Aholi punktlari, yer va bino - inshootlar turlari va ulardan foydalanish xususiyatlari Reja: 1. Yer va bino- inshootlar ro'yxati va hisobi fanining vazifasi va maqsadi 2. Shahar, qishloq aholi punktlari turlari va ulardan foydalanish xususiyatlari 3. Shahar (shaharcha) aholi punktlaridagi yer turlari va ulardan foydalanish 4. Qishloq aholi punktlaridagi va boshqa maqsaddagi yer turlari va ulardan foydalanish 5. Shahar, qishloq aholi punktlaridagi bino va inshootlar turlari va ulardan foydalanish xususiyatlari 1. Yer va bino- inshootlar ro'yxati va hisobi fanining vazifasi va maqsadi Tayanch so'zlar: Shahar, posyolka, qishloq, aholi punktlari, bosh reja, shaharsozlik, geodeziya, kartografiya, kadastr, yer tuzish, yer kadastri, huquqiy, iqtisodiy, ekologik. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yili 30 avgustdagi Shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarinig bosh rejalari amalga oshirish jarayonlari takomillashtirish to'g'risida qaror talablarini va O'zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksini hisobga olgan holda qishloq aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan imkon qadar qisqa muddatlarda va kam xarajatlar evaziga ta'minlash maqsadida qishloq fuqarolari yig'ini hududining arxitektura-rejaviy tashkillashtirish bo'yicha kompleks loyiha ishlab chiqishda qishloq turar joylarini geografik joylashuvi, iqlim sharoiti, maishiy xizmat ko'rsatish obyektlarini joylashuvi ishlab chiqarish va tabiatni hisobga olgan holatda zamonaviy shaharsozlik hujjati bilan ta'minlash zaruriyati qayd qilingan. Ushbu fan geodeziya, kartografiya va kadastr, yer tuzish va yer kadastri sohalari bo'yicha Yer kadastriga doir axborotlarni, Shahar va qishloqlarda yer va binolarni ro'yxatga olish, yerni hisobga olish va yer bahosiga oid axborotlar majmuini tashkil etishini, hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lishi to'g'risidagi bilimlarni qamrab oladi. Yer, bino va inshootlar ro'yxati va hisobini yuritish tarixi. Ekin yerlari haqida ma'lumotlarni to'plash, undan assosan soliq solish maqsadida foydalanish tarixi besh ming yillar nariga borib taqaladi. Bu borada geodeziya fanining paydo bo'lishi tarixiga murojaat qilishning o'zi kifoya. Qadimda ham, o'rta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin moydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Zero, davlat qudrati soliqqa bog'liq. Ishni bajarish uchun esa foydalaniladigan yerlar o'lchangan, hisobga olingan. Demak yer hisobi, undan olingan hosil hisobi bo'lgan. Qadimgi Rimda erlarni ro'yxatga olish hisobi (kadastr) haqidagi ma'lumotlar eramizdan oldingi V asarlarga mansub. Angliyada yer solig'i 991 yildan boshlab joriy etilgan. 1066 yilda esa kadastr tuzilgan. Fransiyada birinchi kadastr Hisob kitobi 1269 yildan boshlab yozilgan. Yerlar ro'yxati va hisobining qo'llanilishi, yer maydonlarini o'lchash bilan doimiy ravishda uzviy bog'liq bo'lib kelgan. Qadimda ham, o'rta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin maydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Chunki, har bir davlatning qudrati soliqka bog'liq bo'lib, foydalanadigan yerlar o'lchangan va hisobga olingan. Yerlar ro'yxati va hisobi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.43 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.43 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: docx