Yuk avtomobillap va traktorlari to'g'risida umumiy ma'lumotlar Reja: Yuk avtomobillarining turlari; Yuk avtomobillarining tuzilishi; Traktorlar va ularning tuzilishi; Gildirakli shataklovchilar to'g'risida tushuncha. Yuk avtomobillari Yuk avtomobillari. Yuk avtomobillari, traktorlari va tirkamalari zimmasiga 10-15% dan ortiqroq yuklarni tashish ishlari to'g'ri keladi. Yuk avtomobillari tez yurishi, manyovrchanligi, past-baland yo'llarda yura olishi, tik qiyalikdan tusha olishi va kichik radiuslik qayrilishlarda burila olishi bilan boshqa mashinalardan ajralib turadi. Yuk avtomobillari maxsus va umumiy yuk tashish mashinalariga bo'linadi. Umumiy yuk tashish mashinalariga bortli, o'zi ag'daradigan, tirkamali mashinalar kiradi. Maxsus yuk tashish mashinalariga tsement, yog'och, balka, truba, ferma, panelp va boshqa yuklarni tashuvchi mashinalar kiradi. Traktorlar qurilish maydonchasi chegarasida turli xil og'ir yuklarni tashish hamda qazish va tekislash mashinalarining tirkamalarini tortish uchun qo'llaniladi. Temir yo'l transporti. Temir yo'l transportidan foydalanishda tashish masofasi 200 km dan kam bo'lmasligi va vagonlardan temir yo'lga tushadigan yuk 220 kN dan oshmasligi kerak. Fazoda yuk tashish mashinalari. Bu mashinalarga samolyotlar, vertolyotlar va dirijabllar kiradi. Bu mashinalar yuklarni uzoq masofaga tashiladigan boshqa turdagi mashinalarning yurishi va o'tishi qiyin bo'lgan botqoq, cho'l, tog'li joylarda ishlatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlari va pnevmatik g'ildirakli shataklovchilar hamda ular asosida tuzilgan tirkama va yarim tirkama yuk tashish qurilmalari maxsus va umumiy qurilish ishlaridagi yuklarni tashishga xizmat qiladi. 42-rasm. Umumiy ish bajaruvchi yuk avtomobillari a - platformasi va borti ochiq avtomobilp; b - o'tag'onligi yuqori bo'lgan avtomobilp; v - maxsus tirkamalarni shataklovchi avtomobilp; 1-dvigatelp; 2-bort (kuzov); 3-yurish qismi (shassi); 4- tirkovchi qurilma. Yuk avtomobillari asosiy qismlariga dvigatelp 1, kuzov 2 va shassi 3 kiradi (42-rasm). Avtomobilp shassi, dvigatelp, kuch uzatmasi va ramadan iborat. Ramaga dvigatelp, kabina, oldingi va orqa ko'priklar hamda g'ildiraklar va boshqarish qurilmasi o'rnatilgan bo'ladi. Dvigatelda hosil bo'ladigan burovchi moment muftalar tishlashi orqali uzatmalar qutisiga uzatiladi. Kuzovlarining tuzilishi bo'yicha yuk avtomobillari maxsus va umumiy yuk tashish mashinalariga bo'linadi. Maxsus yuk tashish avtomobillari biror aniq qurilish materiallarini tashish (tsement, ferma, panelp, balka va boshqalar) uchun jihozlangan bo'ladi. Umumiy yuk tashishga mo'ljallangan mashinalar kuzovi ochiq bo'lishi, bazilari o'zi ag'daradigan hamda ikki tomonga, o'ngga, chapga va orqaga ag'daradigan bo'lishi mumkin. Shu kabi umumiy yuk tashish avtomobillari har xil qurilish materiallarini tashish uchun mo'ljallangan. Yuk tashish avtomobillari tuzilish xususiyatlariga ko'ra dvigateliga, o'tuvchanligiga va yuk ko'tarish qobiliyatiga ham qarab turlanadi. Yuk avtomobillari dvigateli bo'yicha benzin yoki gazda ishlovchi (karbyuratorli), og'ir yoqilg'ida ishlovchi (dizelli) va gazotrubinalilarga bo'linadi. Dizelp dvigatelli avtomobillar qurilish ishlarida ko'plab qo'llanilmoqda. 'ar xil ishlar uchun mo'ljallangan yuk tashish avtomobillari tuzilishiga ko'ra bir o'qli (42, a-rasm) va ikki o'qli (42, b-rasm) ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
429.26 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
429.26 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: docx