Hindiston arxitekturasi

Hindiston arxitekturasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Hindiston arxitekturasi - rasmi

Material tavsifi

Hindiston arxitekturasi VI asrda Gupta dinastiyasi hokimiyati ko'chmanchi qabilalar taziyqida haloqatga uchradi. Hindiston feodalizm asriga qadam qo'ydi. Shu davrga kelib, Hindistonga tashqi hujumlar ham kamaydi va Hindiston iqtisodiy rivojlanish, tashqi mamlakatlar bilan sovdo-sotiq ishlarini olib borish imkoniyatiga ega bo'ldi. VII asr memorligi, asosan Madoras yaqinidagi Mamallapurama shaharchasida to'plangan. Bu yodgorliklar kompleksi katta qoyalarni yo'nish asosida yaratilgan hamda qorga ishlangan ibodatxonalardan, qoya sathida ishlangan «Gangning pastga tushishi» bo'rtma tasviridan tashkil topgan. Qoyaga yo'nib ishlangan ibodatxona ratixlar balandligi 14 m dan, qor ichiga ishlangan ibodatxonalarning eni va uzunligi esa 8 m dan oshmaydi. Ko'p hollarda qoyaga yo'nib ishlangan ibodatxonalarning ichki xonasi yo'q. Ularning tashqi shakllarida o'sha davrda mavjud bo'lgan ibodatxonalar shakli qaytariladi. VII-VII asr memorligida haykaltoroshlik san'ati muhim o'rin egallaydi. VII asrga kelib, ibodatxonalarning, asosan, ikki tipi odat tusiga kirdi. Bulardan birinchisi, shimoliy Hindiston erlarida qurilgan bo'lib, bu tipdagi ibodatxonalarning tepa tomini uchi bir oz qayrilgan baland minorali, ikkinchisi esa, zinali, piramida shaklidagi ibodatxonalar bo'lib, ular ko'proq janubiy Hindiston erlarida keng tarqalgan. Bxubvnesvaradagi Lingardja ibodatxonasi hamda qadjuraxodagi Kandareya Maxedva ibodatxonasi shu davr xind memorliging birinchi tipiga misoldir. Bxubanesvairedagi ibodotxona minorasi mayin egilgan vertikal chiziqlar bilan bo'lib chiqilgan, shakli nilufar mevasini eslatadi. Ibodotxonaning qolgan qurilmalari shu asosiy minora shaklini kichik hajmlarda qaytaradi va butun kompozitsiya dinamikasini oshiradi. Ibodatxona kompleksi 140x160 m maydon o'rtasida joylashgan bo'lib, uning atrofi devor bilan ajratilib chiqilgan. Ibodotxona to'rt bo'limdan iborat bo'lib, ular asosiy o'q bo'yicha sharqdan qarbga qarab joylashgan. Ibodatxona minorasining balandligi 40 m dan ortik bo'lib, kompozitsiyasining badiiy tugal bo'lishiga xizmat qiladi. Tanejoradagi Shivaning katta ibodatxonasi janubiy Hindiston o'rta asr memorchiligining nodir yodgorligi hisoblanadi. Katta maydon o'rtasiga o'rnatilgan memorlik ansambli kompozitsiyasining markaziy qismi 63 m. minora bilan tugallanadi. Minora uchta katta hajmdan tashkil topgan bo'lib, pastdagi hajm kvadrat, undan keyin keskin piramida va dumaloq gumbaz uning kompozitsiyasini tashkil etadi. Bu hajmlar dekorativ bezakka boy, lekin ular minoraning yahlit va uluqvor bo'lib ko'rinishiga xalaqit bermaydi. Xind haykaltaroshligi qor va qoyalarga ibodatxonalar ishlash san'ati bilan chambarchas boqliqdir. Yaratilgan haykaltaroshlik asarlarida umuman, shartlilik yetakchilik qiladi. Щayotiy voqealar afsonaviy voqealar bilan uyg'unlashib ketadi. XII asrdan boshlab, Hindiston siyosiy va madaniy hayotida muhim davr boshlandi. Mamlakat feodal munosabatlarining yangi davriga qadam qo'ydi. Xind erlarini turklar tomonidan bosib olinishi, musulmon feodallarining hukumronligi Hindistonda yirik markazlashgan davlatlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Bobir va uning vorislari hukumronlik qilgan Hindiston XVI-XVII asrlarda o'zining eng gullagan davrini boshidan kechirdi. «Musulmonlar» bilan kirib kelgan yangi islom dini davlat diniga aylandi. Uning ta'siri esa memorlikda o'z ifodasini topdi. Shimoliy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.05 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.05 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga