Xonadonning tarkibi va jihozlari

Xonadonning tarkibi va jihozlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Xonadonning tarkibi va jihozlari - rasmi

Material tavsifi

Xonadonning tarkibi va jihozlari Reja: Xonadonlarni loyihalashda umumiy qoidalar Xonadonlarning asosiy xonalarini fazoviy - funksional tashkil qilish Xonadondagi yordamchi xonalar Liftsiz uylarning tarxiy elementlari Ko'p qavatli turar-joy binolarining zinapoya-lift tugunlari Xonadonlarni loyihalashda umumiy qoidalar Xonadon deb binoning bir-biriga birlashtirib bog'langan, bitta oilaning yashashi uchun mo'ljallangan qismiga aytiladi. Xonadon turarjoylarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu xonadonlarda oila a'zolari o'zining asosiy vaqtini o'tkazadi, ya'ni ular bu yerda dam olishadi, ishlashadi, uxlashadi, ovqatlanishadi va mehmon kutishadi. Oilaning tarkibiy soni turar-uy yacheykasining asosiy xususiyatlaridan biridir. Aynan shu xonadonga mo'ljallangan kishilar soni bilan, uning o'lchami, umumiy va yashash maydonlari aniqlanadi (loyihachi uchun muhim bo'lgan, amaldagi bir kishi uchun mo'ljallangan maydon me'yoriga ko'ra). Xonadonning yashash maydoni-bu barcha yashash xonalar maydonlari yig'indisi, umumiy maydon-bu xonadondagi barcha xonalar maydoni yig'indisidir. Hozirgi vaqtda, bir kishi uchun yashash maydoni turar-uy taqsimotida asosiy ko'rsatkich hisoblanadi, xonadonning umumiy maydoni esa, xonadonni loyihalashda asos bo'lib xizmat qiladi (lekin kelajakda, turar-uylar xonadonlarning umumiy maydoni bo'yicha taqsimlanishi va narxlanishi ko'zda tutilmoqda). Uy tarxini yechishga uning qanday hajmli bo'lishiga qaramasdan u yerda hayot kechirish uchun kerak bo'ladigan hamma shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bular: har bir oila a'zosining dam olishi va shaxsiy ishlarini bajarishi, uy xo'jaligini olib borishi, ovqat tayyorlash va ovqatlanishi, oila a'zolari birbiri bilan va boshqa odamlar bilan muloqatda bo'lishii, gigiyenik tozalikni saqlashi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Turar-joy xonalarining soni va hajmi oila a'zolarining soniga, yoshiga qarab belgilanadi. Yordamchi xonalarning maydoni yashaydigan xonalarning soniga qarab belgilanadi. Turar-joylardagi xonalar o'zini foydalanish vazifasiga ko'ra ikkita asosiy guruhlarga bo'linadi: asosiy yashash xonalari (shaxsiy yashash xonalari- yotoqxonalar va umumoilaviy xonalar) va yordamchi xonalar (xonadonlarning shaxsiy gigiyena, xo'jalik qismlari). Xonadonlar asosiy, xo'jalik va shaxsiy yashash zonalariga bo'linadi. Xonadonlarning asosiy qism zonasidagi xonalarga mehmon kutib oladigan va shu bilan birga oila a'zolari bir yerga to'planadigan yemakxona, mehmonxona, ish kabinetidan iborat bo'ladi. Bu xonalarga to'g'ridan-to'g'ri daxliz orqali o'tiladi. (rasm) rasm. Xonadon xonalarining tarkibi: A-yotoqxonalar: 1-ota-onalar uchun; 2-bolalar uchun; 3-kattalar uchun; V-umumiy xona: 4-yemakxona; 5-mehmonxona; Sishchi xona; D-yozgi turar xona; E-yozgi ro'zg'orxona; 6-dahliz; 7-oshxona; 8xojatxona; 9-hammom; 10-yo'lak; 11-xujra; 12-qaznoqxona. Yaxshi sanitar-gigiyenik sharoitni yaratish uchun har bir oila a'zosi yetarli miqdorda maydon bilan ta'minlaniladi, bu kamida 9 m.kv. hajmida. (kamida 25 m. kub.) bo'ladi. Xonalar va yordamchi xonalarning balandligi janubiy hududlarda 2,7 m. dan kam bo'lmasligi kerak. Sanitar - gigiyenik sharoitini yaxshilash maqsadida kelajakda turar-joy maydoni me'yori (normasi) bitta odamga 12-15 m.kv. ni tashkil etishi kerak. 1 odam uchun xonadonda xonani maydoni 14m2 dan, 2 odam uchun 18m2 dan kam bo'lmasligi kerak. (jadval) jadval Oddiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.14 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.14 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga