Yirik panelli uylar konstruksiyalari montaji Reja: Lentasimon poydevorlarni montaj qilish Montaj gorizontini ta'minlash Hajmiy blok xonali binolarni montaj qilish Yirik panelli uylar konstruksiyalari montaji Yirik panelli uylar konstruksiyalar erkin va chegaralangan erkin usulda montaj qilinadi. Qanday usulda montaj qilish konstruktiv yechim va qo'llaniladigan moslama turiga bog'liq. Erkin usulda montaj qilishda ishlatiladigan moslamalarda tuzilmalarni loyiha holatga keltirish uchun boshqariladigan vint, strubtsinalar mavjud bo'lib, ular yordamida konstruksiya loyiha holatga keltiriladi va vaqtincha ushlab turiladi. Bunday konstruksiyalarni o'rnash aniqligini geodezik asbob, shovun va shayton yordamida amalga oshiriladi. Bunday moslamalar shaxsiy montaj moslamalari deb yuritiladi. Rasm 3.34. Osma devor panellarini vaqtincha qotirish sxemasi 1-belbog' paneli; 2- panelga mahkamlanadigan strubtsina; 3- tortgich; 4- ustunga mahkamlangan strubtsina; 5 - oraliq panelini vaqtincha ushlab turuvchi strubtsina; 6- deraza oralig'i panelli; 7 - burchak ostida o'rnagan tirgak. Chegaralangan erkin montaj usuliga ishlatiladigan moslamalarda chegaralovchi qismi - to'siq bo'lib, konstruksiyani harakatini zarur chetlashlarga yo'l qo'ygan holda chegaralab qo'yadi. Bunday usulga geodezik asboblar yordamida aniqlashga hojat qolmaydi. Bunday usulda yirik panelli uyni ko'ndalang devor panellari o'rnatilib, qolgan konstruksiyalari montaji shaxsiy montaj moslamalari yordamida amalga oshiriladi. Yirik panelli uylar zaxvatkalardagi konstruksiyalar montaji texnologik ketma-ketligi binoning xajmiy-rejaviy hal qilinishidan kelib chiqib belgilanadi. Qanday ketma-ketlik bo'yicha montaj qilinishidan qatoiy nazar umumiy bo'lgan quyidagi talablarga javob berishi zarur: tashqi devor panellari chokiga elimlanib yopishtiriladigan himoya qatlam yopishtirilmaguncha ichki devor panellarni montaji boshlanmasligi zarur; bevosita «transport vositasidan» montaj qilishda transport yuk ko'tarish qobiliyatidan to'liq foydalanishni taominlash; konstruksiyalar montajini krandan eng uzoq joylashganidan boshlab, kran tomonga qarab amalga oshirish; konstruksiyalarni ilish, vaqtincha ushlash va to'g'irlash uchun zarur montaj moslamalaridan imkoni boricha kam qo'llash (buning uchun imkoni boricha kompleks usulni qo'llab bikr uyacha hosil qilishni taominlash). Lentasimon poydevorlarni montaj qilish Lentasimon poydevorlar o'rnini xandiq asosiga tushirish uchun obnoskadagi bo'ylama va ko'ndalang o'q chiziqlar bo'ylab ip tortilib, ularni kesishgan joyidan shovun tushiriladi (rasm 3.34). Shu nuqtadan poydevor tashqi qirrasigacha bo'lgan masofa o'lchanib, undan 2-3 sm uzoqlashatirib metall qoziq asosga qoqiladi va unga ip tortilib, poydvor ko'ndalang va bo'ylama yo'nalishi aniqlandi. Nishon poydevor plita va bloklar o'rnatib olingach ipni o'rnatilgan blok ustki satxiga ko'chiriladi. Montajni boshlashdan oldin poydevor plita o'rnaydigan asosni satxi tekshirib ko'rilishi lozim. Gorizontal satx taominlanmasa yetmagan joyiga qum to'qilib, ortiqcha joyidan surib olinadi. Ishni nishon poydevor plitalarini o'rnatishdan boshlanadi (burchak va seksiya oraliq va tashqi yuk ko'taruvchi devorlar kesishish joyidagi). Qator plita va bloklar esa o'rnagan nishon bloklarni vertikalligi va gorizontalligi taominlangach amalga oshiriladi. Urnagan poydevorlarning yuzalari gorizontalligi loyihadagidan 5 mm; lentaning o'q chizig'ini og'ishi loyihadagidan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
191.27 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
191.27 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: docx