Eron arxitekturasi O'rta Osiyo va Eron o'rta asr madaniyatining muhim o'choqlaridan hisoblanadi. Feodalizm davrida O'rta Sharq mamlakatlari xalqlari arxitekturasi O'rta Osiyo, Kavkazorti va Eroning antik davri arxitekturasi an'analariga suyangan holda rivojlandi. VII-VII asrlarda bu mamlakatlar erlarning arablar tomonidan, keyinroq XI asrda turklar, XII asrda mo'g'illar tomonidan bosib olinishi bu yerdagi xalqlar arxitekturasiga, uning taraqqiyotiga o'z ta'sirini o'tkazdi. Buni arablar istelo qilgan erlarda islom dini tarqalishi va shu din bilan boqliq holda diniy memorlik binolarining paydo bo'lganligi va rivojlanishini ko'rish mumkin. Dastlab shunday diniy binolar bevosita arab memorligi an'analarida qurildi. Ustunli masjidlar shudar jumlasidandir. Lekin tezda arab xalifaligiga kirgan mamlakatlar memorligida o'ziga xos ko'rinish paydo bo'la boshladi. Arab memorligi an'analari ijodiy o'rganilgan holda mahalliy memorlik an'analari bilan boyidi, memorlikning yangi turi paydo bo'ldi. To'rt ayvonli binolar qurilishi bu davrda keng tarqaldi. Bu tipdagi binolar diniy memorlikda (masjid, madrasa) hamda fuqoro memorligida (saroy, karvonsaroy) keng foydalanildi. To'rt ayvonli binolar odatda katta to'rtburchak shaklida qurilgan bo'lib, uning o'rtasi hovli, to'rt tomoni esa hovliga qaratib qurilgan nayzasimon arkali ayvon bilan o'rab chiqilgan. Masjidning old tomonida katta peshtoq va minoralar mavjud. Bulardan tashqari, bu erlarda peshtoqli-qubbali binolar ham ko'plab qurilgan. XII asrda qurilgan binolarning ko'pgina qismi, asosan pishiq g'isht va turli hildagi terrakota plitaplari bilan bezatilgan. Keyingi asrlardan boshlab sirli sopol plitalar, geometrik hamda o'simliklar dunyosi elementlaridan to'zilgan nAQSHlar bilan bezash keng tarqaldi. Eronda feodalizm V-VI asrlardan boshlandi. Bu davr (VII asrgacha bo'lgan davr) memorligi quldorlik davri memorligi an'analari bilan bog'liq. VII asrda arablarning Eronga kirib kelishi shu yerdagi feodal madaniyat taraqqiyotini birmuncha sustlashtiradi. Arab memorligi ta'sirida VII-IX asrlarda bu yerda masjidlar qurilishi keng rivojlanadi. IX asrdan boshlab, Eron arablarga qaramlikdan qutula boshlaydi. U feodal munosabatlarining eng rivojlangan davriga qadam qo'ydi. Bu rivojlanish XV asrgacha davom etdi. Memorlikda sezilarli yutuqlar qo'lga kiritildi. Bu davrda qurilgan binolar ichida to'rt ayvonli masjidlar alohida o'rin egallab, Isfaxon va boshqa shaharlarda ko'plab qurilgan. Eronda saqlanib qolgan ko'pgina maqbaralar davrning xurmatli kishilariiga atab qurilgan. Ular bir necha ko'rinishda, yaniy minorasimon, qubbasimon, yoki ko'pqirrali prizmasimon shaklda bo'lib, tepa qismi esa yarim sferik shaklidagi gumbaz yoki chodirsimon shakl bilan tugallangan. Bazi maqbaralar peshtoq-gumbaz tipida bo'lgan. Eroning ko'pgina shahar va qishloqlarida ko'proq minorasimon maqbaralar keng tarqalgan. Xurosandagi Kobus maqbarasi shunday tipda ishlangan qadimiy (1006-1007) yodgorliklaridan hisoblanadi. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.23 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.23 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc