Yog'och ashyolarning turlari. Yog'ochni himoya qilish

Yog'och ashyolarning turlari. Yog'ochni himoya qilish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Yog'och ashyolarning turlari. Yog'ochni himoya qilish - rasmi

Material tavsifi

Yog'och ashyolarning turlari. Yog'ochni himoya qilish Qurilishda ishlatiladigan yog'och ashyolar ikki: tilingan va tilinmagan turlarga bo'linadi. O'z navbatida ular xari va xoda deb yuritiladi. Uchining diametri 14 sm va bundan katta bo'lgan hamda har ikki santimetrdan keyin bir tekisda yo'g'onlashib boradigan tilinmagan yog'ochlar xari deb ataladi. Agar tilinmagan yog'och uchining diametri 14 sm. dan kam bo'lsa, u holda xoda (diametri 8- 11 sm) yoki xodachalar (diametri 3-7 sm) deyiladi. Xarilarning uzunligi Davlat standartlariga muzofiq, 3-9 metr atrofida bo'ladi. Lekin, qurilishda o'rtacha 4-7 metr uzunlikdagi xarilar ko'proq ishlatiladi. Ularning diametri tubidan uchiga qarab har 1 metrda 1 sm. dan 1,5 sm. gacha kamayib boradi. Tilingan yog'ochlar olishda, har metrda 1,5 sm. dan ko'proq ingichkalashgan xarilar yaroqsizdir. Chunki, taxta tilishda ularning ko'p qismi chiqitga chiqib ketadi. Tilinmagan yog'ochlar sifatiga ko'ra navlarga bo'linadi. Birinchi navga yuqori sifatli xarilar kiradi. Ulardan binolarning og'irlik kuchi ta'sir etuvchi konstruksiyalar, duradgorlik va mebel buyumlari tayyorlanadi. Ikkinchi navga ayrim nuqsonlari bo'lgan, ammo zamburug'' bilan kasallanmagan xarilar kiradi. Bu navdagi yog'ochlar kuch ta'sirida ishlaydigan konstruksiyalar, qoliplar va shunga o'xshashlarni tayyorlashda foydalaniladi. Uchinchi nav xarilarda nuqsonlar ko'p bo'ladi, lekin chirish kasalligi bo'lmasligi kerak. Bunday yog'ochlar esa bino va inshootlarning ikkinchi darajali qismlari sifatida, yog'och binolar qurishda ishlatiladi. Xoda va xodachalardan ko'pincha, qurilishda to'sin, ustun va sinchlar hamda tirgaklar tayyorlanadi. Xodalarni bo'yiga arralab, tilingan yog'och ashyolar olinadi. Yog'ochning sifatiga va undagi nuqsonlarning miqdoriga qarab bunday ashyolar olti navga bo'linadi. Qurilishda tilingan ashyolarning quyidagi turlari ishlatiladi: xarini bo'ylamasiga arralab, qoq o'rtasidan bo'linsa, yarim xarilar hosil bo'ladi. Ular isitilmaydigan binolarning devorlariga, yopma sinchlariga va boshqalarga ishlatiladi. Yarim xari deganda uning ko'ndalang kesimini (12) tushunmoq kerak. Masalan, xarining diametri 140 yoki 180 mm bo'lsa, yarim xari 1402 yoki 1802 deb yoziladi. Butun xarini bo'ylamasiga baravar to'rt qismga arralab, chorak xari olinadi. Davlat standartlariga muvofiq, tilingan yog'ochlar ko'ndalang kesimning shakliga va katta-kichikligiga qarab, qurilish bruslari, bruschalar hamda boshqa xillarga bo'linadi. 1-rasm. Xarilar: a-qurilishbop xari; b- yarim xari (plastin); v-chorakxari Xari to'rt tomonidan arralansa, to'g'ri to'rtburchak yoki kvadrat kesimli toza kesilgan brus hosil bo'ladi. Bruslar kesimining o'lchami 100- 220 mm chegarasida belgilanadi. Qurilishda asosan ustunlar sifatida kvadrat kesimli bruslar tombop yopma to'sinlar, stropil to'sinlari va to'rtburchak kesimli (2-rasm) bruslar ishlatiladi. Ko'pincha, ko'ndalang kesimi to'g'ri to'rtburchakli toza qirqilgan brus hosil qilishga zarurat bo'lmaydi. Yog'ochni tejash maqsadida xarining to'rt tomoni chala arralanib, yumaloq qirrali brus hosil qilinadi. Faqatgina ikki tomoni arralangan xari ikki qirrali brus deb ataladi. Qurilish uchun uzunligi 1 dan 7 m. gacha, eni 120 dan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 218.77 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 218.77 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga