Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Keramzit qumi. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: Keramzit qumi Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi Xomashyo materiallar Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari Agloporit qumi va shag'aliga qo'yiladigan talablar Agloporitni qo'llash sohasi Keramzit qumi turli donadorlik tarkibiga ega gilli jinslarni kuydirishda ko'pchishidan olinadi. Kuydirishni jadallashtirish uchun mayda donadorli fraksiyaga issiqlik ishlovi qaynovchi qatlamda bajariladi. Xomashyo turidan kelib chiqib, uni tayyorlashning yarimquruq yoki plastik usuli qo'llaniladi. Yarimquruq usulida xomashyo uvoqlari zanjirli pardali quritish barabanida jinslarni quritish va bolg'ali maydalagichda tuyish, so'ngra 5 mm ko'zli elakdan o'tkazib olinadi. Plastik usulida granulalarni tayyorlash keramzit shag'ali kabi amalga oshiriladi. Olingan granulalar 10-12% namlikgacha quritiladi, maydalanadi va 5mm ko'zli elakdan o'tkaziladi. Keramzitbeton asosida buyum ishlab chiqarishda faqat keramzit shag'ali emas, balki mayda g'ovak to'ldiruvchi-keramzit qumi ham zarurdir. Keramzit qumini aylanma pechda ishlab chiqarish yaxshi samara bermaydi. Keramzit shag'ali ishlab chiqarishda issiqlik ishlov berish jarayonida bo'laklarning buzilishida qumli fraksiya chiqadi, biroq bu donalar nisbatan og'ir bo'lib, gilli xomashyoning mayda bo'laklari amalda ko'pchimaydi, ya'ni gilning piroplastik holatga o'tishigacha gaz ajralishi erta boshlanadi. Bundan tashqari yuqori harorat zonasida mayda donalar yirik donalarga nisbatan tezroq qiziydi, natijada ular erib shag'al donalariga yopishib qolish ehtimoli oshadi. Keramzit shag'ali ishlab chiqarish korxonalarida keramzit qumi valkli maydalagichda keramzit shag'alini maydalashdan olinadi. Bunday maydalab olingan keramzit qumining tannarxi maydalash ishlaridagi qo'shimcha sarflar hisobiga ortadi, bunda olinadigan qum maydalangan shag'al hajmiga nisbatan kam bo'ladi. Qumning chiqish koeffitsiyenti 0,4-0,7 ni tashkil etib, o'rtacha 1m3 keramzit shag'alini maydalashda 0,5 m3 keramzit qumi olinadi. Bu holatda qumning uyma zichligi ikki barobar oshadi. Hozirgi vaqtda keramzit qumi olishning eng samarali texnologiyasi bu qaynovchi qatlam pechida kuydirish hisoblanadi. Vertikal pechgaa quritilgan gillarni maydalash natijasida yoki plastik usulda maxsus tayyorlanib so'ngra quritilgan yirikligi 3 yoki 5 mm gacha bo'lgan gilli donalar solinadi. Pech (rasm .11) ikkita zonadan iborat: issitish va kuydirish zonalari bo'lib, ular bir-biridan pardevor bilan ajratilgan. Pechning pastki panjarali qismi bo'ylab bosim ostida havo va gaz ko'rinishidagi yoqilg'i uzatiladi. Ma'lum tezlikdagi gazlarni uzatishda gilli donalar bo'sh qavati qaynash holatiga o'tadi. Gaz ko'rinishidagi yoqilg'i bevosita qaynovchi qatlamda yonadi. Qaynovchi qatlamda issiqlik almashuvini boshqarish orqali material tez va bir tekis qiziydi. Gil bo'laklari o'rtacha 1,5 minut kuydiriladi va ko'pchiydi. Mo'riga uzatish Rasm .11. Ikki zonali qaynovchi qatlam pechining sxemasi: 1- dastlabki issitish zonasi; 2- kuydirish zonasi; 3- qaynovchi qatlam sovitgichi; 4- qoplangan siklon; 5- havo purgagich; 6- bo'shatuvchi klapanli yopqich; 7- gazni uzatish; 8- tashqi oqim uchun sektorli yopqich; 9- issitish zonalari uchun siklon Rasm-.12. Keramzit qumini ishlab chiqarish sexi texnologik sxemasi: 1- ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 241.43 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 241.43 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga