Avtomatik ko'prikning graduirovka xarakteristikasini o'rganish

Avtomatik ko'prikning graduirovka xarakteristikasini o'rganish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Avtomatik ko'prikning graduirovka xarakteristikasini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Avtomatik ko'prikning graduirovka xarakteristikasini o'rganish O'lchov ko'prigining ishlash prinsipi Yagona tizimli ko'prikda to'rtta elka, quvvat manbai va nol ko'rsatkich mavjud. Agar qarshilik A va B nuqtalari teng potensialga ega bo'lsa, u holda nol indikatorda tok oqimi mavjud bo'lmaydi va bu holatda ko'prik muvozanatlashgan deb aytiladi. Quyidagi muvozanat tenglamasi hisoblanadi: Z1*Z4=Z2*Z3 Agar Z4-noma'lum qarshilik bo'lsa, quyidagi tenglikdan uni topib olamiz Z4=Z2*Z3Z1 Demak, muvozanat nol indikatorning qarshiligiga bog'liq emas, chunki tok oqimi u orqali o'tmaydi, shuningdek quvvat manbaining kuchlanishi va qarshiligiga ham bog'liq bo'lmaydi. Shuning uchun, barqaror holatdagi quvvat manbai talab qilinmaydi. Induktivlikni aniqlash ko'prikli sxemalari Bu ko'priklar zanjirda berilgan g'altak yoki sig'im bilan taqqoslash orqali induktivlikni o'lchashda ishlatiladi. Bu ko'prikni tok bilan ta'minlash uchun o'zgaruvchan tok manbaidan foydalaniladi. Eng keng tarqalgan induktivlikni aniqlash usuli qiymati berilgan induktivlik bilan ko'prik orqali taqqoslash hisoblanadi. Agar ko'prik muvozanat holatga kelsa Rx va Lx quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda R1- g'altak- L1 ni yoqish uchun ishlatiladigan rostlanadigan qarshilik. Ko'prikning muvozanat holatida RX va LX ni tenglashtirish uchun, R1 va L1 ni rostlashimiz kerak bo'ladi. Agar g'altakning o'zining qarshiligi juda kata bo'lganda biz r qarshilikni olishga majbur bo'lamiz. Bu induktivlikni o'lchash diapozonini kengaytirish uchun qo'llaniladi. Maksvell-Vin ko'prigi. Maksvell tomonidan taklif etilgan Vinning rivojlantirilgan usuli bu qarshilikka parallel ulangan sig'imning yordami bilan induktivlikni aniqlashdan iborat. Bunda kondensatordagi tok g'altakdagi tokdan ilgarilab ketishi mumkin va bunda fazaviy kompensatsiya ya'ni sig'im va g'altakni ko'prikning turli qarama-qarshi elkalariga joylashtirishimiz kerak. Ko'prikning muvozanatlashuvi quyidagicha ifodalanadi: Induktivlikni aniqlash ko'prikli sxemalari Rasmda qarshilik termometri ulanadigan, o'zgarmas tokda ishlaydigan muvozanatlashtirilgan ko'prikning prinsipial sxemasi keltirilgan. Ko'prik ikkita doimiy qarshiliklar (rezistorlar) R1 va R2, reoxord Rp, qarshilik termometri Rt va ulaydigan simlarning qarshiliklari Rsim dan iborat. Ko'prikning bir diagonaliga Ye o'zgarmas tok manbai, ikkinchisiga esa almashlab ulagich P orqali nol indikator NP ulanadi. Reoxord Rr ning sirpang'ichi siljishi tufayli ko'prikning erishilgan muvozanat holatida uning diagonalidagi tok kuchi nolga teng bo'ladi. Shu paytda ko'prikning b va d uchlaridagi potentsiallar teng bo'ladi. I manba toki ko'prikning a uchida ikkiga - 11 va 12 ga bo'linadi. Rt=K·Rp-K1=f(Rp) Rt o'zgarishi bilan reoxord qarshiligi Rp o'zgartirib, ko'prikni muvozanat holatga keltirish mumkin. Muvozanatlashtirilmagan ko'priklar haroratni o'lchash uchun qarshilik termometrlari bilan birgalikda ham qo'llaniladi. Ammo ulardan gaz analizatorlarida, kontsentratormerlarda va qator o'lchash vositalarida keng foydalaniladi. Muvozanatlashtirilmagan ko'priklar haroratni bevosita o'lchash imkonini beradi. rasmda bu kuprikning sxemasi keltirilgan: R - rostlash qarshiligi; R1,R2,R3 - ko'prikning doimiy qarshiliklari; Rm - millivoltmetr qarshiligi; Rn - nazorat qarshiligi; N (nazorat) holatidan O' o'lchash holatiga o'tkazish almashlab ulagichi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga