Yirik panelli binolarni barpo etish Reja: Ishlarning asosiy sikllari va montaj ishlarini geodezik ta'minlash Konstruktiv elementlarni o'rnatish Ichki dеvor panеllarini o'rnatish Montaj ishlarini tashkil etish Montaj qilishning umumiy prinsiplari Yirik panelli binolarni montaj qilishning asosiy sxemalari Ishlarning asosiy sikllari va montaj ishlarini geodezik ta'minlash Yirik panelli binolarni barpo etishda qurilish jarayonlarini uch xil sikllarga tegishli bo'lgan texnologiyasi qo'llaniladi: nolinchi sikl texnologiyasi, ya'ni kotlovan, transheya qazish, poydevor bloklari va yerto'la devorlarini montaji, yerto'la orayopmalarini montaji, yer osti kommunikatsiyalarini yotqizish va binoga ulash; binoni yer usti qismini barpo etish texnologiyasi - devor va pardadevorlarni barpo etish, deraza va eshik o'rinlarini to'ldirish, zinapoyalar, orayopma plitalar, tom panellari montaji, tomqoplamalarini qurish, ichki sanitartexnika va elektromontaj kommunikatsiyalarini joyiga qurish, lift uskunalarini montaji, duradgorlik mahsulotlarini (deraza va eshiklarni) montaji, suvoqchilik ishlari, pol asosini tayyorlash; bino ichidagi va fasadlardagi pardozlash ishlari texnologiyasi - qoplash va bo'yoqchilik ishlari, pollarni va ichkariga qurilgan uskunalarni barpo etish ishlari, sanitar-texnika va elektromontaj armaturasi va konstruksiyalarini o'rnatish va tarmoqlarga ulash. Montaj ishlarini geodezik ta'minlash. Ko'p qavatli yirik paneli binolarning montaj qilish konstruksiyalarni yuqori aniqlikda o'rnatish talab qilinishi bilan ajralib turadi. Ruxsat etilgan joiz o'lcham-qo'yimlarga rioya qilmaslik va xatoliklarni yig'ilishi montaj ishlarini qiyinlashiga, eng muhimi ayrim elementlarning xattoki butun binoning mustahkamligini va turg'unligini kamayishiga olib kelishi mumkin. Binoning konstruksiyalarini to'g'ri va aniq montaj qilishni quyidagi kompleks geodezik rejalash ishlarini bajarish orqali ta'minlash mumkin: yuqori qavatlarga o'tkazish imkonini saqlagan holda o'qlarni binoda mahkamlash, ya'ni geodezik rejalash planini tuzish. Buning uchun binoni yerdan yuqori qismini barpo etishdan oldin sokolda va yerto'laning orayopmalarida o'q belgilari qo'yib chiqiladi; vertikal bo'yicha asosiy o'qlarni har bir qavat orayopmasiga, ya'ni yangi montaj gorizontiga ko'chirish. O'tkaziladigan asosiy o'qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog'liq. Yirik panelli binolar uchun qamrov chegaralarida ikkita ko'ndalang o'qlarni va bitta krandan eng uzoqdagi chetki bo'ylama o'q ko'chiriladi; har bir montaj qilinayotgan qavatda oraliq va yordamchi o'qlarni rejalash. Bunda o'qlarni qavatlarga o'tkazish uchun tayanch nuqtalar binoning asosiy o'qlarida emas, balki parallel siljitilgan bo'ylama va ko'ndalang chiziqlarlarda (tashqi devorlarni ichki tekisliklari holatini aniqlovchi chiziqlar) ammo ichki yuk kutaruvchi devorlar o'qida bo'ladi. Ishlayotganda montajchilarga asosiy o'qlar emas, balki yordamchi o'qlar kerak bo'ladi. elementlarni montaji sharoiti uchun kerakli bo'lgan o'rnatuvchi o'q belgilarini (chiziq) o'rnini qo'yib chiqish. Montaj qilingan qavat orayopma plitasida hamma ichki va tashqi devor panellarini loyihaviy holati o'lchov lentasi bilan belgilab chiqiladi. Har bir elementni aniq loyihaviy holati (holatni belgilash) uch tekislikdagi belgilari bo'yicha aniqlanadi, har bir panelni bo'ylama yo'nalishda tashqi devorlar o'qiga nisbatan o'rnatuvchi o'q belgilarini va panelni ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
865.37 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
865.37 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc