Bino qurilishini industirlashtirish

Bino qurilishini industirlashtirish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Bino qurilishini industirlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Bino qurilishini industrlashtirish Reja: Konstruksiyalarni bir xillashtirish, tiplarga ajratish hamda standartlash. qurilishda qo'llaniladigan yagona modul sistemasi. Binoning asosiy konstruktiv elementlari. Binoning konstruktiv yechimlari va sxemalari. Karkassiz va karkasli binolar Bino qurilishini industrlashtirish qurilishni rivojlantirishning asosiy yo'llaridan biri qurilishni industrlashtirish hisoblanadi. Bu degan so'z qurilish korxonalarini tubdan uzgartirish, maksimal tayer yirik konstruksiyalar va ularning elementlari hamda bloklarini mexanizatsiya erdamida uzluksiz jaraenda yigish va montaj qilish demakdir. Ixtisoslashgan zavodlarda tayerlangan bunday konstruksiyalar yigma konstruksiyalar deb ataladi. Bu konstruksiyalarni tayerlash va montaj ishlarini mexanizatsiyalash qurilishda, mehnat sarfini kamaytirishga, qurilish muddatlarini qisqartirishga, sifatini oshirishga, narxini pasaytirishga hamda materiallarni tejashga olib keladi. qurilishni industrlashtirishning asosiy belgilaridan biri qurilish-montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ularda ishlatiladigan konstruksiyalarni esa yirik temir-beton buyumlari zavodlarida, uy-joy qurilish kombinatlarida maksimal yigma holda kuplab ishlab chikarilishidir. Yigma konstruksiyalarni har xil materiallardan ishlab chiqarish mumkin. Bunda mahalliy xom-ashelardan unumli foydalanish maqsadga muvofikdir. hozir zavodlarda yigma konstruksiyalar kupincha temir-betondan ishlab chikariladi. qurilish praktikasida katta o'lchamli pulat konstruksiyalar bilan birgalikda yengil metall kotishma va plastmassadan ishlangan yigma konstruksiyalar tobora kuprok ishlatilmokda. Yigma elementlarni ishlab chiqarish vaqtida buyumlarning turlarini kamaytirish texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhim hisoblanadi. Bunga erishish uchun ularni bir xillash, tiplarga ajratish va standartlash talab kilinadi. Bir xillash (unifikatsiya) deganda turli xil yigma konstruksiyalardagi detallarning ulchamlarini bir xillashtirish tushuniladi: bunda ularni tayerlash texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi. qurilish konstruksiyala-rini bir xillash binoning xajmiy planlashtirish parametrlari: kavatlarning balandligi, proletlar ulchamlarining turli-tumanligini kamaytirishga hamda konstruksiyaga ta'sir etadigan hisobiy yuklar (nagruzka) ni unifikatsiyalashga asoslangan. Bir xil shakldagi konstruksiyalarni har xil maqsadlarga mo'ljallangan binolarda ishlatilishi mumkin, yani bunday holda konstruksiyalar bir-birlarining urnida ishlatilib, ularning universalligi ta'minlanadi. Urnini almashtirish deganda biror elementni bino parametrlarini uzgartirmasdan boshqa o'lchamga ega bo'lgan detal bilan almashtirish tushuniladi. Masalan, kengligi 300 mm bo'lgan tom epma plitalari urniga eni 1500 mm plitalardan ikkitasini ishlatish va x. Bitta konstruksiya elementini tipi va katta-kichikligi bo'yicha har xil ko'rinishdagi binolarda ishlatish mumkinligi elementning universalligi deyiladi. Tiplarga ajratish qurilishda ko'p marta foydalanishga yaraydigan ayrim konstruksiyalarning iqtisodiy jihatdan eng samarali yechimini topish va tanlashdan iborat. Tiplarga ajratish qurilish konstruksiyalarining tip-ulchamlarini, hamda binolarning tiplari sonini kamaytirish imkoniyatini vujudga keltirish bilan birga qurilish ishlarini osonlashtiradi va arzonlashtiradi. loyiha tashkilotlari tomonidan taklif etilgan va qurilish amalietida tekshirib kurilgan tipoviy detallar va konstruksiyalar standartlashtiriladi (namuna). Standartlash qurilish konstruksiyalari va buyumlarini bir xillash hamda tiplarga ajratishning eng sunggi bosqichidir. Standartlashtirilgan qurilish elementlari detallar va konstruksiyalar uchun malum bir shaklga, ulchamlarga, sifatlarga ega bo'lib, ularni tayerlashda muayyan texnik talab va shartlarga katiy rioya ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.79 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.79 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga