Turar-joy binolarini loyihalashga ta'sir qiluvchi asosiy omillar Reja: Turar uy joy qurilishida shaharsozlik talablari Turar-joylar qurilishida tejamkorlik masalalari Turar-joylar qurilishida qo'yiladigan badiiy-me'morchilik talablar Turar uy joy qurilishida shaharsozlik talablari Shahar, turar-joy hududiga yoki alohida turar-joy uyiga yer sathini tanlash o'ta mas'uliyatli ishdir, chunki bu yerda aholining yashashi uchun hamma shart-sharoitlar mavjud bo'lishi va kelgusi avlodlarning yashashlarini hisobga olish zarur. Turar uy joyini qurish uchun maydon tanlanadi, ushbu tanlangan yer maydoni turar uy joy uchun yer sathi balandroq, ya'ni suv to'planmaydigan, yerga suv shoxobchalari o'tkazish va ko'kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bo'lgan, undan tashqari sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan sanitariya - gigiyenik jihatdan uzoqroq masofada bo'lishi kerak. Shuningdek, bino boshqa turar-joy va jamoat binolaridan uzoqroq masofada joylashishini, quyoshga nisbatan yaxshi oriyentatsiyada bo'lishi va tabiiy shamollatilishini ta'minlamoq lozim. Turar-joy uyi bundan tashqari ko'cha shovqinidan, transport harakatidan muhofazalangan bo'lishi kerak. Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik loyihasi bo'yicha SHNK 2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo'lmagan; Oqvalashtirilmagan (kanalizatsiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo'llanilishi lozim. 9-12 qavatli binolar yirik shaharlarninng markazida qurish uchun qo'llash mumkin; 16 qavatli binolar maxsus (alohida) asoslar bo'yicha va Davarxitektqurilishning ruxsati bo'yicha qo'llaniladi. Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo'lmagan; Oqvalashtirilmagan (kanalizatsiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo'llanilishi lozim. Turar-joy uyga avtomobillar kirishi uchun yo'lakcha ajratilishi, bundan tashqari uy atrofi ko'kalamzorlashtirilgan hudud va suv o'tkazilgan ariqchalar bo'lishi, sport maydonchalari, soyabonlar, kattalar dam oladigan va bolalar uchun maydonchalar ko'zda tutilishi lozim. Bu O'zbekiston tabiiy iqlim sharoitida muhim omillardan biridir. Yer sathi qo'shni uylar bilan, tuman markazi bilan bolalar bog'chasi, maktab, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko'rsatish joylari bilan qulay bog'langan bo'lishi kerak. Turar - joy kompleksining ko'kalamzorlashtiriladigan hududining yuzasini 6m2kishi dan kam bo'lmagan yuzada qabul qilish taqozo etiladi. Ko'kalamzorlashtiriladigan hudud maydoniga, shuningdek, katta yoshli kishilar uchun mo'ljallangan dam olish maydonchalari, bolalarga mo'ljallangan o'yin maydonchalari va piyodalar yo'lakchalari (agar bu yo'lakchalarning yuzasi ko'kalamzorlashtiriladigan hududning - 30% dan kamrog'ini egallasa) ham kiritiladi. Birinchi qavatda xonadonlarga ega bo'lgan turar-joy binolarini qoidaga ko'ra qizil chiziqdan ancha chetroqda joylashtirish taqozo etiladi. Qizil chiziq bo'yicha ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi xonalari birinchi qavatga ichki qurilgan yoki birinchi qavatga qo'shib qurilgan binolarni joylashtirishga ruxsat beriladi. Turar-joy qurilishini loyihalashtirishda maydonchalarni me'yoriy hujjatlar orqali joylashtirish ko'zda tutiladi, bu maydonchalarning o'lchamlari va ulardan turar-joy hamda jamoat binolarigacha bo'lgan masofa jadvalda ko'rsatilgan masofadan kam bo'lmagan o'lchamda qabul qilinadi. jadval Izoh. Badan-tarbiya maydonchalaridan turar-joy uylarining derazalarigacha va jamoat binolarigacha bo'lgan masofa bu maydonchalarning shovqin xarakteristikalariga bog'liq ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.07 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.07 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc