Yupqa devorli fazoviy tom yopmalar yupqa devorli fazoviy konstruksiyalar egrilik sirtlari to'g'risida umumiy ma'lumotlar Reja: Yupqa devorli fazoviy yopmalarning afzalliklari Yo'pka devorli fazoviy temirbeton yopmalarning turlari Yupqa devorli fazoviy konstruksiyalarni loyihalash Yupqa devorli fazoviy yopmalar (plita, to'sin, ferma va boshqa konstruksiyalar to'plamidan iborat) yassi tizimlardan farqli ravishda ikki yo'nalishda ishlaydi. Statik holatida ishlash sharoiti yaxshi bo'lganligi tufayli bunday konstruksiyalarga xom-ashyo kam sarflanadi, bularda xususiy og'irlikning foydali yukka bo'lgan nisbati minimaldir. Yupqa devorli fazoviy konstruksiyalar istalgan geometrik shaklda tayyorlanish imkoniyati borligidan temirbetonning eng yaxshi xossalaridan samaraliroq foydalanish imkoniyatini baradi. Masalan, qobiqning shaklini shunday tanlanadiki, natijada u faqat siqilishga ishlaydigan bo'ladi. Ana shu tomonlari tufayli yupqa devorli fazoviy konstruqtsiyalar binokorlikda keng tarqalgan. Yupqa devorli fazoviy yopmalarning afzalliklari: oraliq tayanchlarsiz qatta oraliqlarni yopish imkoniyati mavjudligi; yassi konstruksiyalarga nisbatan materialni 2540 % kam sarflanishi; bir yo'la yuk ko'tarish va to'sish vazifalarini bajarishi; - konstruksiya vaznining engilligi; - memoriy ko'rkamlik va h.k. Bunday konstruksiyalarning nuqsonlari: tiklash jarayonida ko'p mehnat talab etishi; osma transportni uskunalashda moslamalarning murakkabligi; -ikki tomonlama qiyalikka ega bo'lgan yopmalarda tom ishlarining murakkabligi; egri chiziqli elementlarni tayyorlash texnologiyasi to'g'ri chiziqli elementlarga nisbatan noqulay ekanligi va h.k. Shunga qaramasdan yupqa devorli qonstruksiyalarning qo'llanilishi yil sayin ortib bormoqda. Orasiga ustun qo'ymasdan bunday konstruksiyalar bilan bir va undan ortiq gektarga ega bo'lgan maydonlarni yopish mumkin. Yo'pka devorli yopmalar ustunlar qadami 36x36, 40x40 m va h.k. bo'lgan ko'p oraliqli binolarda ham ishlatiladi. Tarhdagi o'lchamlari 18x24 va 18x30 m bo'lgan yig'ma qobiqlar tayyorlash keng yo'lga qo'yilgan. Qurilish va loyihalash amaliyotida asosan, sirti aylantirish va ko'chish usulida hosil qilanadigan qobiqlar ishlatiladi. O'rtalik sirti egri, to'g'ri yoki siniq yassi chiziqni, ko'zg'almas to'g'ri chiziq atrofida aylantirish natijasida hosil qilingan qobiqlar aylanma qobiqlar deb ataladi. O'rtalik sirti, bir egri chiziqni ikkinchi egri chiziq bo'ylab ko'chirish natijasida hosil bo'lgan qobiqlar, ko'chma qobiqlar deb ataladi. Shunga ko'ra temir beton fazoviy konstruksiyalar quyidagilarga bo'linadi: o'rtalik sirtining shakliga ko'ra - (1-rasm) 1-rasm. Yo'pka devorli fazoviy temirbeton yopmalarning turlari: a - silindrik qobiq; b - taxlama yopma; v - gumbaz; g - musbat Gauss egriligidagi qobiq; d-manfiy Gauss egriligidagi qobiq; e - to'lqinsimon qubba; j - vantli osma yopma; 1 - qobiqning «o'zi»; 2- diafragma; 3 - bort elementi; 4 - taxlamaning yassi plitasi; 5 - tayanch halqasi; 6 - aylanish o'qi; 7-qubba to'lqini; 8 - tortqich; 9 -po'lat vantlar Yopiladigan maydonlar shakliga ko'ra: a) doira yoki egri chiziq rejali; b) to'g'ri to'rtburchak rejali; v) uchburchak va ko'pburchak rejali. Konstruktiv belgilariga ko'ra: a) alohida turuvchi; b) uzluksiz; ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
144.86 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
144.86 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:44 ]
Arxiv ichida: doc