Turar joy binolarida joriy remont qilish

Turar joy binolarida joriy remont qilish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Turar joy binolarida joriy remont qilish - rasmi

Material tavsifi

Turar joy binolarida joriy remont qilish Reja: Turar joy binolarining joriy remonti va texnik xizmat ko'rsatishni tashkil qilish. Turar-joy binolarida ko'zdan kechirish tizimlari. Binolardagi konstruktiv uskunalarni ko'zdan kechirishning davriyligi va turlari. Joriy remontni tashkil qilish. Bahorgi ko'rik qish mavsumi o'tgandan so'ng bajariladi. Ko'rikda muhandislik qurilmalarining konstruktiv unsurlari va hovli hududining tashqi obodonchilik unsurlari tekshiriladi. Joriy remonti bo'yicha ishlar hajmi hamda nosozliklar va shikastlanishlar oydinlashtiriladi. Binolarning ko'pgina ayrim qismlari yoki konstruktiv unsurlar va muhandislik qurilmalari tizimlari bo'yicha ko'riklarni quyidagi tartibda o'tkazish tavsiya etiladi: xovli hududi va obodonchilik unsurlari; poydevorlar va erto'la xonalari, shu jumladan o'txonalar; tashqi devorlar va fasad unsurlari, ularga balkonlar, karnizlar, suvni bartarf etish qurilmalari ham qo'shiladi. Tom va uning shamollatish tuzilmasi, chordoq xonalari, chordoq orayopmasining isitgichi; qavatlararo xonalar (chordoqdan yorto'laga qadar tepadan pastga tomon amalga oshiriladi), bunda orayopmalarning ham holati aniqlanadi. Binoning sanitar-texnik va boshqa muhandislik qurilmalari. Bino unsurlarining texnik holatini tashqi ko'rik yo'li bilan va ekspluatatsiya jarayonida olingan ma'lumotlar bo'yicha aniqlanadi. Lozim hollarda komissiyaning qarori bo'yicha konstruksiyalarni olib ashyo sifatini (mustahkamlik, namlik va shu kabilar) aniqlash uchun namunalar olinadi, tekshiruv hisoblashlari amalga oshiriladi. Konstruksiya va qurilmalarning holatini aniqlashdagi murakkab hollarda ixtisoslashgan tashkilotlar va ekspertlarni jalb etish lozim. Turar-joy uylarini ko'rigida yog'och konstruksiyalarni (yog'och balkalar, xonalardagi, kanalizatsiya va quvur o'tkazgichlardagi, yer to'lalardagi o'rta devor va pollar) albatta ko'rib chiqish kerak. Ko'rik vaqtida binolarning konstruktiv unsurlari va qurilmalarida deformatsiya va boshqa buzilishlar qayd etilganida ularning o'lchamlari va shikastlanish darajasi aniqlanadi. Agar shikastlanish konstruksiyaning yuk ko'tarish qobiliyati va barqarorligini pasaytirsa yoki bino yoki qurilmaning ekspluatatsiyaviy sifatini yomonlashtirsa (yuk ko'taruvchi unsurlarni deformatsiyalanish va buzilish, qo'yilma unsurlarning zanglashi va boshqalar), u holda aholi havfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar qo'llash kerak va deformatsiyaning bundan keyingi o'sishini oldini olish lozim (muvaqqat mahkamlagichlar va boshqa muhofaza ishlari). To'la yig'ma turar-joy uylarini ekspluatatsiya qilishda ko'riklar rejasidan tashqari ekspluatatsiyaning dastlabki 2 yilida: tomlarni, tashqi burchaklarni, panellarning vertikal choklarini, po'lat qo'yilma detallarni kuzatib borish kerak. Bahorgi ko'rik natijalari ko'riklar jurnali hujjatlarida o'z aksini topadi. Konstruktiv unsurlarning ko'riklarini turlari va davriyligi Bino konstruktiv unsurlarining ko'riklari 3 turga bo'linadi: umumiy, qisman va navbatdan tashqari. Umumiy ko'rik bir yilda 2 marta - bahor va kuzda o'tkazilishi kerak; bunda bino to'la ravishda, xususan, konstruksiyalar, muhandislik qurilmalari, bino pardozi va tashqi obodonlashtirish unsurlarining barchasi ko'rib chiqiladi. Bahorgi ko'rik yoz mavsumida bajariladigan joriy remont ishlari bo'yicha ish hajmlarini aniqlash, hamda u yoki bu uylarni keyingi yilgi kapital remont qilish rejasiga qo'yish masalasini hal etish maqsadida o'tkaziladi. Bunday masalalarni aynan bahor vaqtida, qorlar erib binoning tashqi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.95 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.95 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga