Arab mamlakatlari arxitekturasi

Arab mamlakatlari arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Arab mamlakatlari arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Arab mamlakatlari arxitekturasi Arabiston yarim orolida madaniyat juda qadim zamonlarda vujudga keldi. Bu yerda yer. av. minginchi yllardayoq boy quldorlik davlatlari mavjud bo'lgan. Arabiston aholisining ko'pchilik qismi chorvachilik bilan shug'ullangan. VII asrning boshlariga kelib, arab jamoasi ichida sodir bo'lgan ichki sinfiy vaziyat, tabaqalanish Arab davlatining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Arab jamoasining siyosiy birlashishi VII asrning boshlarida yangi islom dini bayrog'i ostida bordi. Bu dinii asoschisi Muhammad bo'lib, uning davomchilari arabcha «muslimlar» - «musulmonlar» deb yuritila boshlandi. Dastlabki davrlarda Muhammad va uning vorislari turadigan joy Arabistondagi Madina va Makka bo'lgan. VII asrda arablar Falestin, Suriya, Mesopotamiya, Misr, Eron erlarini bosib oldi. VII asr boshlariga kelib esa, arablar Pireney yarim orolidan tortib, Shimoliy Afrika, Kavkaz va O'rta Osiyo erlarigacha qo'lga kiritib, Ispaniya erlaridan to Hindistongacha cho'zilgan katta arab davlatini-halifalikni tashkil etdilar. Lekin arab davlati siyosiy birlik jihatidan juda zaif edi. Shuning uchun IX-X asrlarda halifalik qator feodal davlatlarga parchalanib ketdi. O'rta Osiyo, Kavkazorti, Misr va Maqrib esa, arab davlati hukumdorligidan ozod bo'ldi. Yaqin Sharqda sodir bo'lgan sotsial-tarihiy jarayon Shimoliy Afrika va Old Osiyoda yangi arab millatini Suriya, Iroq, Misr, Tunis, Jazoir, Marokash kabi arab davlatlarini yuzaga keltirdi. Bu davlatlarning madaniyati memorchiligi o'ziga xos yo'lda rivojlandi. Arab mamlakatlarida feodalizm taraqqiyotidagi yo'l va usullarning bir-biriga yaqinligidir. Щalifalik davrida fuqoro va din bilan bog'liq binolar qurish avj oldi. Shu davrdagi shaharlar qator yangi tipdagi binolar bilan boyidi. Masjid, madrasalar, karvonsaroy va minoralar, tim va saroylar «musulmonlar» shaharining o'ziga xos tomonini belgilovchi muhim va ajralmas elimentlarga aylandi. VII asrda arab masjidi tipi yuzaga keldi. Bu masjid tashqi ko'rinishi jihatidan mustahkam minorali, atrofi g'isht bilan o'ralgan qalani eslatadi. Kompozitsiyasi asosi to'rtburchak yoki kvadrat shaklidagi hovli bo'lib, uning atrofi esa ustunli ayvonlar bilan o'ralgan. Arab mamlakatlarida to'rt ayvonli, markaziy qubbali masjidlar ham mavjud bo'lgan. O'rta asrlar arab memorligida madrasa, shifoxona, kutubxona binolari, maqbaralar qurish keng yoyilgan. Damshqdagi Omeyadlar masjidi (7O5-715) arab memorligining dastlabki namunasi hisoblanadi. Bu masjid qadimgi xristian bazilikasini qayta qurish hisobiga musulmon diniy binosiga aylantirilgan. Ilk arab memorligining o'ziga xos tomoni, ayniqsa, Kohiradagi Ibn Tulun (876-879) masjidda namoyon bo'ldi. Deyarli bir gektarga yaqin (92x92 m) kvadrat shaklidagi hovli nayzasimon arkli ayvonlar bilan o'rab chiqilgan. Ayvon ustunlari mustahkam to'rtburchak minorasimon shaklda ishlangan. Masjid juda katta bo'lib, unda bir vaqtning o'zida mingdan ortiq odam namoz o'qiy olgan. Masjidning bezatilishi ham sodda va qatiy. Uning devorlari, arka va karnizlari o'ymakorlik san'ati bilan pardozlangan. Arab mamlakatlari arxitekturasi tarixi uch davrga bo'linadi: 1. Makka-Madina bu davr musulmonchilikkacha hamda ilk musulmon Arabistoni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.51 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.51 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga