Binolarning to'siq konstruksiyalari va ularning xonalarda issiqlik roli. Issiqlik uzatish usullari

Binolarning to'siq konstruksiyalari va ularning xonalarda issiqlik roli. Issiqlik uzatish usullari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarning to'siq konstruksiyalari va ularning xonalarda issiqlik roli. Issiqlik uzatish usullari - rasmi

Material tavsifi

Binolarning to'siq konstruksiyalari va ularning xonalarda issiqlik ro'li. Issiqlik, uzatish usullari Reja: Arxitekturaviy iqlimshunoslik va uning bosh masalasi. Arxitekturaviy iqlimshunoslikning paydo bo'lish tarixi. Arxitekturaviy iqlimshunoslikning vazifalari va boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi. O'zbekistonning iqlimi. Qurilish joylarini tanlash. Shamol yulduzi. Binolar va ularning tashqi to'siq konstruksiyalarini loyihalashda iqlimning ta'siri. Arxitekturaviy iqlimshunoslik. Xar qanday bino va inshootlar loyihasini bajarishda qurilish joyini iqlimi birinchi navbatda e'tiborga olinadi. Iqlim, Klimat, grek so'zidan olingan bo'lib(naklon) qiyalikdegan ma'noni anglatadi, ya'ni yer satxiga nisbatan quyosh nurlari qanday qiyalikda tushishini ko'rsatadi. Demak yer satxidagi havoning harorati quyoshning yer sathiga nisbatan holatiga bog'liq. Agar quyosh nurlari yer sathiga nisbatan pyerpendikulyar ravishda tushsa, yer satxidagi havo harorati baland bo'ladi. Bundan tashqari havo haroratiga joyning jo'g'rafik o'rni, relyefi va okean sathidan balandligi ham ta'sir etadi. Iqlimshunoslik qadimiy fanlardan biri bo'lib, olimlar, quruvchilar, sayohatchilar, dengizchilar va tijoratchilar, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan butun insoniyat tomonidan qo'llanilib kelingan. Arxitekturaviy iqlimshunoslik binolar va shahar qurilish inshootlari arxitekturasi bilan iqlim sharoitlari orasidagi bog'liqlikni o'rganadi. Bu bog'liqlar haqida to'la tasavvurga ega bo'lgan arxitektor loyihalash jarayonida yaratiladigan sun'iy muhitni qurilish joyi iqlim sharoitlarini mumkin qadar tula inobatga olgan holda, maqsadga muvofik yaratish imkoniga ega bo'ladi. Arxitekturaviy iqlimshunoslik arxitektura inshootlar tipologiyasi, umumiy iqlimshunoslik, gigiyena, qurilish fizikasi, iqtisodiyot, estetika fanlari bilan uzviy bog'liq. Arxitektura inshootlarining iqlim tipologiyasi muhitni yaxshilash, inson va uning atrofini issiq va sovukdan himoyalash uchun zarur bilimlar, usullar va vositalar bilan arxitektorni boyitadi, hamda asrlar davomida tuplangan mikroiqlimni tartibga solish tajribalari bilan tanishtiradi. Iqlimdan himoyalanish - foydalanish vositalariga quyidagilar kiradi: joylashtirish usullari (gorizont tomonlari bo'yicha yo'naltirish, havo almashinuvini tashkil etish yoki muhitni shamoldan himoyalash, har xil darajadagi ochiq muhitdan foydalanish, kukalamzorlashtirish va x. k.), tashqi himoya qurilmalari (devorlar, dyeraza, tom yopma), injenyerlik jihozlari (isitish, sovutish, havo almashinuvi va x.k.) Turar joy binolarining iqlim tipologiyasi boshqa turdagi binolar iqlim tipologiyasiga karaganda katta ahamiyat kasb etadi. CHunki inson uzining asosiy vaqtini turar joy binosida o'tkazadi. Arxitekturaviy iqlimshunoslik arxitektorga loyihalash rayoninining iqlimi, iqlim omillari, ularning vaqt utishi bilan o'zgarishi va iqlimning tahlil usullari haqida to'liq ma'lumot byeradi. Maishiy gigiyena inson organizmidagi jismoniy va ruhiy funksiyalarning o'zgarishini, tashqi muhit va binodagi mikro-iqlimni me'yorda saklab turishni tushunishga yordam byeradi. iqtisodiyot bilimlari (qurilish, foydalanish, ishlatilgan sarf xarajat, sotsial iqtisodiy samaradorlik) arxitektorga xar tomon-lama ratsional yechimni tanlashga yordam byeradi Estetika bilan bog'liq bo'lgan mexanizm, jumladan, arxitektura kompozitsiyasining nazariyasi iqlim arxitekturasi bilan birgalikda to'liq urganilmagan. Lekin shunday arxitektura kompozitsiya kategoriyalari borki, ularni tanlayotganda arxitektor doimo iqlimni hisobga oladi. Bularga arxitekturaviy fazoni yaratish, turli xil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.1 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.1 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga