Binolarning funksional, hajmiy-rejali, kompozitsion va konstruktiv sxemalari. Qurilish standartlashtirilishi va unifikatsiyasi Reja: Bino va inshootning tipologik tashkil etuvchilari funksiyasi, konstruksiyasi, shakli Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi Binoning konstruktiv tuzilmasi Binolarning muhandislik uskunalari Ekologik loyihalashtirish - binoning hajmiy-rejali tuzilmasini shakllantirishning zamonaviy usuli Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi Bino va inshootning tipologik tashkil etuvchilari funksiyasi, konstruksiyasi, shakli Jamoat binolarining funksional, kompozitsion va konstruktiv sxemalarini ko'rib chiqishdan avval milliy arxitektura nazariyachilari tomonidan funksiya, konstruksiya va shakl degan tushunchalarga berilgan ta'riflar to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Misol uchun, akademik A.V.Ikonnikov arxitektura obyektinining funksiyasi va shaklini quyidagicha ta'riflagan: Funksiya - arxitektura orqali hal qilinadigan amaliy va axborot tusga ega turli vazifalar kompleksi; arxitektura obyektining shakli uning muhit va madaniyat kontekstida tashkil etilishi va mavjud bo'lishi usulini ifodalaydi. Keyinchalik memoriy shakl tushunchasini kengaytirgan: Texnologiyani premetli shaklga tatbiq etishning uchta taktikasini ajratish mumkin. Birinchisida ishlab chiqarish jarayonining xarakteri uning g'oyasi manbalari qatoriga kiradi. Texnologik shaklning ikkinchi konsepsiyasi boshqa vositalar orqali tatbiq etilgan ideal texnologiyaning obrazli ifodalanishiga asoslanadi. Uchinchi konsepsiya arxitektura tilidan jarayon izlarini istisno qilishdan iborat bo'lib, obyektning vazifasi, uning materiali va amalga oshirish usuli qanday bo'lishidan qatiy nazar shaklning universallik prinsipiga asoslanadi. Funksionalizm nazariyachilari funksiya shaklning tuzilmaviy va badiiy jihatlariga yakka o'zi ta'sir o'tkaza oladi deb hisoblar edilar. Amaliyotda tasdiqlanganki, memoriy obyekt shakllari inshoot mazmunidan kelib chiqqanidagina yashay oladi, lekin mexanik tarzda emas, dialektikaga asoslangan bo'lishi, yani shakl bir vaqtning o'zida mazmunni ham shakllantirishi lozim. funksiya, konstruksiya va shakl o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik ular bir-birlarini va umuman binoning mavjud bo'lishini shartlab va muvofiq sharoitlarni belgilab beradilar. Memoriy shaklning uning ichida ro'y berayotgan jarayonlarga ta'siri etarlicha kuzatilgan. Misol tariqasida boshqa ijtimoiy funksiyalarga moslab rekonstruksiya qilingan juda ko'p obyektlarni keltirish mumkin. Moslashtirilgan bino, garchi avvaliga boshqa fazoviy obyekt qulay bo'lib ko'ringan bo'lsada, vaqt o'tishi bilan etarlicha qulay bo'lib qoladi. Harakatlarning muayyan universalligi mazmunan turlicha bo'lgan jarayonlar parametrlari bo'yicha o'xshash bo'lgan bo'shliqlarda amalga oshirilishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu, o'z navbatida, istalgan arxitektura obyekti bir qator jarayonlar bir xilda kechishi uchun yaroqli bo'lishini ta'minlaydi. Shunday qilib, so'z arxitekturaning ko'p funksionalligi to'g'risida yuritilishi zarur. So'nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatayaptilarki, ko'p funksionallik arxitektura obyektining mazmun-mohiyatida kelib chiqadi. Biron funksiya uchun yaratilgan bo'shliq ushbu funksiyaga nisbatan doimo keragidan ortiq hisoblanadi. Funksional potentsial - o'z ichiga ko'p manoli tushunchalarning tarmoqlangan ierarxiyasini olgan umumlashtiruvchi atamadir. Uni tashkil etuvchilar orasidan dolzarb funksiyalar guruhini, yani iste'molchi tasavvurida obyekt shaklining qimmatli xarakteristikalari bilan bog'liq funksiyalarni ajratish mumkin. Dolzarb funksiyalar tarkibida sababli funksiyalar guruhi bo'lib, ular ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.89 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.89 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc