Binolarning konstruksiyalari, yuklar va ta'sirlar, turli konstruktiv yechimlar

Binolarning konstruksiyalari, yuklar va ta'sirlar, turli konstruktiv yechimlar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarning konstruksiyalari, yuklar va ta'sirlar, turli konstruktiv yechimlar - rasmi

Material tavsifi

Binolarning konstruksiyalari yuklar va ta'sirlar turli konstruktiv yechimlar Reja: Binolarning konstruksiyalari. Yuklar va ta'sirlar Turli konstruktiv yechimlar Tayanch iboralar: devor, asos, poydevor, tom qurlmalari, tusin, ferma, ustun, eshik, deraza, bino, konstruksiya 1. Binolarning konstruksiyalari deb o'lchamlari mustahkamlikka, ustivorlikka, chidamlilikka, yoriqbardoshlikka va deformatsiyaga hisoblash yo'li bilan topiladigan, hamda har xil yuk va ta'sirlarni qabul qilishga mo'ljallangan bino va inshootlar va ularning qismlariga (qo'zg'aladigan va qo'zg'almaydigan) aytiladi. Qurilish konstruksiyalari po'lat, alyuminiy, beton, temirbeton, tosh, plastmassa yog'och va boshqalarlardan tayyorlanadi. Transport qurilishida betonli, temirbetonli va metall konstruksiyalar qo'llaniladi. Metall konstruksiyalardan har xil vazifani bajaruvchi katta oraliqli binolarning sinchi va tomlarida foydaniladi. Beton va temirbeton konstruksiyalar kam tanqisligi, yuqori mustahkamli, uzoqqa chidamliligi, olovbardoshligi, suv o'tkazmasligi va har xil formadagi elementlarni tayyorlash mumkinligi, hamda foydalanish chiqimlarning kam talab qilganligi uchun qurilishda etakchi o'rinni egallaydi. Materiallarni to'g'ri tanlash va ularni qo'shishga konstruksiyalarning texnik - iqtisodiy ko'rsatkichlari, ularning ishonchliligi, uzoqqa chidamliligi va boshqalar bog'liq bo'ladi. Loyihachi materiallar bahosini, ularni ishlash va tashishni, materiallarning ijobiy va salbiy xossalarini, hamda «Asosiy qurilish materiallardan tejamli foydalanishning texnik qoidalari» ga amal qilishni hisobga olishi lozim. Bino va inshootlar. Har xil ishlab-chiqarish jarayonlarini bajarish uchun va odamlarni ishlashi va yashashi uchun mo'ljallangan yer usti qurilmasiga bino deyiladi. Binolar funksional vazifalariga qarab fuqaro, shu jumladan, yashash uy-joy, jamoa va ishlab-chiqarish binolariga bo'linadi. Inshoot - bu material va bashqalarni saqlash, ishlab-chiqarish jarayonlarini bajarish uchun mo'ljallangan maxsus vazifadagi qurilmadir. Binolarning asosiy konstruktiv elementlari. Har qaysi bino (inshoot) alohida konstruktiv elementlardan tashkil topgan. Poydevor - bu yuklarni binodan uni asosiga, ya'ni gruntga uzatish va tarqatish uchun mo'ljallangan binoning yer yuzidan pastga joylashgan qismidir. Devorlar imoratni tashqi atmosfera muhitdan to'sish (tashqi devorlar) yoki imoratni alohida xonalar (ichki devorlar) ga bo'lish uchun xizmat qiladi. Alohida tayanchlarga yopma va tomlardan tushadigan yukni qabul qiladigan yoki tashqi devorlarni ushlab turadigan ustunlar kiradi. Yopmalar - bu o'z og'irligi, odamlar, texnik asbob-uskunalar va shunga o'xshashlardan tushadigan yuklarni qabul qiladigan va bino (inshoot) larni balandligi bo'yicha qavatlarga bo'ladigan konstruksiyalarning gorizontal elementlaridir. Tom - bu o'z og'irligi, qor va ba'zida shamol ta'siridan tushadigan yukni qabul qiladigan hamda imoratni tashqi klimatik faktor va ta'sirlardan himoya qiladigan bino (inshoot) ning yuqorisidagi to'siqdir. Zinapoya - bu qavatlararo aloqa uchun xizmat qiladigan bino (inshoot)ning elementidir. Pardadevor - bu binoning ichki bo'shlig'ini alohida xonalarga bo'lish uchun xizmat qiladigan va bevosita yopmalarga tayanadigan yupqa ichki devordir. Deraza va yuqori yoriqlik fonarlari imoratni tabiiy yoritish va shamollatish uchun, eshiklar esa xonalar orasidagi aloqa va binodan chiqish uchun xizmat qiladi. Qurilish konstruksiyalariga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 478.45 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 478.45 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga