Gotika davri arxitekturasi XII asrdan boshlab feodalizm formatsiyasi ichida yangi ijtimoiy kuchlarning paydo bo'lishi va rivojlanib borishi klassik o'rta asr an'analarini inqiroziga sabab bo'ldi. Bu yangi kuchlar shaharning keng taraqqiy etishi bilan boqliq holda o'z kuchini oshirib bordi. Shaharlarda savdogarlar korporatsiyalari va hunarmandchilik tsexlari rolining ortib borishi ijtimoiy tuzum xaraeteriga ta'sir qila boshladi. Feodal hukumdorlarida ozodlikka, mustaqillikka erishishga intilish ortib bordi. Bu davrda din hamon hukumronlikda, cherkov esa arxitekturaga o'z talabini kuyaetgan bo'lsa ham lekin shahardagi hunarmand va savdogarlarning bilimiga, hayotining yangi qirralarini ochishga intilish orta bordi. Yevropashaharlarida dastlabki fan markazlari universitetlarining tashkil topishi esa, bu intilish ravnaqiga zamin yarata bordi. Dunyoga tanqidiy munosabatda bo'lish tendensiyasi ortdi. Xalq ongining ortib borishi esa jamiyat oldida tenglik, birodarlik masalalarining ijobiy xal etilishini talab qila boshladi. hayotiy mavzudagi asarlar yuzaga kela boshladi. Bu davrlarda tasivriy san'at va memorchilikda ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. G'arbiy Yevropamadaniyatidan Vizantiya san'ati anannalari o'zil kesil chiqarib tashlandi. Davr ruhini o'zida ifodalovchi realistik shakl va mazmunidagi asarlar, funksional tomoni orta boshlagan memorchilik binolari yuzaga kela boshladi. Yevropada feodalizm gullagan XII-XV asrlar memorchiligi «GOTIKA» memorchiligi deb yuritiladi. «GOTIKA» iborasi ham shartli olingan Uning lu²oviy manosi italyancha so'zidan olingan bo'lib, «Gotlarniki» degan mazmunni bildiradi. (Gotlar german qabilalarining biri). Bu ibora uy²onish davrida kiritilgan bo'lib, san'atda got qabilalari san'atning ta'siri kuchli bo'lganligini bildiradi. Gotika uslubi XII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada paydo bo'ladi va rivojlanadi. XII-XIV asrlarda esa qarbiy Yevropada yetakchi memorlik uslubiga aylandi va ayrim mamlakatlarda bu uslub XV asrgacha davom etdi. Gotika uslubi XII asr o'rtalaridan boshlab XII asrda eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu usulb turli mamlakatlarda o'ziga xos ko'rinishga ega, lekin bu uning ichki to'zilishi va umumiy tomonini inkor etmaydi. Memorlik gotika usulbini belgilashda muhim o'rinni egallaydi. Gotika uslubida qurilgan binolari roman uslubida qurilgan binolarga nisbatan uluqvor, katta va serxasham. Ularda ishlatilgan memorlik shakillari yengil yuqoriga intiluvchan va serjilva. Bu davr soborining funksional mazmuni ham o'zgaradi. U shaharning ijtimoiy markaziga aylanadi. Bu yerda taot-ibodatdan tashqari shahar majlislari o'tkazilar, munozaralar uyushtirilar hamda universitet leksiyalari o'qilar edi. Endilikda sobor binosini qurishda faqat diniy qoyalarnigina emas, balki ijtimoiy hayot ruhi, katta kollektiv qudrati ham tarqib etiladi. Gotika soborlarining ilgariga intiluvchi shaklida esa davr kishilarining ozodlikka va yorug'likka intilishlari o'z aksini topdi. Bunday taassurot berishda soborning minoralari muhim o'rinni egallaydi. U soborning yanada baland, yengil bo'lib ko'rinishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu minoralarda funksional ahamiyatiga ega bo'lgan, yaniy ular shaharni kuzatib turish uchun hamda yong'in o'chiruvchilar uchun ham mo'ljallangan. Bazi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.63 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.63 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc