Betonning afzallik va kamchiliklari, ishlatilishi

Betonning afzallik va kamchiliklari, ishlatilishi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Betonning afzallik va kamchiliklari, ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Betonning afzallik va kamchiliklari, ishlatilishi Reja: Beton, temir beton to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar. Temir-betonning afzalliklari va kamchiliklari. Temir-beton konstruksiyalarining turlari. Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta'siri. Qurilish industriasida betonning o'rni va ishlatilishi. Foydalanilgan adabiyotlar. Xulosa. Beton, temir beton to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar. Beton boshqa materiallar singari siquvchi kuchlanishlarga ancha katta qarshilik ko'rsatadi, cho'zilishga juda ham kam qarshilik ko'rsatadi. Betonning cho'zilishdagi mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 10-15 marta kichik. Shu sababli beton konstruksiyalari asosni mustahkamlashda, mas'uliyati cheklangan imoratlarning poydevorlarida, o'zining og'irligini ko'tarishi mumkin bo'lgan devorlarda va shu kabi sharoitga ega konstruksiyalarda keng qo'llaniladi. Oldindan zo'riqtiriladigan konstruksiyalar uchun mustahkamligi va zichligi yuqori, cho'qishi va tobtashlashligi cheklangan betonlar ishlatiladi. Betonning fizik-mexanik xossalari qorishmaning tarkibi, bog'lovchi va to'ldirgichlaring turi, suv-bog'lovchi nisbati, betonning tayyorlanish usuli, yotqizilishi va unga ishlov berish usullari, qotish sharoitlari (tabiiy qotish, avtoklavda ishlov berib qotirish), betonning yoshi va boshqalarga bog'liq. Beton uchun material tanlashda, uning tarkibini belgilashda bularning hammasini hisobga olish kerak. Qurilishda odatdagi og'ir betonlar eng ko'p tarqalgan bo'Iib, ularning zichligi 2200-2500 kgm3, odatdagi zich to'Idirgichlar qo'shib tayyorlanadi. Zichligi 2500 kgm3 dan ortiq betonlar og'ir betonlarga kiradi. Ulardan radiatsiyadan himoyalanishda foydalaniladi va hajmiy massasi oshirilgan to'ldirgichlarning maxsus turlari (magnetit, limonit, barit, cho'yan pitrasi va boshq.) qo'shib tayyorlanadi. Zichligi 1800 kgm3 dan yuqori va 2200 kgm3 gacha bo'lgan betonlar yengillashtirilgan betonlarga kiradi, zichligi 1800 kgm3 bo'lgan betonlar yengil betonlarga kiradi. Betonning og'irligi g'ovak to'ldiigichlar qo'shib (keramzit, agloporit, pemza, tuf, ohak-chig'anoq va boshqalar) yoki beton aralashmasiga g'ovak hosil qiluvchi qo'shimchalar solib yengillashtiriladi. Betonning mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo'lishi, armatura bilan yaxshi tishlashishi va zichligi yuqori bo'lishini, armaturani zanglashdan himoya qilishni va konstruksiyaning uzoqqa chidashini ta'minlash zarur. Ba'zan qo'shimcha ravishda betonga suv o'tkazmasligi, suvga nisbatan chidamli bo'lishi, sovuqqa nisbatan chidamli bo'lishi, o'tga chidamliligi va zangbardoshligi juda yuqori bo'lishi, og'irligi kam bo'lishi, issiq va ovoz o'tkazuvchanligi past bo'lishi kabi talablar qo'yiladi. Temir-beton konstruksiyalar o'tgan asrning o'rtalarida paydo bo'ldi, o'sha asrning oxiridayoq temir-betondan tayyorlangan qovurg'ali orayopmalar, dastlabki ko'priklar, quvurlar qurildi. XX asr boshida Moskvada to'sinsiz temir-beton orayopmalar, Nikolayev shahrida esa dunyoda birinchi marta temir-beton mayoq qad ko'tardi. Keyinchalik temir-beton konstruksiyalar binolar va inshootlarning yaxlit konstruksiyalari tarzida tobora keng tarqaldi. XX asr 30- yillaming boshida birinchi marta oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalar paydo bo'ldi. Urushdan keyingi yillarda yig'ma temir-beton konstruksiyalar gurkirab rivojlandi. Sanoat binolarida (ustunlar, to'sinlar, fermalar, arkalar), yirik panelli turar-joy va jamoat binolarida, muhandislik inshootlari (ko'priklar, estakadalar, gidrotexnika inshootlari va boshqalar) da temirbeton konstruksiyalaming qo'llanishi qurilish muddatlarini ancha qisqartiradi, tannarxini kamaytirishga olib keladi. Temir-beton hozirgi zamonda qurilishning asosi bo'lib qoldi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.03 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga