Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasidagi asosiy holatlar Reja: 1. Fanda urganiladigan asosiy tushunchalar. 2. Bino va inshootlarni barpo etishning oqim usuli 3. qurilishni tashkil etish (POS)va ishlarni bajarish (PPR) loyihasi 4. qurilish maydonini ishga tayyorlash. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi fani aynan qurilish maydonida zarur buladigan bilimlarni urgatadi. Bu fanni ukigan talaba kuyidagilarni bilib oladi: KMIlarining bajarilish usullari; qurilishda mashina va mexanizmlarning roli, ularni texnik - iqtisodiy kursatgichlari bo'yicha tanlash tartibi; potoklar bo'yicha ishlash negizlari; takvimiy reja tuzish qoidalari; qurilish bosh rejasini tuzish qoidalari va boshqalar. Asosiy tushunchalar. Binolarni barpo etish usullari binoning tavsiyasi, konstruktiv yechimi, konstruksiyalarning o'lcham va shakliga bog'liq. Shuning uchun bino qanday usulda barpo etish mumkinligi haqida xulosaga kelish uchun uning tavsiyasiga konstruktiv yechimiga etibor berish lozim. Shu manoda binolarning bo'linish ini urganamiz. Sanoat va aholi binolari arxitekturasi fanidan malumki, binolar yer yuzida yopiq xajm hosil qiluvchi va odamlarning yashashi, faoliyat ko'rsatishi uchun mo'ljallangan qurilishdir. Binolar tavsiyasiga karab: turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolariga bulinadi. Turar joy binolariga yashash uylari, mexmonxonalar va yotok-xonalarni, jamoat binolariga maishiy va ma'muriy xizmat binolari (maktab, teatr, magazin, hokimiyat binosi va boshqalar)ni misol sifatida keltirish mumkin. Ishlab chiqarish binolari o'z navbatida sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish binolariga bulinadi. Sanoat ishlab chiqarish binolariga zavod, tsex va fabrikalarni, qishloq xo'jalik ishlab chiqarish binolariga molxona (korovnik), tovukxona, issikxona va boshqalarni misol sifatida keltirish mumkin. Binolar katoriga kirmaydigan yer usti va yer osti qurilishlari inshootlar deb yuritiladi. Inshootlar funksiyasiga karab transport (kupriklar, yullar, estakada), omborxonalar (material va xom-ashyo saqlanadigan inshootlar), suv xo'jaligi (suv ombori, tindirgichlar), gidrotexnik (tugon, kanal, damba), aloqa (elektr, telefon tizimlari) va sog'lomlashtirish inshootlari (stadion, kort)ga bulinadi. Binolar konstruktiv yechimiga karab : karkasli, yarim karkasli va karkassiz bo'lishi mumkin. Karkassiz konstruktiv yechimda binolar kundalang, kundalang va buylama, buylama yuk kutaruvchi devorlardan iborat bo'ladi. Karkasli konstruktiv yechimga ega binolarda asosiy yuk kutaruvchi konstruktiv element-ustunlardir. Yarim karkasli konstruktiv yechimdagi binolarda ustunlar va devorlar yuk kutaruvchi konstruktiv elementlar sifatida xizmat kiladilar. (1-rasm) rasm. Binolarning konstruktiv yechimlari bo'yicha bo'linish i. a-karkassiz; b-karkasli; v-yarim karkasli. Bino va inshootlarni barpo etishning potok usuli. qurilish materiallari va texnik resurslar bilan o'z vaqtida va tula-tukis ta'minlangan ishchi kollektivlarining uzluksiz ishlashlari natijasida barpo etilgan qurilish binolarining malum ritmda topshirilishiga qurilishni olib borishning potok- oqim usuli deb ataladi. qurilishning bunday tashkil etilishida bir oqim ishchilari o'z ishlarini tugatib, keyingi zaxvatkaga utishadi va o'z navbatida oldingi zaxvatkada keyingi oqim ishchilari uchun ish fronti yarata-di; xuddi shunday obyektlar yoki zaxvatkalar bo'yicha ishchilar oqimining kuchib ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
105.53 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
105.53 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc