uchun turarjoy binolarini, shu jumladan bir xonali va birlashtirilgan (juftlangan) uylar, ko'p xonadonli uylar (16 qavatligacha, 16-qavat ham), maxsus turarjoylar: yotoqxonalar, qariyalar va nogironlar oilalari uchun xonadonli uylar, yolg'iz qariyalar va nogironlar uchun uy ushbu me'yorlar binolarga ko'chib-kirish va egalik qilish shartlariga, shuningdek inventar va ko'chma (ko'chirib yuriladigan) binolarni loyihalashga tatbiq qilinmaydi. Turar-joy binolarini loyihalashda, ushbu me'yorlar talablari bilan bir qatorda, 1-bo'limda keltirilgan havola qilingan amaldagi me'yoriy hujjatlar ham hisobga olinishi kerak; sanitariya-gigiyena, yong'inga qarshi va funksional-tipologik talablar va turar-joyni shakllantirish parametrlari, mikroiqlim qulaylikni ta'minlash talablari, zamonaviy muhandislik jihozlarini qo'llash talablari kompleks holda hisobga olinishi kerak. Ushbu me'yorlari tabiy-iqlimiy sharoitlar xususiyatlarini va turarjoy turlariga aholining maishiy ehtiyojini hamda nogironlarning yashasha faoliyati sharoitlarini hisobga oladi. Atamalarning tavsifi 1-majburiy ilovada keltirilgan. Turar-joy uylar, yotoqxonalar va qariyalar va nogironlar internat uylarning qavatlar sonini, yashash va umumiy yuzalarini, qurilish hajmini hisoblab chiqish qoidalari 2-majburiy ilovada keltirilgan. Ushbu me'yorlarda majburiy talablar bilan bir qatorda tavsiyaviy qoidalar ham keltirilgan bo'lib, unda turar-joyning qulayligi bo'yicha asosiy sinflari aniqlangan: «oddiy (me'yoriy)», «yaxshilangan» va «yuqori»; turar-joy qulayligi sinfi bo'yicha xususiyatlari va parametrlari 3- majburiy ilovada keltirilgan. Turar-joy qulayligi «oddiy (me'yoriy)» sinfiga mos keladigan sanitariya-gigiyena normalarini me'yoriy parametrlariga rioya qilish majburiy bo'lib; xususiy qurilish uchun «yaxshilangan» va «yuqori» klass qulaylikli turar-joy parametrlari tavsiyaviydir. Turar joy binolarida sanitariya-gigiyena talablari, yoritilganlik, insolyatsiya va shamollatish Turar-joy binolari qurish va rekonstruksiyalash O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qurilish normalari va qoidalari talablari asosida bajarilgan loyihalar bo'yicha amalga oshirilishi kerak. Turar-joy binolarini loyihalashda odamlarning sog'lig'i va hayotini saqlash, atrof-muhitni saqlash, uzoq vaqtga chidamlilik, ta'mirlashga yaroqlik, energiya tejamliligini taminlovchi choralar va boshqa talablar amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiq ko'zda tutilishi kerak. Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik loyihasi bo'yicha ShNK2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozitsion-tarxiy yechimlari, shaharsozlik loyihasiga muvofiq, ushbu normalar talablariga, yong'in va zilzila xavfsizligi ShNK 2.01.02 va KMQ 2.01.03) talablariga binoan aniqlanadi. Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo'lmagan; Oqvalashtirilmagan (kanalizatsiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo'llanilishi lozim. 9-12 qavatli binolar yirik shaharsozlarning markazida qurish uchun qo'llash mumkin; 16 qavatli binolar maxsus (alohida) asoslar bo'yicha va Davarxitektqurilishning ruxsati bo'yicha qo'llaniladi. Qariyalar va nogironlarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan kvartirali turar-joy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga