Yog'och materiallar Reja: 1. Yog'och haqida asosiy mahlumotlar. 2. Qurilishda ishlatiladigan daraxt navlari. 3. Yog'ochning fizik va mexanik xossalari. 4. Yog'ochning nuqsonlari. 5. Yog'och materiallari va buyumlarining turlari. Yog'och haqida asosiy ma'lumotlar Yog'och qadimdan muhim qurilish materiali hisoblanadi. Uncha zich emasligi, yuqori darajada mustahkam bo'lishi, kam issiqlik o'tkazishi, mexanik usulda ilov berish osonligi yog'ochning muhim xususiyatlardir. Shu bilan bir qatorda, yog'ochning kamchiliklari ham bor: turli yo'nalishlarda qator xossalari bir qiymatga ega emas, oson chiriydi va yonadi, gigroskopikligi yuqori, har xil nuqsonlari mavjud. Yog'och - taxtadan binolarning konstruktiv elementlari, turli xil issiqlik izolyatsiya va pardozlash materiallari tayyorlanadi. Kuruvchilarning muhim vazifasi yog'ochdan tejamli va oqilona foydalanishdir. Yog'och chiqindilari - qipiq, qirindi, payraxa va pushtaxtadan fibrolit, arbolit, yog'ochtolali va yog'ochpayraxa plitalar, shu ningde k yog'och plastik buyumlar tayyorlanadi. Daraxt ko'p yillik o'simlikdir. Uning tanasi, shox-shabbalari va ildizlari bor. Tana - daraxtning asosiy va eng qimmatli qismi bo'lib, uning qurilish materiali tarzida ishlatishdagi sifati tanasining tuzilishiga bog'lik. Tanasining yog'ochli qismi turli yo'nalishlarda, turli xil tuzilishga ega. Odatda daraxt tanasi uchta asosiy qirqimda: ko'ndalang (torets), radial (diametri yoki radiusi bo'yicha) va tangental bo'ylama (vatar bo'yicha) qirqimda qaraladi. Yog'ochning tuzilishini oddiy ko'z bilan o'rganib bo'lmaydi, faqat lupa orqali, shuningdek, mikroskop yordamida o'rganish mumkin. Oddiy ko'z bilan o'g'ochning mikrotuzilishi, lupa yoki mikroskop bilan uning mikrotuzilishi aniqlanadi. Yog'ochlarning makrotuzilishi. Ko'ndalang qirqimining makrotuz ilishini o'rganishda tanasining quyidagi: kambiy, pustlok, yog'ochlik va uzaq kabi asosiy qismlarini ajratish mumkin. Pustlok daraxtni tashqi muhit ta'siridan saqlaydi. U tash pustloq, o'rta qism-po'kak qatlam va ichki qism-lubdan iborat. Lub fotosintez qil ingan mahsulotlarni shox-shabbadan tanaga o'tkazadi. Yog'ochlik yog'ochli o'simliklarning suv va unda erigan mineral tuzlarni o'tkazadigan murakkab tuqimasi, yog'ochli o'simliklarning tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismidir. Kambiy-ildizlar va poyalarda yangi hujayralar hosil qiluvchi to'qima bo'lib, bir qatorli silindrik qatlam tarzida ko'ndalang qirqimda halqa ko'rinishida joylashgan, tashqi tomondan lubni ichki tomondan yog'ochlikni hosil qiladi. Kambiy yog'ochlik bilan pustloq orasida joylashgan, u daraxtning o'sish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Yog'ochning ko'ndalang qirqimida yillik halqalar deb ataladigan kontsentrik joylashgan o'sish qatlamlarini ko'rish mumkin. Yadro ulik hujayralardan iborat bo'ladi va fiziologik jarayonlarda ishtirok qilmaydi, lekin daraxt tanasining mustahkamligini tahminlaydi. Uzak tananing markazida joylashadi va daraxtning uzunligi bo'ylab o'tadi. Uzak dastlab hosil bo'lgan bo'sh tuqimadan iborat bo'lib, oson chiriydi. Tananing radial va tangental qirqimlarida yillik qatlamlar aniq ko'rinib turadi, bunda radial qirqimda ular to'g'ri yoki qiya chiziqlar ko'rinishida, tangental qirqimda esa parabola shaklidagi egri chiziqlar ko'rinishida bo'ladi. Yog'ochlarning mikrotuzilishi. Yog'och tuzilishini mikroskop ostida o'rganishda o'lchamlari va shakli turlicha bo'lgan tirik ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.53 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.53 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc