Keramporit, komporit ishlab chiqarish texnologiyasi. Shlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi

Keramporit, komporit ishlab chiqarish texnologiyasi. Shlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Keramporit, komporit ishlab chiqarish texnologiyasi. Shlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Keramporit ishlab chiqarish texnologiyasi.Komporit ishlab chiqarish texnologiyasi. Shlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi Keramporit ishlab chiqarish texnologiyasi. Keramporit olishdagi asosiy xomashyo bu qumoq tuproq bo'lib, 70-80% ni tashkil etadi va ularga qo'shimcha sifatida Keles va Darvoza konlarida joylashgan montmorillionit loylari va 10% gacha Angren ko'miri qo'shiladi. Toshkent arxitektura qurilish institutining Yig'ma temir-beton ishlab chiqarish kafedrasida professor Botvina L.M. va uning shogirdlari tomonidan Respublika xomashyo bazasi asosida sun'iy g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. Shular jumlasidan, barxan qumlaridan foydalanib olingan g'ovak to'ldiruvchilar, keramporit-O'rta Osiyo mintaqasida joylashgan qumoq tuproqlar asosida olinadigan sun'iy g'ovak to'ldiruvchi, kamporit-tog' bag'ri atrofidagi tuf va datsit porfirlari asosida, karboporit-dolomit va dolomitsimon oxaktosh chiqindilari asosida olinadigan sun'iy g'ovak to'ldiruvchilardir. Barxan qumi asosida olinadigan g'ovak to'ldiruvchiga asosiy xomashyo sifati Qoraqolpog'iston Respublikasida Taxiatash, Qiziljar va To'rtko'l konlaridagi barxan qumlaridir. Plastiklovchi qo'shimcha sifatida Qoraqolpog'iston Respublikasida Beshtepa konida joylashgan bentonit loylaridan foydalanilgan. yengil g'ovak to'ldiruvchi olinishi uchun 60-70% barxan qumi 20-30% Beshtepa loyi plastiklovchi bog'lovchi sifatida va g'ovak hosil qilish uchun 5-10% Angren ko'miri ishlatiladi. Zarrachalarni qizdirib qovushtirish texnologiyasi keramzitni olish texnologiyasi bilan bir xil. 3-jadval Barxan qumlari asosida yirik g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqarishni quyidagi texnologiya asosida tashkil qilish mumkin. Bentonit loyi va ko'mir tasmali transportyorda maydalab yanchiydigan bo'limga jo'natiladi. Kelayotgan loy maydalanadi. Ko'mirni ham bolg'ali maydalagichdan o'tkaziladi. Kerakli bo'laklardan tarozi tarelkalari orqali komponentlar namlab, aralashtirgichga berilib, teshikli bulg'alagichga jo'natiladi. Hosil bo'lgan donachalar kuydirish uchun aylanma pechlarga uzatiladi. 1180-1200S 30 minut davomida ular pishiriladi va sovutgichlar orqali tayyorlash mahsulotlar bunkeriga yuboriladi. Rasm-18. Barxan qumlari asosida olinadigan yengil g'ovak to'ldiruvchilar olish texnologiyasi Rasm-19. Qumoq tuproq asosida g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi (Keramporit) Komporit ishlab chiqarish texnologiyasi Kamporit olish uchun asosiy xomashyo sifatida tog' yon bag'ridagi tuf va datsit porfirlari qo'llaniladi. Plastiklovchi qo'shimcha o'rnida bentonit loylari va qumoq tuproqlar ishlatiladi. Kamporit sun'iy g'ovak to'ldiruvchining asosiy xom ashyosi dolomit va dolomitsimon oxaktosh chiqindilari 60% ni va Darvoza konidagi bentonit gili 40% ni tashkil topgan. Ular aralashmasidan tarelkali donalagichlar yordamida donalar tayyorlanib, aylanma pechlarda 1180-1220 0S da 30-35 minut davomida kuydiriladi. So'ng tayyor mahsulotlar bunkeriga uzatiladi. Kamporitning fizikaviy-mexanik xossalari 4-jadval Rasm-20. Datsit porfiri asosida olinadigan yengil g'ovak to'ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologik sxemasi (Kamporit) Shlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi Beton samaradorligini oshirishda pemza shlaklari katta ahamiyatga ega. Asosan metallurgiya sanoati ishlab chiqarish chiqindi sifatida hosil bo'ladigan mahsulot - pemza shlaki tarkibi sement tarkibiga yaqindir. Shlakli pemza ishlab chiqarishning bir nechta usullari mavjud bo'lib, ularning barchasi shlak eritmasini suv yordamida qayta ishlashga asoslangan. Shlak eritmasining (1300S haroratgacha) suv bilan bog'lanishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 380.2 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 380.2 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga