Umumiy ovqatlanish korxonalarining binolari Reja: Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi Umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirishga qo'yilgan talablar Hajmiy-rejali yechim Kompozitsion sxemalar Umumiy ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi Umumiy ovqatlanish korxonalari: ovqatlanish korxonalari uchun maxsus mo'ljallangan alohida binolarida (sig'imi 100 va undan ko'p bo'lgan); jamoat va savdo markazlari, bozor komplekslari va vokzallar tarkibida; turar-joy va jamoat binolari tarkibida yoki ularga qo'shib qurilgan, shu jumladan yer ostidagi maxsus majmualar tarkibida loyihalashtirilishi mumkin. Ovqatlanish korxonalari xom ashyoni qayta ishlash va mahsulot tayyorlash bo'yicha to'liq texnologik siklga ega korxonalar yoki mahsulot tayyorlashning so'nggi bosqichini bajarishga ixtisoslashgan korxonalar bo'lishi mumkin. Birinchi korxonalar qatoriga xom ashyoni to'liq qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga va mahsulot tayyorlashning so'nggi bosqichini bajaruvchi boshqa ovqatlanish korxonalariga xizmat ko'rsatish hamda kulinariya do'konlarini o'z mahsuloti bilan ta'minlashga ixtisoslashgan restoran va oshxonalar kiradi. Ikkinchi korxonalar sirasiga yarim fabrikatlar va tayyorlanishning yuqori darajasiga ega mahsulotlardan taomlar tayyorlaydigan kafe, yemakxona, tezkor xizmat ko'rsatish korxonalari kiradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ko'rilayotgan barcha turlari shakli va xizmat ko'rsatish usullariga ko'ra ikkita asosiy guruhga, ya'ni xo'randalarga xizmat ko'rsatishni ofitsiantlar orqali amalga oshiruvchi va o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish prinsipigaasosan faoliyat yurituvchi korxonalarga bo'linadi. Ta'kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat ovqatlanish korxonalari, muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy asoslanishlarga va ichki hajm, interyerning badiiy-kompozitsion yechimlariga, texnik jihozlanishi hamda ishlash rejimiga asoslangan holda, o'zlarining asosiy funksiyalarini hordiq chiqarish va ko'ngilochar funksiyalar bilan birlashtirish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin. O'rinlar soni 300 tadan ko'p bo'lgan va umumshahar ahamiyatiga ega umumiy ovqatlanish korxonalarni joylashtirish bo'yicha shaharsozlikka oid o'ziga xos jihatlarni, shuningdek aholining mehnat va madaniy-maishiy aloqalarini, xo'randalar kontingenti, jumladan kurort zonalar uchun o'rinlar sonini mavsumiy oshirilishini hisobga olib turib, maxsus dastur-topshiriqlar bo'yicha loyihalashtirish tavsiya etiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirishga qo'yilgan talablar Ovqatlanish korxonalarining yer uchastkasi ikkita aniq zonaga bo'linadi: xo'rrandalar uchun zona (xo'rrandalar dam olishi va yozgi mavsum vaqtida ochiq havoda ovqatlanish uchun qo'shimcha o'rinlarni tashkil etilishi ham nazarda tutiladi) va xo'jalik zonasi. Bunda xo'jalik hovlisi yuk avtomobillari uchun kirish yo'llariga hamda binoning omborxonalariga yondosh bo'lgan yuk tushirish maydonchasiga, shuningdek chiqindi yig'iladigan maydonchaga va xodimlar dam oladigan zonaga, xususiy avtotransport turadigan joylarga ega bo'lishi kerak. Qishloq joylardagi ovqatlanish korxonalarining xo'jalik hovlisida qattiq yoqilg'i saqlanadigan zona (ombor) ham ko'zda tutilishi lozim. Turar-joy binolari tarkibidagi yoki ularga qo'shib qurilgan umumiy ovqatlanish korxonalarining xo'jalik zonasi va yuk tushirish maydonchalarini ushbu binolarning deraza va eshiklari bo'lmagan qisqa yon tomonlarida joylashtirish kerak. Uchastkada avtomobillar turadigan joylar bo'lishi ham ko'zda tutilishi lozim. Avtomobillar turadigan joylar va umumiy ovqatlanish korxonasi joylashgan bino o'rtasidagi masofa 150 metrdan oshmasligi kerak. Hajmiy-rejali yechim Korxona ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
243.79 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
243.79 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc