Zilzilabardosh binokonstruksiyalari Reja: Zilzilabardosh binolarni loyihalashning umumiy qoidalari. Binolarni seysmik kuchlar ta'siriga hisoblashning asosiy qoidalari. Konstruksiya elementlarini dinamik yuklar ta'siriga hisoblash. Zilzilaga bardoshli binolar loyihasini tuzayotganda ularning plandagi ko'rinishi simmetrik bo'lishiga hamda massa va bikirliklarning bir tekisda taqsimlanishiga erishishga intilmoq zarur. Devorlar va ramalarni binoning bo'ylama va ko'ndalang o'qlariga nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish lozim. Shu yo'l bilan buralma tebranishlarning oldi olinadi yoki ularning rivojlanishiga chek qo'yiladi. Binoning plani iloji boricha sodda bo'lgani maqul. Planda aylana, muntazam ko'pburchak, kvadrat yoki to'Qri to'rtburchak shaklidagi binolar zilzila kuchlariga qarshilik ko'rsatishda murakkab shaklli binolardan ustun turadi. Agar memorchilik yoki ekspluatatsiya talablariga ko'ra planda murakkab shakldagi bino barpo etish lozim bo'lsa, u holda binoni antiseysmik choklar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratish kerak. Oddiy shaklli binolarning devorlari va konstruktiv elementlari turli yo'nalishlarda o'zaro teng yoki bir-biriga yaqin mustahkamlik hamda bikirlikka ega bo'ladi; shu sababli gorizontal seysmik kuchning istalgan yo'nalishida bunday binolar teng qarshilik ko'rsatadi. Shu xildagi binolar buralma tebranishlarga ham nisbatan yaxshi bardosh beradi. Masalan, Toshkentdagi san'at saroyining tomosha zali planda aylana shaklida bo'lganligi sababli, epitsentrga yaqin joylashgan bo'lishiga qaramay, 1966 yil zilzilasiga juda yaxshi bardosh berganligi fikrimizning yorqin dalilidir Bino yoki uning alohida qismlarining uzunligi me'yorga ko'ra cheklangan bo'ladi, chunki me'yordan ortiqcha uzunlikdagi binoning ayrim bo'laklari tebranishning turli fazalariga tushib qolsa, seysmik ta'sir kuchayib ketadi. Shu sababli uzun binolar antiseysmik choklar yordamida kichik qismlarga ajratiladi. Loyihalashda antiseysmik choklar temperatura va cho'kma choklar bilan qo'shib yuboriladi. Binoning konstruktiv yechimiga qarab, antiseysmik choklar qo'sh devor yoki qo'sh ustun ko'rinishida olinadi. Antiseysmik choklarning kengligi (eni) binoning balandligi va bikirligiga boqliq. Balandligi 5 m gacha bo'lgan binolarda chokning eni 3 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Baland binoda chokning eni har 5 m da 2 sm dan kengaytirib boriladi. Antiseysmik choklar ajratilgan qismlarning bemalol siljishiga (tebranishiga) imkon bermoQi lozim. Aks holda qo'shni qismlar o'zaro urilib, qattiq shikastlanishi mumkin. Umuman seysmik kuchlar miqdorini kamaytirish uchun bino konstruksiyalarining vaznini kamaytirish lozim. Buning uchun konstruksiya elementlarining ko'ndalang ke323 simini kichikroq (mustahkamlikka putur etkazmagan holda) olish yoki yengil qurilish materiallaridan foydalanish lozim. Binoning zaminida hosil bo'ladigan maksimal ichki kuchlar (ko'ndalang kuch, eguvchi moment) miqdorini kichraytirish maqsadida seysmik kuchlar teng ta'sir etuvchisining mumkin qadar pastroqdan o'tishiga erishish zarur. Bunga binoning yuqori qismlarini yengil materiallardan ishlash, ogir jihozlarni pastki qavatlarga ko'chirish yo'li bilan erishish mumkin. Keyingi yillarda binokorlikda yigma temirbeton konstruksiyalar keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Zilzila kuchlariga Qarshilik ko'rsatishda yigma elementlarning tutashgan choklari nozik joy hisoblanadi. Shu boisdan tugun va choklar puxta ishlanishi lozim. Choklar sonini kamaytirish ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.61 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.61 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:45 ]
Arxiv ichida: doc