Afg'oniston arxitekturasi Bu yerda ham feodalizmning paydo bo'lishi IX-VI asrlarga to'qri keladi. Ilk feodalizm asridan bizgacha juda ko'pgina yodgorliklar saqlanib kelgan. Bular ichida buddizm bilan boqliq bo'lgan haykal va haykalchalar alohida o'rinni egallaydi. Buddizm bilan boqliq bo'lgan stupa, qor ichiga ishlangan ibodatxonalar Hindistonning Shimoliy rayonlaridan Afqonistonga ham kirib keldi. U erlarda esa, O'rta Sharq va Uzoq Sharqqa qarab tarqaldi. Af²oniston maydonida Budda bilan boqliq bo'lgan ikki mingdan ortik qor ichiga ishlangan ibodatxonalar eraning I-V asrlarida yaratilgan. Bamian daryosi voxasi atrofidagi qor ichiga ishlangan ibodatxona kompleksi xarakterlidir. Ular ancha betartib qurilgan, ko'pchiligi katta. Tashqi tomondan bu ibodatxonalar ko'rimsiz. Lekin ularning ichki bezagiga alohida etibor berilgan. qordagi ibodatxonalarning xonalari dumoloq, to'rtburchak, kvadrat, ko'pburchakli, tomlari ham tekis. Shunday qordagi ibodatxonalardan birining kvadrat shaklidagi xonasi shipiga yoqoch bilan yopilgan ko'rinish o'yib ishlangan. Bazi qordagi ibodatxonalarda tokchalar mavjud bo'lib, unga o'tirgan holatdagi Budda haykali qo'yilgan, devorlari esa, suratlar bilan bezatilgan. Fundikiston (Kobo'ldan shimoliy-qarbda) monastirida ham devoriy surat va haykaltoroshlik asarlari saqlanib qolgan. Bu monastir bezagida su²d monumental-dekorativ san'atiga o'xshashlik bor. Arablarning Af²oniston erlarini bosib olishlari natijasida uning qadimiy arxitektura va madaniyatiga katta zarar etdi. qadimgi din bilan boqliq bo'lgan ibodatxona va tasviriy san'at asarlari vayron qilindi. Uning arxitektura, madaniyati xarakterida shu davr O'rta Sharqning umumiy madaniyatiga xos fazilatlar shakllana boshlandi. Islom dini bilan boqliq bo'lgan masjid, minoralar qurildi. Xukumdorlarning serxasham maqbaralari qurilishiga etibor berildi. Qurilishda pishiq g'isht, sirli koshinlar ishlatilishi esa davr arxitekturasiga o'zgacha fayz kiritdi. X asrlarga kelib, Afg'oniston arab xalifaligidan ajralib, mahalliy feodal sistemasining rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. X asrdan XII asr boshlariga qadar u gox somoniylar, gox ganzaviylar keyinchalik sadjo'qiy va nihoyat, guridiylar davlati tarkibida bo'ldi. Qaznaviylar davrida bu yerda ko'plab xashamatli binolar, masjid va madrasalar, karvonsaroy, hammom va bozorlar qurildi. Ayniqsa, juma masjidi qurilishiga alohida etibor berildi. Uning badiiy bezatilishiga esa eng yaxshi ustalar va quruvchilar jalb etildi. Qandaxor yaqinidagi XI-XII asrlarda qurilgan masjid xarobalari hozir ham o'zining uluqvorligi, sernAQSH va nafisldigi bilan kishini xayratlantiradi. Afg'oniston memorligida minoralar qurilishi keng o'rin egalladi. Dumaloq, bazan qirrali qilib pishiq g'ishtdan qurilgan minoralarning yuzasi sirli koshin va pishiq qishtlardan ishlanrgan nAQSH va yozuvlar bilan bezatilgan. Balx vodiysidagi Davlatoobodda qurilgan minoraning boy bezagi, asosan, pishiq qishtlarning kombinatsiyasi hisobiga qurilgan. Minoralarning ayrimlari esa tayyor o'yma sirli koshinlar bilan pardozlangan. Bu davrda madrasalar, maqbaralar qurilishi ham kengaydi. Shox va zodogonlarning saroylari serxasham qilib ishlandi. Devorlarni bezatishda burtma tasvirlardan, o'ymakorlik san'atidan ham foydalanilgan. Afg'oniston arxitekturasining va madaniyatining yangi taraqqiyot bosqichi temuriylar davriga to'g'ri keldi. Temur imperiyasiga qo'shilgan hozirgi Afg'oniston ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.53 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.53 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: doc