Kavkazorti xalqlari (Armaniston, Gurjiston) Arxitekturasi O'rta asrlar arxitekturasi va madaniyatida Kavkaz xalqlari, jumladan, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari arxitekturasi ham alohida o'rinni egallaydi. Bu xalqlar arxitekturasi qadimgi mahalliy arxitektura an'analariga ega bo'lgan, o'rta asrning muhim madaniyat o'choqlaridan hisoblanadi. Ular Vizantiya va Eronning yutuqlaridan foydalanib, o'ziga xos arxitektura yaratdilar va jahon madaniyati xazinasini boyitdilar. Kavkazortida feodal munosabatlar juda erta rivojlandi. Bu yerdagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan ayrim rayonlarda IV-V asrlardayoq feodalizmga o'tish jarayoni sezilarli bo'ldi. Lekin uning to'liq qalabasi birmuncha uzoqqa cho'zildi. Kavkaz xalqlari arxitekturasining dastlabki gullagan davri V-VII asrlarga to'qri keladi. IV asrdan boshlab, Armaniston, Gro'ziya, so'ngra Ozarbayjonning shimoliy qismida xristian dini tarqaldi. Natijada mahalliy din bilan boqliq bo'lgan ko'pgina yodgorliklar vayron qilindi. Xristian dini, ayniqsa, Armaniston va Gruziya mustahkamlanib, bu davlatlarning Suriya, Kichik Osiyo hamda Sharqiy Rim imperiyasining boshqa madaniyat o'choqlari bilan aloqasini yanada kuchaytirdi. Shu bilan birga, bu erlarda mahalliy sharoit talabidan kelib chiqib, memorlik, tasviriy va amaliy san'atda yangicha o'ziga xos uslub paydo bo'ldi. Jumladan bu erlarda feodallarning qo'rg'on-qasrlari bilan birga, fuqoro memorligining yangi tiplari karvon-saroy, usti ochiq bozorlar vujudga keldi. Bu davrda qurilgan ibodatxonalar plani, konstruktiv to'zilishi ham, badiiy bezatilishi jihati feodalizmga o'tish jarayonida sezilarli bo'ldi. Lekin uning to'liq qalabasi birlik, ayniqsa, markaziy qubbali binolarda yaqkqol namoyon bo'ldi va jahon memorligi san'atida ko'zga ko'rinarli o'rinni egalladi. Kavkaz xalqlari arxitekturasi X-XII asrlarda eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Gro'ziya va Armaniston o'rta asrlar monumental memorlik san'ati xajmiy-plastik echilishi xarakteri bilan farq qiladi. Markaziy qubbali Kavkazorti ibodatxonalari zinasimon kompozitsiyaga ega bo'lib, uning memorlik xajmlari o'rtaga qarab balandlashib boradi. Cherkov binosining to'rt tomoni o'ziga frontonlar bilan tugallanadi. Binoning tashqi zinasimon kompozitsiyasi intererning ichki xarakterga mos keladi. Ibodatxonalar ko'p holda toshdan yasalgan. Ularning tashqi tomoni tosh plitalari bilan pardozlangan hamda dekorativ haykaltaroshlik san'ati bilan bezatilgan. Armaniston va Gruziya arxitekturasining o'ziga xos tomonlari haykaltaroshlik, memorlik nAQSHlari, rangtasvir va turli xildagi amaliy-dekorativ san'atda ham yaqqol namoyon bo'ldi. Jumladan, haykaltaroshlik san'ati Vizantiyaga nisbatan salmoqli o'rinni egalladi. NAQSHlar mavzu va uslub jihatidan rang-barang. Rangtasvir ikonagrafik farqi bilan birga, o'ziga xos badiiy stilistik xususiyatlarga ham ega. Ilk o'rta asr memorligi to'g'risida IV-V asrlarda qurilgan binolarning qoldiqlari ma'lumot beradi. Bu davrda qurilgan xristian ibodatxonalari, asosan, bir nefli va uch nefli bo'lib, ularning tomi yarim silindrik ravoqlar bilan berkitilgan yoki tekis yopilib, ikki nishabli bo'lgan. Ilk bazilika tipidagi xristian ibodatxonalari cho'ziq, devorlari silliq, yaxshi tekislangan to'rtburchak toshlardan qurilgan. Ular stilobat ustiga o'rnatilgan. Xristian dinining rivojlanishi u bilan boqliq bo'lgan qurilishlarni ham rivojlantirdi. Щajm jihatidan katta va xashamatli bo'lishiga etibor ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.1 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.1 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc