Grafik topshiriqlar - rasmi

Material tavsifi

Grafik topshiriqlar Reja: 1. Orderlarning umumiy (massalardagi) ko'rinishini chizish 2. Kichik me'moriy shakllarni o'lchash va ortoganal chizmalarini bajarish 3. Suvbo'yoq mashqini bajarish 4. Arxitekturaviy lavhani tasvirlash 5. Shriftli kompozitsiya tuzish 6. Inshootning ortogonal tasvirini bajarish 7. Inshootning perspektivadagi ko'rinishini ishlash 1. Orderlarning umumiy (massalardagi) ko'rinishini chizish Topshiriq maqsadi: orderlarni tektonik tizim sifatida o'rganish. Topshiriq vazifasi: nazariy bilimlar asosida rim orderlarini umumlashtirilgan hajmlarda qalamda A3 formatli qog'ozda chizish. Topshiriq quyidagi 4 bosqichda bajariladi: 1-bosqich. Qog'oz sathida uning o'lchamlariga mos ravishda to'rttala: toskan, dor, ion, qorinf orderlarining o'qlari va umumiy balandlik aniqlab olinadi. 2-bosqich. Qo'llanma chizmalaridan hamda keltirilgan jadvaldan foydalanib, avval toskan, keyin qolgan uch orderni ingichka chiziqlar bilan chizib chiqiladi. Belgilangan balandlik uchun, barcha orderlarda ham, 19 qism ajratiladi. Undan 4 qismi kursiga, 12 qismi ustunga, 3 qismi antablementga ajratiladi. Ustunlar uchun ajratilgan qismlar toskan orderida 14 bo'lakka, dor orderida 16 bo'lakka, ion orderida 18 bo'lakka, qorinf orderida 20 bo'lakka bo'linib, modullar (yirik o'lchov birligi, ustunning pastki diametriga teng), so'ngra partalar (mayda o'lchov birligi, modulning 18 yoki 20 qismiga teng) aniqlanadi. Har bir orderning moduli (partalari ham) bir-biridan farqlanadi. Modullar toskan orderidan qorinf orderiga qarab kichrayib boradi. O'lchovlar asosan modul va partalar asosida olinadi. 3-bosqich. Asosiy chiziqlar ustidan qalam bilan aniq chiziladi. 4-bosqich. Asosiy o'lchamlar va yozuvlar bajariladi. Bajarilgan ishni baholashda orderning qurilishi to'g'riligiga, o'lchamlarning aniq, jadvalda va qo'llanmada keltirilgan chizmalardagidek bajarilganligiga, ishning sarishtaligi, ozodaligiga e'tibor beriladi. Karnizlarning umumlashtirilgan (massalardagi) tasvirlari Toskan orderi Ion va dor orderlari qorinf orderi 13 M 53-rasm. Order qismlarining umumlashgan tasvirlari. a b d e 54-rasm. Rim orderlarining modullardagi o'lchamlari: a) toskan orderi; b) dor orderi; d) ion orderi; e) qorinf orderi. Rim orderlarining modullardagi o'lchamlari jadvali 55-rasm. Toskan orderining chizilishi. 2. Kichik me'moriy shakllarni o'lchash va ortoganal chizmalarini bajarish Topshiriqni bajarishdan maqsad talabalarni arxitekturaviy chizma (tarz, tarh, qirqim, bosh reja, lavha) larni chizishga o'rgatishdir. Buning uchun talabalar dastlab biron-bir mavjud bo'lgan kichik me'moriy shaklni, masalan, do'konni, avtobus bekatini va shunga o'xshash kichik me'moriy obyektni tanlab, uni o'lchashga kirishadilar. Kichik me'moriy shakllarni o'lchash topshirig'i quyidagicha bosqichlarda bajariladi: 1-bosqich. Chizmasi bajariladigan bino yoki inshoot bilan obdon tanishiladi, uni har tomonlama o'rganiladi. 2-bosqich. Krok (musavadda) chizishdan iborat. Talaba qog'ozga binoning ortogonal chizmalarini: tarh, asosiy tarz, yon tarz, qirqim va bosh rejalarni krok ko'rinishida, o'lchamlarni ko'rsatishga qulay holda qo'lda chizadi. Krokni chizishda masshtabga rioya qilish shart emas. Krok chizilib bo'lingach, barcha chizmalarning to'g'riligi bino bilan taqqoslanib tekshirib chiqiladi. 3-bosqich. Krokka o'lchamlar qo'yishdan iborat. Krokda hamma o'lchamlar uzunlik birligida - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.33 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.33 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga