Yer osti kommunikatsiya o'tkazishning transheyasiz yopiq usullari to'g'risida umumiy ma'lumot Reja: Gruntni qazimasdan titranuvchi va yuqori bosimda ta'sir etuvchi kuchlarga asoslangan qurilmalar; Kuchli zarbali to'lqin energiyasiga asoslangan qurilmalar; Qoziq qoqish uchun mashinalar; Gruntni qazimasdan titranuvchi va yuqori bosimda ta'sir etuvchi kuchlarga asoslangan qurilmalar. Bu usuldan mavjud avtomobilp magistrallari va temir yo'llar, binolar va inshootlar ostidan kommunikatsiya tarmoqlari o'tkazishda foydalaniladi. Quvurlarni yer ostidan o'tkazishning transheyasiz usulini tanlash quvurning diametriga, uzunligiga va bajaradigan vazifasiga, shuningdek, gruntning fizik-mexanik xususiyatlari va gidrologik sharoitiga, o'tish joyidagi yer osti inshootlarining texnik holatiga hamda quvur o'tkazishning iqtisodiy samaradorligiga bog'liq. Quvurlar yer ostidan quyidagi usullarda o'tkaziladi: Gruntni qazimasdan titratuvchi va yuqori bosimda ta'sir etuvchi qurilmalar, polispast hamda gidravlik tizimga asoslangan domkratlar yordamida teshib, teshik devorlari zichlanadi. Buning uchun quvur uchiga uchlik o'rnatiladi va yuqorida aytilgan qurilmalar yordamida gruntga madab kiritiladi. Quvur uchliksiz bo'lib, uning uchi ochiq holda ham gruntga madab kiritilishi mumkin. Bunda quvurning 1,52,0 metr qismi gruntga majburan niqtab kiritiladi va natijada uning oldida zichlangan yadro uchlik vazifasini o'taydi. (34-rasm) 34-rasm. Gruntni qazimasdan titratuvchi va yuqori bosimda ta'sir etuvchi kuchlarga asoslangan qurilmalar sxemasi Gruntlarda teshik ochishda yumshatilgan bir qism grunt quvurlar orqali chiqarib yuboriladi, qolgan qismi esa zichlashtiriladi. Bu holatda quvur (truba) uchi ochiq yoki teshik bo'ladi. Quvurning ilgariga siljishi natijasida ichida to'plangan yumshatilgan grunt maxsus qurilma bilan tozalanadi. Bu «majburiy madash» usuli deyiladi. Yer ostiga quvur yotqizishdan avval gidromexanizatsiya yoki parmalash usullari yordamida gruntlarga ishlov berish usuli. Ko'ndalang parmalash kuchsiz gruntlarda amalga oshirilsa, uning ortidan to'g'ridan-to'g'ri quvur o'tkazilishi mumkin. Mustahkam gruntlarda esa dastlab kichikroq diametrda teshik parmalanadi, so'ngra kuchsizlangan guruntlarga quvur o'tkaziladi. Parmalash parmalash dastaklari yordamida bajariladi, quvurlar esa domkratlar va traktorlar yordamida o'tkaziladi. Kuchli zarbali to'lqin energiyasiga asoslangan qurilmalar. Detonatsion generatorda hosil bo'ladigan kuchli zarbali to'lqin energiyasi yordamida yer osti kommunikatsiyalarni yopiq usulda o'tkazish. (35-rasm). 35-rasm. Kuchli zarbali to'lqin energiyasi yordamida yer osti kommunikatsiyalarini yopiq usulda o'tkazish sxemasi Bu usul detonatsion generator qurilmalarida hosil bo'ladigan zarbali to'lqinlar yordamida yer osti kommunikatsiyalarini yopiq gruntga transheyasiz ishlov berishni gorizontal yo'nalishda bajaradi. Bunda zarbali to'lqinlar detonatsion generator qurilmalarida yoqilg'i aralashmalarining (uglerod yoqilg'i va havo) yonishi natijasida olinadigan energiyaga asoslangan. Detonatsion quvurning tuzilishi va unda zarbali to'lqinning hosil bo'lish texnologiyasi quyidagicha: 35-rasm. Detonatsion to'lqin energiyasi hosil qiluvchi qurilmaning umumiy ko'rinishi 1-rama; 2-detonatsion quvur; 3-gidrosilindr; 4-yonish kamerasi; 5-karkas; 6-gidrosilindr; 7-kompressor; 8-kompressor yuritmasi-zanjirli uzatma; 9-benzin uchun asosiy bak; 10-benzin uchun qo'shimcha bak; 11-yonilg'i havo aralashmasi uchun quvur-o'tkazgichlar. Yonilg'i aralashmasi keltiruvchi qurilma 1 orqali quvurga keladi. Quvurda alanga to'suvchi klapan 2 bo'lib, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
88.62 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
88.62 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: docx