Yangilanadigan energiya manbalari Reja: Noan'anaviy va yangi hosil bo'luvchi energiya manbalaridan foydalanishning ekologik muammolari Quyosh energetikasi rivojlanishining ekologik oqibatlari Muqobil energetika imkoniyatlari Yangilanadigan energiya manbalaridan ekouylarni energiya bilan ta'minlash Quyosh energiyasi Quyosh issiqlik batareyalari Noan'anaviy va yangi hosil bo'luvchi energiya manbalaridan foydalanishning ekologik muammolari Mavjud ekologik muammolar majmuasida energetika yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Yangi hosil bo'luvchi energiya manbalarini amaliy qo'llanishga jalb qilinishi ularni atrof-muhit ekalogiyasiga ta'sirini o'rganishga e'tibor qaratishga majbur qilmoqda. Shunday fikrlar mavjudki, yangi hosil bo'luvchi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi mutlaqo ekologik toza variant. Bu juda to'g'ri fikr emas, chunki an'anaviy organik mineral va gidravlik yonilg'i asosidagi energoqurilmalar ayrim hollarda kamroq xavf tug'diradi. Shuningdek, yangi hosil bo'luvchi energiya manbalarining atrof-muhitga ekologik ta'siri hozirgacha aniq emas, ayniqsa vaqt jihatidan, shuning uchun bu ta'sir manbalaridan foydalanish, mexanik masalalariga qaraganda kamroq o'rganilgan. Gidroenergetik resurslar yangi hosil bo'luvchi energiya manbalarining bir turi bo'lib hisoblanadi. Uzoq vaqt uni ekologik toza energiya manbai deb ham atashgan. Bunday foydalanishning ekologik oqibatlarini hisobga olmay, tabiatni va atrof-muhitni himoya qilish choratadbirlari ko'rilmagan, bu 90-yillarga kelib gidroenergetikani chuqur krizisga olib keldi. Shuni hisobga olib, yangi hosil bo'lgan energiya manbalaridan foydalanishning ekologik oqibatlari oldindan tadqiq qilinishi zarur. Noan'anaviy yangi hosil bo'luvchi manbalar energiyasini yaroqli shaklga elektr yoki issiqlik holiga keltirish zamonaviy bilim va texnologiyalar darajasida nisbatan qimmatga tushadi. Hamma hollarda ham ulardan foydalanish organik yoqilg'i sarfini pasayishiga va atrof-muhitni nisbatan kamroq ifloslanishga xizmat qiladi. Shu kungacha yangi hosil bo'luvchi manbalardan olinadigan an'anaviy usullarni texnik-iqtisodiy solishtirish natijasida ekologik omillar hisobga olinmagan yoki faqat aytib o'tilgan, miqdor jihatidan ham baholanmagan. Shunday qilib, yangi hosil bo'luvchi energiya manbalaridan foydalanish oqibatida yuzaga keluvchi ekologik muammolarning yechimi dolzarb bo'lib bormoqda. Energiyani bir turdan boshqasiga o'tishida yangi usullar o'ylab topish an'anaviy uskunalardan foydalanilganga nisbatan atrof-muhitga kamroq zarar yetkazish imkonini berishi zarur. Noan'anaviy yangi hosil bo'luvchi energiya manbalarini turli tabiiy muhit va obyektlarga ekologik ta'sirining asosiy omillarini ko'rib chiqamiz. Quyosh energetikasi rivojlanishining ekologik oqibatlari Quyosh stansiyalari yetarlicha o'rganilmagan obyektlar bo'lib, ularni ekologik toza elektrostansiyalar qatoriga qo'shish uchun to'liq asos yo'q. Quyosh stansiyalari ko'p maydonni egallaydi. QESlarining solishtirma maydon egallashi 0.001dan 0.006gakVt gacha o'zgaradi. Bu maydon GESga nisbatan kichik, lekin issiqlik elektr stansiyalari atom elektr stansiyalari egallaydigan maydonlardan katta. Quyosh stansiyalari tarkibiga juda ko'p miqdorda metall, shisha, beton va h.k. sarflanadi, yuqorida keltirilgan ma'lumotlarda xom ashyo qazib olish va qayta ishlash bosqichidagi yerni qazib olinishi hisobga olinmagan. Quyosh elektr stansiyalari yaratilgan taqdirda, uning maydon egallashi oshadi va yer osti suvlarini ifloslanish darajasi ham oshadi. Quyosh konsentratorlarini yer ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.16 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.16 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc