BITIRUV MALAKAVIY IShINI LOYIHALASh JARAYoNIDA QUYIDAGI ILK MA'LUMOTLAR INOBATGA OLINDI QURILISh HUDUDI: BUXORO. GRUNT: So'g'liNOK YeR OSTI SUVINING SATHI: - 2,0 M ShAMOL KO'RSATKIChLARI: UMUMIY XULOSALAR Malakaviy bitiruv ishining mavzusi jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi davrida qurilishni yangi, tejamli texnika-texnologiyalarni joriy etib, ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini pasaytiruvchi raqobatbardosh loyihalar asosida rejalashtirish va tashkil etishga bag'ishlanganligi bilan dolzarbdir. . Bitiruv malakaviy ishi 1-qavatida savdo maishiy kompleksi bo'lgan 2-3 xonali 24 kvartirali 4 qavatli turar joy binosining qurilish ishlab chiqarish loyihasi mavzusida bajarildi. Bitiruv malakaviy ishini lyihalash jarayonida qurilish hududining tabiiy, iqlimiy, gidrogeologik sharoitlari o'rganildi va inobatga olindi. Bundan tashqari, hududda mavjud mashina va mexanizmlardan foydalanildi. Quriladigan bino haqida , uning hajm-reja va konstruktiv yechimi haqida to'liq ma'lumot beruvchi memoriy -qurilish qismi keltirildi. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi qismi bo'yicha G'isht devorlarni quyma temir-beton o'zaklar bilan birga qurish ishlariga texnologik xarita ishlab chiqildi. Ishlarni yuqori mexanizatsiyalashga erishildi. Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish qismi bo'yicha qurilishning to'rsimon grafigi va qurilish bosh rejasi loyihalandi. Qurilish maydonini tayyorlashni loyihalash jarayonida ish sharoitini yaxshilash, effektiv usullardan foydalanish bilan kamxarj, past tannarxli qurilsh mahsulotini yetkazib berish imkoniyatlari yaratildi. Qurilishni elektr energiyasini talaba qilish nuqtai-nazaridan kamxarj mashina-mexanizmlar, kuchlanishli qurilmalar bilan ta'minlash, qurilish maydonini vaqtinchalik elektr energiyasi bilan ta'minlash masalalari echildi. Qurilish maydonida suvni kam istemol qilishni ta'minlaydigan ishlarni bajarishning usullari tashkil etildi va joriy etildi. Qurilish maydonida mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi bo'yicha tadbirlar ishlab chiqildi. Ishchilarni shovqindan himoyalash, chang va zararli moddalardan asrash maqsadida shovqin keltiruvchi va chang uyg'otuvchi jarayonlar shamol yo'nalishini inobatga olib binoga nisbatan joylashtirildi. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.35 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.35 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: ppt