Kichik me'moriy shakllarni loyihalash Reja: 1. Talabaning ilk ijodiy loyihasi 2. Sodda, ichki muhitsiz kichik me'moriy shakllarni loyihalash 3. Bajarilgan ichki muhitsiz shakl loyihalarining tahlili 4. Funksiyasi qisman murakkab, ichki muhitli kichik me'moriy shakllarni loyihalash 5. Bajarilgan ichki muhitli loyihalar tahlili 6. Kichik shakllarni loyihalashning ahamiyati 1. Talabaning ilk ijodiy loyihasi Loyihalash murakkab jarayon bo'lib, bu jarayon osonlik bilan kechmaydi. Har qanday inshootni xoh u kichik bir dam oladigan joy bo'lsin, xoh u bir kichik do'kon bo'lsin, xoh u turar-joy binosi, kinoteatr, teatr, zavod, fabrika va hokazo bo'lsin, qo'polroq qilib aytganda, uni o'ylab, ijod qilish orqali yaratish kerak bo'ladi. Me'moriy inshoot unga qo'yiladigan hamma, ya'ni funksyaviy-konstruktiv, badiiy-estetik talablarga javob berishi va ularni bir joyga to'plab ko'z oldiga keltirishi uchun talaba (me'mor) me'moriy kompozitsiya fanini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Me'moriy kompozitsiya (lotinchada «compositio» - birlashtirish, tuzish, bog'lanish ma'nosini beradi) deganda ma'lum bir qonunga va inson ma'naviy tuyg'usiga asoslangan holda inshootning ichki va tashqi elementlarini birlashtirish, bino qismlarini o'zaro uyg'unlashtirilgan, moslashtirilgan holda bir butun yaxlit me'moriy asar holatiga keltirish tushuniladi. Me'moriy kompozitsiya me'moriy asarning qurilmasi va oxir-oqibat inson aql idroki, iste'dodi, iqtidori, mehnati, ilmining hosilasidir. Shuning uchun ham bu jarayon me'morlar va loyihasozlarning kasbiy tajribalariga, ilmiy-ijodiy yondashuvlariga asoslangan holda me'moriy maktab va oliy o'quv muassasalarida 4 bosqichda bajariladi. Bular quyidagilar: G'oya o'ylab topish (bo'lajak inshoot uchun). Eskiz-g'oyani qog'ozda qoralamada aks ettirish. Klauzura bajarish. Ana shu eskizni biroz rivojlantirib, uningasosiy o'lchamlarini qo'yib, erkin holda (o'qituvchining aralashuvisiz) tekshiruv ishi sifatida bir list vatmanga erkin grafikada chizish. Eskiz va klauzuraga asoslangan hamda ulardagi xato vakamchiliklarni hisobiga olgan holda oqqa qalamda chizish va o'qituvchining ko'rigidan o'tgandan so'ng, u bilan maslahatlashib, yo chiziqli grafikada yoki tonal (tusli) yoki rangli grafikada tugatish. Loyihalash maskanlarida, loyihalash ustaxonalarida bu jarayon boshqacharoq tarzda, ya'ni quyida keltirilgan bosqichlarda kechadi: G'oya-eskiz bajarish; buyurtmachi bergan joyga, uningatrofini hisobga olgan holda, undan tashqari, uning moliyaviy ahvoli va unda bor qurilish mollarini hisobga olgan holda g'oyaeskiz qilinadi va, albatta, buyurtmachining xohish-istagini hisobga olgan holda amallga oshiriladi. Texnik loyiha bilan buyurtmachi, loyihaga ruxsat beruvchima'sul tashkilotlar va shaxslar ko'rib tanishishlari kerak. Keyingi bosqich oson kechishi uchun avvalgi bosqich, ya'ni texnik loyiha yaxshi me'moriy grafika usuli tanlanib chizib tugallanishi kerak. Ishchi chizma asosida texnik loyihaga asoslangan holda, muhandis-konstruktorlar va oraliq muhandislar bilan hamkorlikda (geolog, elektrik, suvsoz, kanalizatsiya mutaxassislari, texnolog va boshqalar) chizmalar majmuasi (albom) tayyorlanib, ekpertizadan o'tkazilib buyurtmachiga topshiriladi. Uchala bosqich ham loyihaning tushuntirish xati bilan birga topshiriladi. Buyurtmachi xoh u, xoh bu inshootning loyihasiga buyurtma berishdan oldin, o'zining ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:05:36
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.5 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.5 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: docx