Binolarni rejaviy yechimlari, binolarni loyihalash asoslari, bino barpo etishda arxitekturaviy loyihalash

Binolarni rejaviy yechimlari, binolarni loyihalash asoslari, bino barpo etishda arxitekturaviy loyihalash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarni rejaviy yechimlari, binolarni loyihalash asoslari, bino barpo etishda arxitekturaviy loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Binolarni rejaviy yechimlari binolarni loyihalash asoslari bino barpo etishda arxitekturaviy loyihalash Reja: Binolarni me'moriy va rejaviy yechimlari Binolarni loylash asoslari va qurilish nazariyasi Bino barpo etishda arxitekturaviy loyihalash Tayanch iboralar; Bino, loyihalash, qurilish, me'moriy va rejaviy yechim, arxitekturaviy, sanoat binolari, inshootlari, konstruksiya, qavat, ravoq,tom, yopma. 1.Dunyoda odamlar paydo bo'lgandan boshlab dastlab o'ziga bosh pana, uy-joy, qurish bilan mashg'ul bo'lishgan. Asrlar, ming yillar o'tishi bilan yer kurrasida odamlar tomonidan turli tuman binolar, inshootlar, yo'llar, ko'priklar suv havzalari bog' rog'lar va boshqalar qurilgan, bunyod etilgan. Ma'lumki, har qanday bino va inshootlarni qurish uchun dastlab uning loyihasi chiziladi. Bino va inshootlar arxitekturasi fani, bino va inshootlar ularning komplekslari va yashash massivlarini loyihalashni umumiy texnik, badiiy memoriy uslublari qoidalarini o'rgatadi. Bino odamlar tomonidan ma'lum maqsadda quriladigan inshootlarning bir turi bo'lib, unda turli ijtimoiy ma'muriy xo'jalik va ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun muhit yaratiladi. Binolar va inshootlar asosan uch turga bo'linadi. Fuqaro binolari. Sanoat binolari. Qishloq xo'jalik bino va inshootlari. Fuqaro binolari o'z navbatida ikki turga bo'linadi. Jamoat binolari. Yashash, turar-joy binolari. Yashash, turar-joy binolari odamlarning doimiy yoki vaqtinchalik yashashlari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga yashash uylari, yotoqxonalar, mehmonxonalar kiradi. Jamoat binolari deb, odamlarni turli ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish maqsadida qurilgan binolarga aytiladi. Bularga ma'muriy maishiy madaniy oqartuv ta'lim muassasalari va boshqalar kiradi. Sanoat binolari deb, ishlab chiqarish qurollari joylashtirilgan va texnologik jarayon natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi binolarga aytiladi. Bularga asosan zavodlar, fabrikalar, turli sexlar, ularga yordamchi binolar ya'ni energetika, transport, omborxonalar, korxona hududida joylashgan ishchilarga madaniy maishiy, tibbiy va boshqa xizmatlar ko'rsatadigan yordamchi binolar kiradi. Qishloq xo'jalik binolari qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lib ular qishloq xo'jaligi ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Bularga quyidagilar kiradi: Chorvachilik binolari; Parrandachilik binolari; Yilqichilik xo'jaliklari; Cho'chqachilik binolari; Xo'jalik texnikalari saqlash va ta'mirlash binolari; Qishloq xo'jaligi maqsulotlarini saqlash binolari; Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash binolari; Issiqxonalar va boshqalar. Har qanday bino va inshootlarni loyiha qilishda 1-chi navbatda ularni nazariy asoslash lozim. Ma'lumki barcha bino va inshootlar odamlar uchun yaratilgan. Yashash binolarida odamlarni yashash dam olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Jumladan me'yoriy mikro iqlim va nisbiy namlik havo almashishi va harorat maydonlari yaratiladi. Buning uchun bino va tashqi to'siq konstruksiyalarini issiqlik fizik hisoblari bajariladi. Bu hisoblar natijasida tashqi devor va tom yopmalarning qalinligi tashqi devor uchun optimal samarali qurilish materiallari tanlab olinadi. Hisoblar quyidagi tartibda bajariladi. Ma'lumki qish faslida bino ichiga olib kelingan issiqlik miqdori tashqi devor tom yopma orqali tashqi havoga sarf bo'ladi. Shu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga